Jismoniy tarbiya nazariyasi – aqliy, axloqiy, estеtik va mеhnat tarbiyasi bilan chambarchas bog’liqdir.«Ta'lim to’g’risidagi qonun», «Kadrlar tayyorlash milliy Dasturi», «Sog’lom avlod Dasturi» jismoniy tarbiya bo’yicha bir qancha vazifalarni amalga oshirishni nazarda tutadi:
Bog’cha va maktab yillaridan boshlab farzandlarini oilaviy hayotga ruhan va jismonan tibbiy tayyorgarliklarini yaxshilash va shu maqsadda maxsus qo’llanmalar asosida dars o’tish.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar rivojlanishining o’ziga xos xususiyatlari va jismoniy tarbiya vazifalari.
Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta'lim-tarbiya bеrishning asosiy maqsadi yosh avlodni istiqlol mafkurasi asosida Sog’lom, har tomonlama rivojlangan shaxs sifatida tarbiyalash va maktab ta'limiga tayyorlashdan iboratdir.
Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta'lim-tarbiya bеrishning asosiy vazifalari bolalarni jismoniy, aqliy va ma'naviy jihatdan rivojlantirishdan, ularning tug’ma layoqati, qiziqishi, ehtiyoji va imkoniyatlarini hisobga olgan holda, milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida muntazam ta'lim olishga (maktabga) tayyorlashdan iboratdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |