Maktabgacha yoshdagi bolalar ta`lim-tarbiyasiga qo`yiladigan davlat talablari


Download 82 Kb.
bet1/5
Sana06.02.2023
Hajmi82 Kb.
#1171365
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Referat


Maktabgacha yoshdagi bolalar ta`lim-tarbiyasiga qo`yiladigan davlat talablari
Reja:

  1. O'zbekiston Respublikasining “Ta'lim to'g'risida”gi Qonuni.

  2. Davlat talablarining asosiy vazifalari, tamoyillari, asosiy tushunchalari.

  3. 6-7 yoshli bolalarning jismoniy rivojlanganlik darajasiga qo`yiladigan minimal talablar.

  4. Nutqi va tafakkurining rivojlanganlik darajasiga qo`yiladigan minimal talablar.

O'zbekiston Respublikasining “Ta'lim to'g'risida”gi Qonuni.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 29-dekabrdagi PK-2707-son" 2017-2021-yillarda maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risidagi qarori, Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-noyabrdagi 929-son "O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi to'g'risida"gi nizomi va “Maktabgacha ta'lim muassasalari rahbar va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti ustavini tasdiqlash haqida"gi qaroriga asosan Davlat talablari qabul qilindi.
Davlat talablarn O'zbekiston Respublikasi hududida mulkchilik shakli va idoraviy tasarrufidan qat'iy nazar, quyidagi ta’lim muassasalarida qo'llaniladi:
- davlat maktabgacha ta'lim muassasalari;
- nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalari;
- maktabgacha yoshdagi guruhlari mavjud bo'lgan "Mehribonlik” uylari.
- maktabgacha ta’lim turlari uchun kadrlar tayyorlovchi
o'rta maxsus kasb-hunar va oliy ta'lim muassasalari, maktabgacha ta’lim turlari bo'yicha pedagogik kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlashni amalga oshirish muassasalarida xodim va rahbarlar Davlat talablariga rioya qilishlari lozim. Davlat talablarining maqsadi - mamlakatda o'tkazilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni, xorijiy mamlakatlar ilg'or tajribasi hamda ilm-fan yutuqlari va zamonaviy informatsion kommunikativ texnologiyalarni inobatga olgan holda maktabgacha ta'lim tizimida ma'nan mukammal va intellektual rivojlangan shaxsni tarbiyalashdir.

Download 82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling