Maktabgacha yoshdagi bolalarda kasblar olami haqidagi tasavvurlarini shakllantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari
Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati
Download 108 Kb.
|
Ab
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ish tuzilishi va tarkibi
- Maktabgacha yoshdagi bolalarda kasblar olami haqida tasavvurlarni shakllantirishning mazmun mohiyati
Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati: Tadqiqotning ilmiy ahamiyati “Umumiy pedagogika”, “Maktabgacha pedagogika”, “Umumiy psixologiya”, “Kasb psixologiyasi”, “Bolalar psixologiyasi”, “fanlari bo‘yicha o‘quv materiallari mazmuni ishlab chiqilgan va ularning ta’lim olishdagi ahamiyati, unda ilgari surilgan g’oyalar va tavsiyalar o‘qitish usullari hamda vositalarini takomilashtirishda foydalanish mumkinligi bilan izohlanadi. Tadqiqotning amaliy ahamiyati shundaki, ishlab chiqilgan metodik qo‘llanmalardan foydalanib pedagogika fanlari ma’ruza, amaliy, mustaqil ta’limni tashkil etish,maktabgacha yoshda bolalarning rivojalanish bosqichlarini o‘rganishga va ularning qiziqishlarini o`rganib chiqqan holda zamonaviy pedagogning o‘z kasbiy faoliyatini samarali oshirishga xizmat qiladi.
Ish tuzilishi va tarkibi: magistrlik dissertatsiya ishi kirish, 3 ta bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati va ilovadan iborat. Ishning asosiy matni ___ bet I BOB. MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA KASBLAR OLAMI HAQIDAGI TASAVVURLARINI SHAKLLANTIRISHNING ILMIY VA NAZARIY ASOSLARI Maktabgacha yoshdagi bolalarda kasblar olami haqida tasavvurlarni shakllantirishning mazmun mohiyati Har bir insonning hayoti davomida kasbiy faoliyat muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Shu sabali ham ota – onalar o`z farzandlarining ilk qadamlaridanoq ularning kelajagi haqida o`yalashadi. Bolalarning qiziqishlari va qobiliyatlarini kuzatish orqali ularning kelajakdagi kasblarini aniqlashga harakat qiladilar. Ayniqsa, maktabgacha ta`lim tashkilotlarida beriladigan ta`lim – tarbiya maktabgacha yoshdagi bolalarning mashg`ulotlarda turli sohalarga bo`lgan munosabatini keltirib chiqaradi, ayrim bolalarda esa qaysidir kasb yoki hunarga bo`lgan qiziqishi tez seziladi, ya`ni tasviriy, musiqiy va shu kabilar. Ko`pincha maktabgacha yoshdagi bolalarda va ularning ota – onalarida kelajakda qanday kasbni tanlashlari oldindan ma`lum bo`ladi: ular “men shifokor bo`laman”, “men katta bo`lsam o`qituvchi bo`laman”, “men uchuvchi bo`laman” degan orzu maqsadlarni qo`yishadi. “Maktabgacha yoshdagi bolalarni kasblar olami haqidagi tasavvurlarii shakllantirishning pedagogik – psixologik xususiyatlari” mavzusidagi dissertatsiyaning maqsad va vazifalari: Maktabgacha yoshdagi bolalarda kasblar olami haqidagi tasavvurlarni shakllantirish orqali pedagoglar va ota – onalarga mazkur sohasidagi psixologik tushunchalar, kasblar haqida tushuncha, tasavvurlar zahirasini shakllantirishni ochib beradi. Shuningdek, kasb tanlash va kasbga yo'naltirish yuzasidan nazariy, amaliy ma'lumotlar manbaini tashkil etadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarda kasblar bolami haqidagi tasavvurlaqrni shakllantirishning vazifalari: Maktabgacha ta`lim tashkiloti tarbiyachilarini ilmiy ma'lumotlar bilan tanishtirish: Kasblar haqida dasltlabki tushunchaga ega bo1lish, kasb tanlash va shaxs xususiyatlari o'rtasidagi bog'liklikni asoslash; Kasblar psixodiagnostikasi haqida tushunchalarni berish ularning pedagogik xususiyatlarini o`rganish; Shaxs psixikasining rivojlanish bosqichlarida kasbiy rivojlanish masalalari. Kasb psixologiyasi o'quv fanini o'zlashtirish natijasida talaba: -kasb psixologiyasi fanining mazmun va mohiyati haqida, kasbga yo'naltirishning tarkibiy qismlari, kasb psixologiyasining metodologik asoslari, kasb psixologiyasining metodlari, faoliyat mahsulini tahlil qilish metodi, xronomotraj metodi, kuzatish metodi, test metodlarini bilishi kerak; - kasb tanlash va shaxs xususiyatlari, kasbiy oz-o'zini anglashni shakllantirishi, shaxsning kasbiy xavfsizligi psixologiyasi. Kasbiy xavfsizlikning psixologik masalalari ish joyi. Mehnat jamoasi, psixik holat, kasbiy qobiliyatlar bo'yicha ko'nikmalariga ega bo'lishlari ta'minlanadi. -kasb tanlashdagi inqirozlar, kasbiy qobiliyatlarini shakllanganligini diagnostika qilish, kasbiy shakllanish jarayonida yuzaga keladigan turli qiyinchiliklar, ongli kasb tanlash hamda kasbga yo'naltirishga doir malakalariga ega bo'lishi shakllantiriladi. Download 108 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling