Maktabgacha yoshdagi bolalarni tabiat-bilan tanishtirish mashg’ulotlarida ta’lim-tarbiyaviy ishlarni tashkil etish. Reja


Download 127 Kb.
bet2/5
Sana30.04.2023
Hajmi127 Kb.
#1414212
1   2   3   4   5
Bog'liq
Maktabgacha yoshdagi bolalarni tabiat-bilan tanishtirish mashg’ulotlarida ta’lim-tarbiyaviy ishlarni tashkil etish.

2. Qish fasliga tavsifnoma.
Kalendar bo‘yicha qish birinchi dekabrdan boshlanadi.Aslini olib qaraganda, qish ba’zi hollarda ilgariroq boshlanishi ham mumkin, chunki xalq maqolida aytilganidek: «Yil yilga to‘g‘ri kelmaydi».Ob-havodagi o‘zgarishlar. Yerning ustki qatlamini qor qoplashi va suvlarning muzlashi qishning boshlanishidan darakdir.
O‘zbekistonda qish o‘ziga xos xususiyatga ega. Qor qatlamlari mumtoz bo‘lmay, tez eriydi va qishda bir necha martagina yog‘adi. Odatda qor dekabr oyining boshlarida yog‘adi. Qishning ikkinchi yarmida — yanvar oyida, fevral oyining boshlarida ko‘proq qor yog‘adi, mart oyida ham bir oz yog‘ishi mumkin.Dekabr oyida sovuq tushib, tez-tez shamol esib turadi.Dekabr oyida barvaqt qor yog‘ishi Toshkent sharoiti uchun xos bo‘lgani bilan, bunday hol kamdan-kam bo‘ladi. Hatto,dekabr oyida shunday kunlar bo‘ladiki, bunda harorat +20+25darajagacha ko‘tariladi. Masalan, 1955- yilning dekabr oyida mahalliy vaqt bilan soat 6 dan 12 minut o‘tganda bahordagi singari momaqaldiroq, chaqmoq bo‘lib, do‘l aralash yomg‘ir yog‘gan.Yanvar oyida odatda qor yog‘adi, lekin tez erib ketadi.O’‘rtacha harorat butun oy davomida +4—6°C atrofida bo‘ladi,biroq ba’zan janubi-sharqdan iliq shamol «garmsel» esishi natijasida haroratning keskin ko‘tarilishini payqash mumkin.Kunduz kunlari harorat +17+20 darajagacha isiydi. Vaqtincha iliq va quyoshli havo bo‘ladi. Shunday vaqtlarda daraxtlar va butalar kurtak chiqarib qoladi. Keyinchalik yengil ayoz ta’siri ostida asta-sekin yana havo sovib qoladi.Fevral oyida quyosh yuqoriroq ko‘tariladi, kun ancha uzayadi. Fevralning birinchi o‘n kunida odatda kun iliq, quruq bo‘ladi, harorat +17+19 darajagacha ko‘tariladi. Ikkinchi o‘n kunlikda unchalik qattiq sovuq bo‘lmay, kuchli qor yog‘ib o‘tadi. Ba’zi vaqtlarda uchinchi o‘n kunlikda ham qattiq sovuq tushib, qor quruq yog‘adi. Daraxtlarning shoxlari oqarib, qattiqqina qor qatlami hosil bo‘ladi. Qushlar ovqat topib yeyishga qiynaladilar.O‘simliklar hayotidagi o‘zgarishlar. Qishda daraxtlar «yalang‘och» holda bo‘ladilar va nisbiy osoyishtalik holatida yashaydilar. O‘simlikning yer ustidagi qismlari o‘sishdan to‘xtab, qishki osoyishtalikka o‘tadi, ildizlarning yer ostidagi hayot faoliyatlari esa davom etadi. Daraxt nisbiy osoyishtalik vaqtlarida ozuqa 6. Òabiat burchagida yashovchi toshbaqalar qishda qanday oziqlanadi?

Download 127 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling