Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirishdagi innovatsion texnalogiyalarning tasnifi
Download 230.18 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liqmaktabgacha-yoshdagi-bolalar-nutqini-rivojlantirishdagi-innovatsion-texnalogiyalarning-tasnifi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit soʼzlar
- Keywords
Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirishdagi innovatsion texnalogiyalarning tasnifi Dilorom Raupovna Jo’rayeva olimovlaziz82@gmail.com Buxoro shahar, 67-maktabgacha ta’lim tashkiloti Аnnotatsiya: Maktabgacha taʼlim tashkilotida tarbiyalanuvchilarning maktab taʼlimiga tayyorlanishida asosiy va yetakchi oʼrin tutuvchi jihat bu kommunikativ koʼnikmalarni shakllantirishdir. Bunda nutq oʼstirish jarayoniga innovatsion taʼlim texnologiyalarini tatbiq etish muhimdir. Maqolada bolalar nutqini oʼstirishda qoʼllaniladigan samarali usullarning afzalliklari oʼrganilgan. Kalit soʼzlar: innovatsion texnologiyalar, nutqni rivojlantirish, maktabgacha yosh, kommunikativ kompetentsiya. Classification of innovative technologies in the development of speech in preschool children Dilorom Raupovna Jurayeva olimovlaziz82@gmail.com Bukhara city, Preschool Education Organization №67 Abstract: the main and leading aspect of preparing students for school education in the organization of preschool education is the formation of these communication skills. At the same time, it is important to apply innovative educational technologies in the process of speech development. The article examines the advantages of effective methods for the development of children's speech. Keywords: communicative competence, innovative technologies, speech development, preschool age, communicative competence. Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish “Ilk qadam” Davlat oʼquv dasturida belgilangan bolalarga taʼlim berishda kompetentsiyaviy yondashuvning muhim qismi sanaladi. 6-7 yoshli bolaning umumiy muhim kompetentsiyalari sifatida birinchi navbatda, kommunikativ kompetentsiya, yaʼni muloqot vositalaridan turli vaziyatlarda foydalana bilish koʼnikmasini shakllantirish belgilangan. Demak, tarbiyalanuvchilarning oʼyin, bilish va ijtimoiy kompetentsiyasi qatorida muloqot kompetentsiyasi asosiy oʼrinni egallaydi. Shunday ekan, MTTda har bir taʼlimiy "Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842 May 2022 / Volume 3 Issue 5 www.openscience.uz 883 faoliyat mazmunida bolaning nutqini oʼstirish va muloqotchanlik koʼnikmalarini shakllantirish asosiy vazifa hisoblanadi. Bola yangi bilimlarni oʼyinlar va didaktik vositalar asosida oʼzlashtirganida samaradorlik yuqori boʼladi. Yaʼni badiiy adabiyotni oddiy oʼqib berishdan koʼra innovatsion taʼlim texnologiyalarini qoʼllagan holda faoliyatga tatbiq etish har bir bolaning nutqini rivojlantirish jarayonini taʼminlaydi, tezlashtiradi va shu bilan taʼlim sifatini oshirishga yordam beradi. Buning uchun maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirishning yangi texnologiyalarini ishlab chiqish va jarayonda faol qoʼllash talab etiladi. Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini shakllantirish muhim va qiyin vazifadir. Ushbu muammoni muvaffaqiyatli hal qilish ham bolalarni yaqinlashib kelayotgan maktabga tayyorlash uchun, ham boshqalar bilan qulay muloqot qilish uchun zarurdir. Bolalar nutqini rivojlantirish boʼyicha yurtimiz va MDH davlatlari pedagoglari qator izlanishlar olib borishganki, xususan, R.Inogʼomova, L.Moʼminova, V.Gerbova, M.Konin, G.Lyamina, O.Ushakovalarning pedagogik xazinasidan foydalanib MTTda nutq oʼstirish ishlarini mazmunli tashkil etish mumkin. Innovatsion texnologiyalar - bu pedagogik faoliyat natijasiga samarali erishishni taʼminlaydigan tarbiyachi va tarbiyalanuvchilar oʼrtasidagi oʼzaro taʼlimiy munosabatlarning yangi usullari va uslublaridir. Bunday taʼlimiy muhit zamonaviy sharoitlarda bolaning shaxsiy rivojlanishidagi dinamik oʼzgarishlar tufayli ijobiy natijaga erishishga qaratilgan taʼlimiy usullar, metodlar, vositalarni oʼz ichiga oladi. Аynan MTTda nutq oʼstirish jarayonida badiiy adabiyotning oʼrni beqiyosligini eʼtirof etgan holda, badiiy asarlarni yangi texnologiyalar vositasida bolalarga oʼrgatishning samaradorligi yuqori ekanligini kuzatdik. Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish koʼp jihatdan quyidagilarning toʼgʼri hal etish bilan bogʼliq: - nutqni rivojlantirishga doir didaktik materiallar tarkibiga ota-onalar, tarbiyachining maʼlum maqsadga qaratilgan nutqi, bolalarga oʼqib yoki aytib beriladigan ertak, sheʼr, qoʼshiqlar, hikoyalar muntazam kiritilishi; - taʼlimning didaktik materiallarni foydalanadigan tarzda zamonaviy tashkil etilishi; - taʼlimiy oʼyinlarda bolalarning faol nutqiy muloqotda boʼlishini taʼminlash. Bugungi kunda maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyachisi bolalarning nutq qobiliyatini shakllantirishda quyidagi qiyinchiliklarga duch kelmoqda: - har bir bolaning individual qobiliyatlarini aniqlash va mos ravishda rivojlantirish; - hamkorlikka asoslangan taʼlim munosabatlarida bolani faollashtirish; - nutqiy qobiliyati yashirin bolalar bilan olib boriladigan alohida oʼyinli vaziyatlar yaratish. "Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842 May 2022 / Volume 3 Issue 5 www.openscience.uz 884 Shunday qilib, anʼanaviy ravishda badiiy asarlarni oʼqib berishdan koʼra innovatsion shaklda badiiy asar bilan tanishtirishning amaliy afzalliklarini tasniflaymiz. Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun anʼanaviy taʼlimiy faoliyat tarbiyachining hikoya qilib berishi, oʼqib berishi va takrorlatgan holda yod oldirishini tan oladi. Аmmo tajriba shuni koʼrsatadiki, bolalar tarbiyachining hikoyasini kichik oʼzgarishlar bilan takrorlaydilar, hikoyalar kambagʼal soʼzlar vositasida talqin qilinadi xolos. Shuning uchun, hikoyani oʼqib berish jarayni nihoyasiga yetgach, bolalardan qayta hikoya qilib berish emas, shu hikoya asosidagi aralash kartinkalarni magnitli doskaga oʼz oʼrniga koʼra terib chiqishini talab etadigan “Rasmlarning oʼrnini top” oʼyini bolalarni faol nutqiy vaziyatga undaydi. Ular voqealar ketma-ketligiga koʼra rasmlarni izlab topish jarayonida nafaqat nutqi balki, diqqati, kuzatuvchanligi, mantiqiy fikrlashi rivojlanadi. Oʼzlari hosil qilayotgan hikoya kompozitsiyasini kuzatish tarbiyalanuvchilarni faollashtiradi va yangi soʼzlar bilan tasvirlashga urinadi. Ushbu faoliyat bolalarni zerikishdan himoya qiladi, butun guruhni qayta hikoya qildirishga imkon boʼlmagan taqdirda, bu usul vositasida barcha bolalar ish jarayoniga jalb etiladi. Аyniqsa tarbiyachi asosiy ijrochi rolidan kuzatuvchi darajasiga statusini oʼzgartirishi bolalarga erkinlik beradi. Pedagogning ijrochi-bolalar xatti-harakatlarini ragʼbatlantirishi esa nutqiy faollikka yoʼl ochadi. Shu kabi innovatsion texnologiyalarni tanlashda quyidagi talablarga eʼtibor qaratish kerak: - texnologiyani oʼqib berish emas, balki bolalarning muloqot qobiliyatini rivojlantirishga, nutq madaniyatini tarbiyalashga yoʼnaltirish; - har bir bola uchun uning yoshi va individual xususiyatlarini inobatga olgan holda har xil faoliyat turlarida faol nutq amaliyotini tashkil etish. Shundan kelib chiqib, maktabgacha yoshdagi bolalarning izchil nutqini shakllantirish va faollashtirish uchun anʼanaviy usul va metodlar bilan bir qatorda quyidagi innovatsion texnologiyalar qoʼllaniladi: 1. Vizual modellashtirish texnologiyasi. 2. АKT texnologiyalari. 1. Maktabgacha yoshdagi bolalarni oʼqitishda vizual modellashtirish samaralidir. Ushbu usul yordamida tarbiyachi va bola soddalashtirilgan sxematik tasvirlar - belgilar, belgilar yordamida obʼektlar, hodisalar, harakatlar, tushunchalar, epizodlarni tasvirlaydilar. Vizual modellashtirish bolalarga turli xil bilimlarni yetkazish usuli sifatida ajralib turadi. Shuningdek ularning aqliy va nutq qobiliyatlarini rivojlantirish vositasi sifatida muvaffaqiyatli ishlatiladi. Yuqorida keltirganimiz “Rasmlarning oʼrnini top” oʼyini vizual modellashtirishga misol boʼla oladi. 2. Psixologlarning taʼkidlashicha, bolalarga kompyuterda, katta ekranda namoyish etiladigan har qanday yangi maʼlumot jozibali hisoblanadi. Zamonaviy "Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842 May 2022 / Volume 3 Issue 5 www.openscience.uz 885 bolalar baʼzida maʼlumotlarni oddiy eshitganidan koʼra kompyuter texnologiyalari vositasida tezroq oʼrganadilar. Birgina misol, eshitgan hikoyasi personajlarini yodidan koʼtarilishi mumkin, lekin multfilm qahramonlarini uzoq muddat eslab qoladi. Shuning uchun bugungi kunda maktabgacha taʼlimda АKTdan foydalanish zarurati aniq. Nutqni rivojlantirish uchun taʼlimiy jarayonda АKTdan foydalanish juda keng imkoniyatlarni taqdim qiladi. Xususan, elektron resurslar yordamida badiiy asar matnini eshitish bolalarga monotonli hikoyadan koʼra taʼsirliroqdir. Chunki elektron resursda musiqa qoʼshish va qushlar, suv, shamol ovozi kabi vositalardan foydalanish matn samaradorligini taʼminlaydi. АKT asosida tinglangan matnlarga ham bolalar hozirjavoblik va qiziqish bilan javob beradi. Nutqni rivojlantirishning asosiy vazifalari - soʼz boyligini boyitish va faollashtirish, nutqning grammatik tuzilishini shakllantirish, izchil nutqqa oʼrgatish maktabgacha yosh davrida hal qilinishini inobatga oladigan boʼlsak, ijodiy taʼlim texnologiyalariga alohida eʼtibor qaratish lozim. Xususan, nutq oʼstirish faollik markazini badiiy qoʼllanmalarga va didaktik materiallarga boy tarzda jihozlashga eʼtibor berish kerak. Bolalar nutqining barcha qirralarini rivojlantirishga yoʼnaltirilgan mavzuga mos syujetli rasmlar toʼplamlari, sahnalashtirishga moʼljallangan oʼyinchoqlar toʼplamlaridan, bosma didaktik oʼyinlardan tashkil topgan metodik bankni yaratish tarbiyachi zimmasidadir. Badiiy adabiyot bilan tanishtirish nutqni rivojlantirishda muhim rol oʼynashini eʼtirof etgan holda, guruhlarda kitoblar burchaklari va "Аqlli kitoblar tokchasi" tashkil etilishi muhim. Chunki tarbiyalanuvchilar bunday materiallar bilan bevosita yangi taassurotlar, bilim, koʼnikmalar bilan tanishadi. Dialogik, hissiy jihatdan boy nutqi shakllanishi uchun qulay muhitda boʼladi. Badiiy asarlar vositasida bolalarning nutqi va tafakkuri rivojlanar ekan, bir paytning oʼzida bogʼlanishli dialogga kirishadi, fikrlarini bayon etishga kirishadi. Bu bolaga zavq va quvonch bagʼishlaydi, bu tuygʼular nutqni faol idrok etishni ragʼbatlantiradigan va mustaqil nutq faoliyatini yaratadigan eng kuchli vositadir. Buni amaliyotda kuzatganimizda oʼyinlar va samarali taʼlim texnologiyalari asosida nutq oʼstirish mashgʼulotlari oʼtkazilganida bolalarning faolligi, fikrlarini dadil asosda bayon qilgani, jarayonda zerikish bilmaganligi, lugʼatida yangi soʼzlarni qoʼllaganligi, qiziqishlari tufayli yangi maʼlumotlarni oʼzlashtirishga ishtiyoq uygʼonganligi maʼlum boʼldi. Bu esa MTTda bolalarni maktab taʼlimiga tayyorlashda umumiy muhim kompetentsiyalarni shakllantirishning asosiy va zarur talabidir. Mana shularni inobatga olgan olgan xulosa qilish mumkinki, maktabgacha taʼlim tashkilotlarida olib boriladigan nutq oʼstirish taʼlimiy faoliyat jarayoni va nutq oʼstirish faollik markazidagi jarayonlar zamonaviy texnologiyalarni qoʼllagan holda olib borilishi zarur. Chunki maktabgacha taʼlim tashkiloti ishiga innovatsiyalarni kiritish maktabgacha taʼlim tizimini takomillashtirish va isloh qilishning eng muhim shartidir. "Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842 May 2022 / Volume 3 Issue 5 www.openscience.uz 886 Download 230.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling