Maktabgacha yoshdagi bolalarda predmetning o'lchami haqidagi tasavvurlarni shakllantirish


Download 284.44 Kb.
bet7/9
Sana20.06.2023
Hajmi284.44 Kb.
#1633400
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Maktabgacha yoshdagi bolalarda predmetning o\'lchami haqidagi tas

2.2. Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarda predmetlar olchamini idrok qilishining o‘ziga xosligi
Dastlabki yozuv, matematika, rasm, mehnat darslaridayoq bolalardan narsalarning katta- kichikligini farqlash, ularni taqqoslash va og‘zaki aytib berishni talab qiladi. Boshlang‘ich maktabda o‘lchov birliklarini o‘rganish narsalarning kichiklik belgilarini ajrata olish bilan bog‘liqdir. Katta- kichiklik haqida to‘g‘ri tasavvurga ega bo‘lish geografiya, tabiatshunoslik, geometriya, chizmachilikni o‘rganishda katta ahamiyatga egadir. Boshlang‘ich maktabga politexnik ta’lim elementlarining kiritilib borilishi munosabati bilan narsalarning katta yoki kichikligi haqidagi bilimlar alohida ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun maktabgacha yoshdayoq bolalarda katta-kichiklik haqida tasavvurni tarkib toptirish zarurdir. Masalan, katta guruh uchun miqdorga doir “Ajoyib qopcha” o‘yini
Borishi: Bolalar doira bo‘ylab turadilar tarbiyachi har bir bolaga bittadan qalam berib chiqadi, qalamlar turli uzunliklardagi qalamlar bo‘ladi. Tarbiyachi doira o‘rtasida turadi tarbiyachining qo‘lida, “ajoyib qopchada” da turli uzunlikdagi qalamlar bo‘ladi. Bolalar bittadan kelib qopchadan bitta qalamni ushlab uning qanday(uzun, kalta) ligini aytishadi.Hamda qo‘lidagi qalam bilan o‘lchab undan uzun yoki kalta ekanligini aytadi.
Katta-kichiklik haqidagi bilimlar narsalarni bevosita idrok qilish jarayonida aniqlanadi. Narsalarning katta-kichikligini idrok qilish murakkab jarayon bo‘lib, u ko‘rish, sezish va harakat analizatorlarining faoliyati asosida amalga oshiriladi. Katta-kichiklikni idrok qilish u haqidagi so‘zni ham o‘z ichiga oladi. Ya’ni narsalarning katta-kichikligi ikki tomonlama: narsalarining idrok qilayotgan haqiqiy katta-kichikligi va so‘z bilan aytiladigan katta-kichiklikni aytish orqali baholanadi. Katta-kichikligi turlicha bo‘lgan narsalarni bolalar ilk yoshligidanoq ajratib olishi mumkin. Bu yoshdagi bolalar «katta» va «kichik» degan tushunchalarni o‘zlashtirib oladilar, lekin katta-kichiklikning boshqa belgilarini hali ajrata olmaydilar. «Katta» yoki «kichik» degan umumiy nom ostida narsalarning eni, uzunligi, balandligi, qalinligiga tegishli bo‘lgan barcha narsa tushuniladi. Uch yoshli bolalar o‘qitish ta’sirida narsalarning katta-kichikligi (bo‘yi, eni va boshqalar) ni, agar narsaning shu belgisi aniq ko‘rinib turgan bo‘lsa, osongina aniqlaydilar. Ular bir xil narsalar ichidan ularning eng katta yoki eng kichigini xatosiz topadilar. Ammo bir necha narsani ularning katta-kichikligiga qarab tartib bilan joylashtirishga, bir necha narsa ichidan bir xil kattalikdagilarni topishga ancha qiynaladilar. Uch yoshli bolalarning ko‘pchiligi turli katta-kichiklikdagi narsalardan birinchi safar eng kattasidan boshlab tartib bilan terib piramida tuza olmaydilar.
To‘rt yoshli bolalar bir necha narsaning katta-kichikligini taqqoslash asosida
«eng katta» (eng uzun), «kichikroq» (ingichkaroq), «juda kichik (eng qisqa) kabi yangi nomlarini biladilar. Shu bilan birga, narsalarning kattaligini baholashning nisbiyligi tushuna boshlaydilar: birgina narsa boshqa narsalarga nisbatan ba’zan katta, ba’zan esa kichik deb aytilishini bola anglaydi. Tarbiyachi stol ustiga lentalar solingan savatni qo‘yadi. Stol yoniga ikki bolani chaqiradi va o‘zi ushlagan lentalarning ikkinchi uchini ushlashni taklif kiladi, bu lentalarni ulchab uzun- qisqaligini aniqlaydilar. Xuddi shunday qilib, lentalarni ulchash uchun bolalar 7 xil rangdagi lentalar yordamida 3 kishilik guruhlarga bo‘linadilar va savatchadan lenta olib o‘zlaridagi lentalar bilan taqqoslab o`lchab ko‘radilar. Qo‘llaridagi lentadan uzun va kalta lentalarni topishlari kerak. Tarbiyachi eng uzun lentani ko‘taring, desa, har bir guruh o‘zlaridagi eng uzun lentani, eng kalta lentani ko‘taring, desa, eng kalta lentalarni ko‘taradilar. Tarbiyachi: “ Bolalar, oldingizdagi lentalarni olinglar. Bular go‘yoki yo‘l. Qaysi yo‘l uzunroq ekanligini qanday bilsa bo‘ladi? Lentalarni yonma-yon qo‘yamiz, ularning chapdan oxirini teng qilamiz. Endi qaysi yul uzunroq, qaysinisi kaltaroq ekanligini ayta olamiz. O‘ng qo‘l bilan qo‘g‘irchokni olib yo‘llarda sayr qildiramiz. Qaysi yo‘l qisqaroq? Shundan qo‘g‘irchoqni yurgizing. Qaysi yo‘l uzunroq? Shundan qo‘g‘irchoq yurib o‘tsin”. Tarbiyachi bolalarning topshiriqni qanday bajarayotganligini kuzatib turadi va ulardan so‘raydi: “Bu yo‘l uzunroqmi yoki qisqaroqmi?”
Bu vaqtda shu yoshdagi bolalardama’lum bir narsaga uning o‘lchamini anglatuvchi so‘zni qo‘shib aytish kuzatiladi.
Masalan, bir sharoitda bola bir necha quti ichidan bittasini eng uzun deb olsa, boshqa sharoitda ham, quti bu gal boshqalariga qaraganda baland bo‘lsada, uni «uzun» deb atayveradi. Xuddi shu narsa ancha kattaroq bolalarda ham kuzatiladi. 5-6 yoshli bolalar katta-kichiklik haqidagi tushuncha (tasavvur) ancha keng. U faqat ko‘rinib turgan narsalarni emas, balki ko‘rinmaydigan narsalarni ham taqqoslay oladilar: «Bizning uyimiz bog‘chamizdan katta, u qavatli”. Biroq bu yoshdagi bolalarda ham o‘ziga xos xususiyat bor. Masalan bolalar bo`yi baland odam degan gapni tez tushunadilar va nutqlarida ishlatadilar, lekin «Bo‘yi baland qo‘g‘irchoq» yoki «bo‘yi past ayiq» degan tushunchalarni ishlatmaydilar, bu yerda ular faqat «katta» va «kichik” so‘zini ishlatadilar. Bolalar «chuqur»,
«yuza»tushunchalarini qiyinchilik bilan o‘zlashtiradilar. Shunday qilib, narsalar turli o‘lchamlarini ajratishda bolalar qiynaladilar. Bolalar sonlarni taqqoslash mobaynida katta-kichik haqidagi tushunchalarni oson o‘zlashtiradilar. Katta maktabgacha yoshdagi bolalar aniq narsalarni taqqoslab, ularning o‘lchamlarini ajratishlari mumkin, lekin bu har bir narsaning o‘lchamnni alohida holda ajrata olmaydilar. Masalan, bolalar narsaning yuqori tekisligini ko‘pincha undan balandligi deb biladilar, uzunligi o‘rniga esa odatda narsa balandligini yoki uning enini ko‘rsatadilar. Katta maktabgacha yoshdagi bolalar hatto aniq doimiy fazoviy holatni egallab turadigan narsalarda, masalan, yozuv stolnning o‘lchami (uzunligi, eni, balandligi) ni aniq ajrata olmaydilar. Bola ko‘pincha bu uchta o‘lcham o‘rniga narsaning uchta tomonini ko‘rsatadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning narsalarning katta-kichikligi haqidagi tushunchani o‘zlashtirib olishlari imkoniyatlari va o‘ziga xos xususiyatlarini ilmiy tekshirishlar natijasida ochib berish bolalar bog‘chasidagi har bir yosh guruhi uchun dasturda berilgan bo‘lim bo‘yicha kerak bo‘lgan zarur bilim va malakalar hajmini aniqlashga imkon beradi.
Maktabga tayyorlash guruhida bolalarni pul birliklari bilan tanishtirish vazifasi qo‘yiladi. Tarbiyachi bolalarga 100, 200, 500 va 1000 so‘mlik pullarning kartondan qirqilgan namunalarini tarqatadi. Ularni qarab chiqishni taklif qiladi. («To‘g‘ri, bular pullar deyiladi»). "Qaranglarchi, u erda qanday raqamlar turibdi? – deydi tarbiyachi: - Qaradinglarmi? Bir so‘mlikni toping, ko‘rsating (o‘zi tegishli chaqani ko‘rsatadi). 200 so‘mlikni toping, unda 2 raqami bo‘lishi kerak. Besh yuz so‘mlikni, toping, 100 so‘mlikni, toping. Hozir «Do‘kon» o‘yinini o‘ynaymiz. Hamma so‘mlarni oldingizga qo‘ying. (Tarbiyachi oldindan qimmatlari (qancha turishi) ma’lum bo‘lgan buyumlarni tayyorlab qo‘yadi, bir varaq oq qog‘oz— 100som, bir varaq rangli qog‘oz — 200 so‘m, qora qalam – 300 so‘m, daftar 300 so‘m, rasm – 500 so‘m). Do‘kon ochiq, nima qancha turishini bilish kerak. Bir varaq oq qog‘oz 100 som turadi. Bir varaq oq qog‘oz uchun to‘lash kerak bo‘lgan pulni ko‘rsating. Bu rangli qog‘oz varag‘i esa – 200 so‘m turadi. Shunday pulni ko‘rsating. Bu erda daftar ham sotiladi. U – 300 so‘m turadi. 300 so‘mlik pulni toping, buning uchun 1ta 100 so‘m va 1ta 200 so‘m kerak bo‘ladi. Rasm 500 so‘m turadi. 500 so‘mlikni toping va ko‘rsating» va h. k.
«Do‘kon» o‘yinini, 2-3 mashg‘ulotda, har xil buyumlardan foydalanib, takrorlash mumkin.
Keyingi mashg‘ulotlarda bolalar egallagan bilimlarini hisobga olib, mashqlar tashkil qilish kerak. Masalan, 5 ta 100 so‘mlik, 2 ta 200 so‘mlik, 1 ta 500 so‘mlik lardan iborat pul birliklaridan foydalanish mumkin. Bolalar sonning birliklardan, 2 ta kichik sondan iborat tarkibini o‘rganishgan. Oldin bolalarga 500 so‘mlikkacha bo‘lgan pullar bilan, keyin 1000 so‘mlikkacha bo‘lgan pullar bilan ish ko‘radigan mashqlarni berish tavsiya etiladi.

Xulosa
Маktabgacha yoshdagi bolalarda bog‘chada elementar matematik tasavvurlarni tarkib toptirishda dasturning “Kattalik” bo‘limida narsalarni kattaliklari bo‘yicha taqqoslash malakalarini, o‘lchash faoliyatlarini amalga oshirishga, narsalarning shakllarini aniqlash va boshqa malakalarga katta ahamiyat beriladi.


Mazkur ma’ruzada maktabgacha yoshdagi bolalarni kattaliklar, o‘lchash faoliyati, narsalarning shakli bilan tanishtirnsh uslubiyatini yoritiladi hamda kattaliklarning asosiy xossalari ochib beriladi.

Download 284.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling