Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi


Psixologiya fanining tarmoqlari


Download 92.28 Kb.
bet7/7
Sana05.01.2022
Hajmi92.28 Kb.
#214347
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Maruza matni

Psixologiya fanining tarmoqlari
Psixologiya fani jamiyatdagi barcha sohalarga kirib borgan

bo‘lib barcha fanlar bilan chambarchas bog‘langan. Har bir sohasi o‘z yo‘nalishida psixologiyaning ma’lum bir yo‘nalishini ochib



berish bilan, kasb-psixologiyasiga oid tushuncha va qarorlarni ilgari suradi:


Psixologiya fani jamiyatdagi barcha sohalarga kirib borgan bo‘lib

hozirgi kunda uning 300 dan ortiq tarmog‘i mavjud.

– umumiy psixologiya– psixologiya tomonidan aniqlanadigan

eng umumiy qonuniyatlarni, bu fanda qo‘llaniladigan tadqiqot

metodlarini, nazariy prinsiplarni, ilmiy tushunchalarni ta’rif laydi.

Psixik jarayonlar, psixik holatlar, psixik xususiyatlardan iborat

uchta asosiy kategoriyani birlashtiradi

– pedagogik psixologiya – ta’lim-tarbiya jarayonining psixologik

qonuniyatlarini o‘rganishni o‘z predmeti deb biladi. O‘qituvchi

va tarbiyachilar uchun bolalar psixologiyasini va pedagogik psixologiyani bilish, ayniqsa, katta ahamiyatga ega. Pedagogik psixologiya ta’lim jarayonida o‘quvchilar psixikasini, ularni muvaffaqiyatli o‘qitish va tarbiyalashning psixik sharoitlarini tekshiradi.

Pedagogika va maxsus fanlar psixologiyaning ma’lumotlari negizida ish ko‘radi;

– yosh davr psixologiyasi – turli yoshdagi odamlarning

tug‘ilgandan to umrining oxirigacha psixik rivojlanishi jarayonini, shaxsning shakllanishi va o‘zaro munosabatlari qonuniyatlarini o‘rganadi. Bolalar psixologiyasi bola rivojlanishining turli bosqichlarida uning psixikasini o‘rganadi. – maxsus psixologiya– psixik rivojlanishda normadan og‘gan

bolalar, ya’ni anomal taraqqiyot psixologiyasini o‘rganadi. Patopsixologiya – kasallar psixologiyasi. Oligofrenopsixologiya – aqli zaif lar psixologiyasi, surdopsixologiya – kar-soqovlar psixologiyasi, tif lopsixologiya – ko‘zi ojizlar psixologiyasi. – ijtimoiy psixologiya – jamiyatda odamlarning birgalikdagi ish faoliyatlari natijasida ularda hosil bo‘ladigan tasavvurlar, fikrlar, e’tiqodlar, hissiy kechinmalar va xulq-atvorlarni

o‘rganadi. – mehnat psixologiyasi– kishi mehnat faoliyatining psi xologik

xususiyatlarini, mehnatni ilmiy asosda tashkil etishning psixologik jihatlarini o‘rganadi. – muhandislik psixologiyasi – avtomatlashtirilgan boshqaruv sistemalari operatorining faoliyati, odam-texnika o‘rtasida funksiyalarni taqsimlash va muvofiqlashtirish xususiyatlarini o‘rganadi;

– yuridik psixologiya– huquq sistemasining amal qilishi bilan bog‘liq masalalarning psixologik asoslarini o‘rganadi. – harbiy psixologiya– kishining harbiy harakatlar sharoitida namoyon bo‘ladigan xulq-atvorini, boshliqlar bilan ijro etuvchilar o‘rtasidagi munosabatlarning psixologik jihatlarini o‘rganadi. – savdo psixologiyasi – jamiyatda tijoratning psixologik sharoitlari, ehtiyojning individual, yoshga va jinsga oid xususiyatlarini, xaridorga xizmat ko‘rsatishning psixologik omillarini aniqlaydi, modalar psixologiyasi kabi masalalarini o‘rganadi. – tibbiyot psixologiyasi– shifokor faoliyati psixologiyasini, bemor xulq-atvorining psixologik jihatlarini o‘rganadi. Shuningdek, psixologiyada etnopsixologiya, oilaviy hayot psixo logiyasi, boshqaruv psixologiyasi, shaxs psixologiyasi, rahbar

psixologiyasi, parapsixologiya va boshqa ko‘plab sohalar mavjud.

Psixologiyaning qaysi tarmog‘ini olmang ular oldida turgan asosiy

vazifalar mehnat faoliyatida odamlar ishini yengillashtirish va takomillashtirishdan iboratdir.



ghj
Download 92.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling