Maktablarda “Tarbiya” fanini o‘qitish huquqlari


Download 85 Kb.
bet2/3
Sana28.12.2022
Hajmi85 Kb.
#1070970
1   2   3
Bog'liq
Maktablarda TARBIYA FANI

Aynan mazkur asoslar o’quv fanining negizini tashkil etadi. Bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilari bu asoslarni talab darajasida o’zlashtirishi kerak. Aks holda, ularning mazkur fan metodikasi bo’yicha kasbiy tayyorgarligi talab darajasida bo’lmaydi. Shuningdek, qaror bilan 2021-2022 o’quv yilidan boshlab “tarbiya” fani bo’yicha pedagog kadrlar tayyorlash yo’lga qo’yildi. “Umumiy o’rta ta’lim muassasalari o’quvchilari uchun “tarbiya” fani kontsepsiyasi”ga ko’ra, mazkur fanning umumiy asoslarini quyidagilar tashkil etadi: huquqiy asoslar; tashkiliy asoslar; ilmiy-metodik asoslar. Bunda huquqiy asoslar ta’lim-tarbiyaga oid me’yoriy-huquqiy hujjatlardan iborat, tashkiliy asoslar fanni umumta’lim maktablarida, jumladan, boshlang’ich ta’limda talab darajasida o’qitishni va ilmiy-metodik asoslar esa fanning metodologiyasini anglatadi.

Qarorga ko’ra, “tarbiya” fanining asosiy tamoyillarini quyidagilar tashkil etadi: a) milliy va umuminsoniy qadriyatlarning ustuvorligi; b) ongli vatanparvarlik ruhini rivojlantirish; v) fanga oid zamonaviy ilmiy-tadqiqotlarga asoslanish; g) ochiqlik va shaffoflik; d) tarbiya sohasiga oid tashabbuslarni qo’llab-quvvatlash va rag’batlantirish; e) tarbiya sohasiga doir siyosatni amalga oshirishda ishtirok etuvchi davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va hususiy sektor faoliyatining muvofiqligi hamda mutanosibligi. Bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilarining fanga oid bu tamoyillarini chuqur o’zlashtirishi taqozo etiladi. Shu sababli oliy pedagogik ta’lim jarayonida, tarbiyaviy tadbirlarda va mustaqil ta’lim izlanishlarida ana shu tamoyillarni o’zlashtirish, faoliyatda qo’llash ko’nikmasiga ega bo’lish hamda kasbiy faoliyatda ularga amal qilish kompetentsiyasini egallash dolzarb masalalardan biridir. Buning uchun har bir talabaning individual shug’ullanishi, ustozlar bilan hamkorlikda faol ishlashi va tarbiya tamoyillarining hayotdagi ifodasini o’rganib borishi taqozo etiladi.

Tarbiya” fanini o’qitish zaruriyati. O’zbekiston ta’lim tizimida, jumladan, oliy ta’lim jarayonida “tarbiya” fani asoslarini zamonaviy talablar asosida o’qitish va o’rganish zaruriyat hisoblanadi. Shu jihatdan bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilarining mazkur fanni o’zlashtirish va uni o’qitishning metodikasini o’rganish zaruriyati quyidagilar bilan belgilanadi: fanning asoslarini chuqur bilish; fanni o’qitishning ilg’or va zamonaviy pedagogik, innovatsion hamda axborot texnologiyalarini egallash; tarbiya masalasiga doir ilmiy-tadqiqotlarni o’rganib borish; inson va jamiyat hayotida tarbiyaning tutgan o’rnini to’liq idrok etish; fan vositasida boshlang’ich sinf o’quvchilarini tarbiyalash metodlari va texnologiyalarini bilish; fanni o’qitish bo’yicha individual pedagogik tajribaga ega bo’lish. Mazkur fanni o’rganish zaruriyati ilmiy, metodologik va amaliy jihatdan bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilari uchun kasbiy talablardan hisoblanadi.


Download 85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling