Maktabni boshqarish va unga rahbarlik qilish


Maktab direktori va pedagoglar jamoasi


Download 34.06 Kb.
bet3/5
Sana10.11.2023
Hajmi34.06 Kb.
#1764902
1   2   3   4   5
Bog'liq
Maktabni boshqarish va unga rahbarlik qilish

Maktab direktori va pedagoglar jamoasi.
Maktab direktori maktabning asosiy rahbari va pedagoglar jamoasining yetakchisi hisoblanadi. Maktab direktori maktabda bulayotgan hamma ishlardan xabardor bo’lib turadi. Shuningdek, bu ishlarni tahlil qilish va natijasi haqida fikr yuritadi. Pedagoglar jamoasini yetakchisi hisoblangan maktab direktori jamoada o’rtaga quyilgan xar qanday muammoni hal qilish yo’llarini axtaradi.
Maktabga rahbarlik qilishning eng muhim tomoni o’quv-tarbiya ishlarini nazorat qilishdir. Direktor va o’rinbosarlarining o’quvchining ishini sistemali nazorat qilish, uning mas’uliyatini oshiradi, ishdagi afzalliklarni yanada rivojlantirishga ko’maqlashada, ilg’or tajriba tuplashga yordam beradi.
Direktor va o’rinbosarlari bolalar bilan olib boriladigan o’quv va sinfdan tashqari ishlarning barcha formalariga rahbarlik qiladilar va tekshirib turadilar.
Direktorning tashkilotchilik ishidagi yetakchilik roli barcha pedagoglarni o’quvchilar va ota-onalar jamoalarini boshqarish ishiga jalb qilish, ularning kuch g’ayratini jamoa fikrlari va ishga muvofiqlashtirish, ularni ijodiy faoliyat jarayoniga tortish, alohida bo’g’inlar o’rtasida aloqaning ta’sirchan sistemasini yaratish xar qanday jamoada xam mavjud bo’lgan barcha rezervlarni harakatga keltirish, tashabbusni butun choralar bilan rag’batlantirish haqiqiy mehnat musobaqasi ruxini qullab quvvatlash, ma’naviy qadriyatlarni jamlash, sistemaning ahvolini mumkin kadar oldindan kura bilish va uning modelini yaratish, faoliyat natijalarini oldindan aytib berish va pedagogik faoliyatning keng muhim masalalari yuzasidan umum maktab jamoasi a’zolariga yo’l-yo’riqlar berishdan iborat.
Bularning barchasi rahbarning chuqur nazariy bilim, tashkilotchilik qobiliyatini, keng qulamda fikrlay olish, jamoada muayyan psixologik kayfiyat qulay axloqiy psixologik muhit yaratishni talab qiladi.
Pedagoglar jamoasining jamoat tashkilotlari va boshqaruvning kollegiya organlari tarkibiga pedagoglar kengashi, o’qituvchilar va sinf rahbarlari metod birlashmalari, ota-onalar komiteti kiradi.


Download 34.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling