Maktablarda tarix fanini o'qitishda texnik vositalardan foydalanish mundarija. Kirish
II.BOB. TARIX DARSLARIDA TEXNIK VOSITALARIDAN FOYDALANISH
Download 174.65 Kb.
|
MAKTABLARDA TARIX FANINI O\'QITISHDA TEXNIK VOSITALARDAN FOYDALANISH
II.BOB. TARIX DARSLARIDA TEXNIK VOSITALARIDAN FOYDALANISH.
2.1. Tarix ta’limining texnika vositalari. T a'limiing vositalari o’qitish va o’rganish sifatini ko’tarishga xizmat qiladi. Tarix darslarida ta'limning texnika vositalaridan foydalanish darsning samaradorligini oshiradi. Ta'limning texnika vositalari o’qitish va o’rganish sifatini ko’tarishga, o’quvchilarning o’quv materialini qiziqib o’rganishiga va puxta o’zlashtirishiga xizmat qiladi. Tarix o’qitish tajribasiga ko’ra maktabda ta'limning quyidagi texnika vositalaridan foydalanilmoqda : 1.Oddiy texnika qurilmalari: Karta va o’quv kartinalari ilinadigan, yog’ochdan yoki boshqa materialdan yasalgan siljiydigan oddiy qurilmalar: ko’chma sinf yozuv taxtasi, sinf devoriga ilinadigan ikki yoqlama ochiladigan yozuv taxta. 2. Ovozli apparatlar: plastinkalar qo’yib ovoz chiqaradigan asbob, magnitofon, radiopriyomniklar, bundan tashqari hozirgi paytda kompyuter texnoligiyalardan, disklarga tushirilgan tasvirlardan foydalanish dars samaradorligini oshirishda katta ahamiyatga ega bo’lib bormoqda. Maktab tajribasida plastinkalar va magnit lentalar, zamonaviy disklar yordamida, shuningdek, radiopryomniklar vositasida o’quvchilarni mumtoz va o’zbek, chet el bastakorlarining asarlari bilan tanishtirishb, tarix fanlarini orgatish keng quloch yoymoqda. Chunki musiqiy ijodiy asarlarga doir maktab kursining madaniy – tarixiy materialini plastinka va tasma yozuvlarisiz ko’rsatib bo’lmaydi. Masalan, madaniyatga doir mavzularni o’tgan paytda musiqa asarlarini eshittirish darsni maroqli bo’lishiga yordam beradi. Badiiy asarlar yozilgan plastinka va mangit tasmalari ham bor. Darsda G’.G’ulomning "Sen yetim emassan" she'ri yozilgan plastinkadan foydalanish mumkin. Jamoat arboblarining, masalan Prezidentimiz I.A.Karimovning nutqlarini mangit tasmalariga yozib olib eshittirish mumkin yoki televizorlar yordamida dars jarayonida o’quvchilarga qo’yib eshittirish ham mumkin. Bu manbalardan foydalanishda quyidagi usullar qo’llaniladi : 1.Yozuv materiallari yuzasidan o’quvchilarga savollar berish bilan bu yozuvlar dars materiali tarkibiga kiritiladi. 2.Avvalo gramplastinka yoki tasma, disk yozuvi eshitiladi va ko’rsatiladi. So’ngra bu yozuv suhbat yordamida tahlil qilinadi. 3.Yozuvlar asosida o’quvchilarning mustaqil ishlari tashkil qilinadi. Ovozli texnika vositalariga radio eshittirishlari ham kiradi. O’qituvchi o’quvchilar uchun radio orqali maxsus dastur yoki umumiy dastur bo’yicha tarixdan beriladigan eshittirishlarni eshittirishni tashkil etadi. Hozirgi vaqtda bunday eshittirishlar ko’pincha magnit tasmasiga yozib olingan bo’ladi. Tarix darslarida magnitofon yozuvlaridan keng foydalaniladi. Radio va televideniye orqali beriladigan o’quv va sinfdan tashqari ishlarga bag’ishlangan eshittirishlar tarixiy voqealarning ishtirokchilari, mehnat qahramonlari, yozuvchilar va ijtimoiy arboblar bilan o’tkazilgan uchrashuv materiallari ana shu magnitofon yozuvlarining asosini tashkil etadi. Bu uchrashuv va suhbatlar aynan takrorlanmaydi, yozib olingan magnitofon tasmasidan uzoq yillar davomida va istagan vaqtda darsda va darsdan tashqari mashg’ulotlarda foydalanish mumkin. Bu o’rinda ham texnika vositasi o’quvchiga qo’l keladi. Har xil ko’rsatuv asboblari va qo’llanmalari ta'lim texnika vositalarining uchinchi guruhini tashkil etadi. Ular epidiaskop, diapozitiv, diafilmlar va o’quv kinofilmlaridan iborat. Tarix darslarida bunday texnik sharoiti mavjud bo’lgan kino xonasi yoki texnika vositalaridan foydalanishga moslangan maxsus tarix xonasi bo’lishi kerak. Texnika vositalari bilan ta'minlangan xona asosan quyidagi talablarga javob berishi loz im : xonani tezda qorong’ulatish va tezda yorug’latish mumkin bo’lsin. b) qorong’u paytda o’quvchilarning yozuv – chizuv ishlarini olib borshi, tasvirlarni daftarga tushirishi, darslik matni bilan ishlashi uchun o’tirgan o’rinlari maxsus lampochkalar bilan yoritiladigan bo’lsin. c) xonada juda katta yozuv taxtasi bo’lishi kerakki, uning bir qismi tasvir bilan band bo’lsa, bir qismi tasvirlarni ko’rsatish yoki boshqa maqsadlar uchun bo’shu bo’lsin. d) xarita va rasmlar ilinadigan maxsus moslama bo’lsin. e) zarur texnika vositalari va ularni ko’rsatadigan apparatlar xonada mavjud bo’lishi bilan birga ular tuzuk, ishga yaroqli holda saqlansin. Bunday maxsus tarix xonasi bo’lmagan taqdirda sinfni uni texnika vositalaridan foydalanadigan qilib jihozlasa bo’ladi. Bu holda tegishli vosita va jihozlar maxsus javonda saqlanadi. Shisha yoki plyonkadan ishlangan rangli diapozitlar epidiaskop yordamida ko’rsatiladi. Keyingi yillarda, shishaga tushirilgan diapozitlar o’rniga diafilmlar yordamida namoyish qilinadi. Diafilmlardan har bir o’qituvchi hattoki, o’quvchilar ham foydalana oladilar7. O’qituvchi darsda diapozitif yoki diafilmdan to’liq yoki qisman foydalanishi, ba'zan butun darsni o’sha materillar asosida o’tkazishi mumkin. Diapozitiflardan yangi mavzuni bayon qilishda ham takrorlash darslarda ham foydalaniladi. Har qanday holatda ham diapozitif va diafilmlar o’qituvchi bayonining aniq va jonli bo’lishiga yordam beradi. O’quv kinofilmlari ham ta'limning ko’rsatmali vositalari jumlasidandir, tarix o’qitishda o’quv kinofmlmli vositadir. Kinofilm o’quvchilar ko’z o’ngida tarixiy voqeaning jonli obrazini ko’rsatmali qilib to’liq harakatda gavdalantiradi. Bugungi kunda yoshlarimizga munosib ta’lim berish, ularning ilm-fanga bo‘lgan intilishlarini ro‘yobga chiqarish, ta’lim tizimini rivojlantirish, ularning moddiy-texnik bazasini, ilmiy va o‘quv jarayonlari sifatini tubdan yaxshilash maqsadida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston Respublikasining istiqloli ajdodlarimizning tarixiy an’analari va ma’naviy merosiga suyangan holda, kelajakni belgilab berishning asosiy tamoyili hisoblanadi. Bu jarayonning uzviyligi O‘zbekiston xalqining tarixiy an’analari va ma’naviy boyliklarini yanada yuksaltiruvchi omildir. Bu esa tarix o‘qitishni milliy an’analar asosida yo‘lga qo‘yish, yoshlarni xalqimizning mehnatsevarlik, do‘stlik, mehmondo‘stlik, ma’rifatparvarlik kabi an’analari, Vatanga hamda xalqqa sadoqat kabi oliyjanob fazilatlari asosida tarbiyalashga qaratilmog‘i zarur. Tarix faninini o‘rganish asosida o‘quvchilar mintaqamizda qadimdan o‘nlab millat va elatlar tinch-totuv, yonma-yon yashab kelayotganligi, ular tarixning barcha bosqichlarida ajnabiy bosqinchilar zulmiga qarshi mardona bo‘lib kurash olib borganligi, o‘zbeklarning boshqa millat va xalqlarga alohida hurmat bildirganligi, millatlararo qardoshligi va do‘stlikni muqaddas deb ardoqlaganligini hamda hozirgi innovatsion g‘oyalar jadallik bilan rivojlanayotgan zamonda yana bir bor sinovdan o‘tayotganligini singdirish o‘qituvchi vazifasidir. Maktabda o‘quvchi O‘zbekiston va jahon tarixini o‘qitilish asnosida uning tubdan yangilangan mazmunini, tarixiy davrlarni mukammal o‘rganish, ta’lim va tarbiya olish Vatanga muhabbatni uyg‘onishi va shakllanishida, kelajakda komillikka erishish orqali ajdodlarga mos avlod bo‘lishni bilib oladi. Tarix fanini o‘qitishni tashkil qilishda, ushbu fan asoslarini o‘rgatishda o‘qituvchilarga yondashuvning metod va metodik usullari, o‘quvchilardagi mavjud bilimlarni kengaytirishga yo‘naltiriladigan topshiriqlar tizimini hamda ta’limning turli xil zamonaviy metod va interfaol usullaridan foydalanish tushuniladi. Tarix fanini o‘qitish metodikasi tarix fani bilan uzviy bog‘liqdir. Tarix o‘qitish o‘quvchilarga tarixiy voqelikni o‘rgatish va voqealar mohiyatini anglatishdan iboratdir. Tarix o‘qitish jarayonida ustoz va shogirdlar o‘rtasida ma’naviy yaqinlik, sog‘lom muhitni vujudga keltirish orqali o‘quvchilarning moziyni o‘rgatadigan fanga qiziqishlarini oshirib, ularda bilimlar tizimini egallashlarini faollashtiradi, darsning samaradorligini oshiradi. Mustaqillik yillarida ta’lim sohasida amalga oshirilgan va oshirilayotgan islohotlar fanda ko‘plab yutuqlarga erishilishining muhim omili bo‘lmoqda. Tarix o‘qitish sifatini oshirishda bugungi zamonaviy tajriba va texnologiyalar, interfaol metodlar juda katta amaliy yordam bermoqda. Tarix fanini o‘qitish jarayonida interfaol metodlardan o‘rinli, maqsadga muvofiq tarzda foydalanish yuqori sifat va samaradorlikni kafolatlaydi. Shu bilan birgalikda tarix darslarini o‘tishda xaritalar, ularning turlari, yozuvli va yozuvsiz xaritalar ham muhim o‘rin tutadi. Xaritalarning muhim jihatlari shundaki, joy nomlarining tarixiy atalashi o‘quvchilar ongida dunyodagi mamlakatlar, davlatlar, ularning tarixiy nomlanishi, toponimik joylar va ular haqida ham bilimlar berilishiga xizmat qiladi. O‘qitish metodlar tizimidan keng foydalanilgan taqdirdagina ta’lim-tarbiya ishlari sohasida natijalarga erishish mumkin. A.Sagdiyev, G.Fuzailova va M.Hasanovalarning – “Tarix o‘qitish metodikasi” o‘quv qo‘llanmasida an’anaviy metodlar umumlashtirilib to‘rtta guruhga ajratilib, usullar ko‘rsatilgan. Tarixni o‘rgatishda va o‘quvchiga moziylik tez va aniq yetib borishida interfaol usullar va innovatsiyalar muhim ahamiyat kasb etmoqda. Jumladan, interfaol usullardan programmalashtirilgan o‘qitish usulidir. Programmalashtirilgan o‘qitish texnologiyasini ilmiy asoslash bir qator ta’limiy programmalarni farqlash imkoniyatini beradi: Ravon programmalar - bunda tarix faninio‘qitishda nazorat topshiriqlari va o‘quvaxborotlarining almashinib turuvchi u qadar katta bo‘lmagan bloklari ketma-ketligidir. Ravon programmada ta’lim oluvchi to‘g‘ri javob berishi shart, ba’zan ehtimol deb topilgan javoblardan birini shunchaki tanlaydi. To‘g‘ri topilgan javobda u yangi o‘quv axborotiga ega bo‘ladi, agar javob to‘g‘ri chiqmasa, axborotni qaytadan o‘rganishga tavsiya etiladi. Tarmoqlanuvchi programma- Ta’lim oluvchi tarix fanidan noto‘g‘ri javob berganda, unga qo‘shimcha o‘quv axboroti beriladi va u ta’lim oluvchiga nazorat topshiriqlarini bajarish, to‘g‘ri javob qaytarish va o‘quv axborotlarining yangi bo‘laklarini olish imkoniyatini beradi. Soddalashtirilgan programma- U ta’lim oluvchiga tarix fanidan yangi o‘quv materialini murakkablik darajasiga qarab tanlab olish, uni o‘zlashtirish jarayonida u yoki bu tarzda o‘zgartirish, oddiy ma’lumotnoma, lug‘at va qo‘llanmalardan foydalanish imkoniyatini beradi. Aralash programma- U ravon, tarmoqlanuvchi, soddalashtirilgan programma bo‘laklarini o‘zida qamrab oladi. Algoritm. U aqliy va amaliy tadbirlar izchilligini belgilovchi tafsilotdir. U o‘qitishning mustaqil vositasi hamda ta’limiy programmlarning qismi bo‘lishi mumkin. Blokli o‘qitish. Bu moslashuvchan programma asosida o‘quvchilarning turli-tuman intellektual tadbirlar va egallagan bilimlaridan o‘quv vazifalarini yechishda foydalanish imkoniyatlarini ta’minlaydi. Download 174.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling