Makulova shaxnoza karimovna


Download 36.29 Kb.
bet6/6
Sana24.12.2022
Hajmi36.29 Kb.
#1060123
TuriReferat
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
falsafa

Umumiylik, yakkalikxususiylik kategoriyalari borliq narsalari va hodisalarining nisbatan mustaqilligi, ularning rang-barangligi va birligining in'ikosidir.
Kundalik hayotda biz «yakka», «xususiy», «umumiy» tushunchalarini ko‘p ishlatamiz va ularning mazmuni bizga ba'zan oydek ravshan bo‘lib tuyuladi. Ammo mazkur tushunchalar bilan ifodalanadigan predmet yoki predmetlar turkumini topishga harakat qilganimiz zahoti katta qiyinchiliklarga duch kelamiz. Masalan unga ikkita bolaning suhbatini asos bo‘lishi mumkin:
- Umringda hyech qushni ko‘rganmisan?
- Ha, ko‘rganman. Mana u (kanareykaga ishora qiladi).
- E, bu qush emas, kanareyka-ku. Kanareykani ham sen hyech qachon ko‘rmagansan. Sen faqat bitta kanareykani, bizning kanareykamizni ko‘rgansan.
Sog‘lom fikr kanareykada qushni ko‘rgan bola u hyech qachon qushni ko‘rmaganini aytayotgan boladan ko‘proq haq ekanligidan dalolat beradi. Ammo umuman qush, meva, daraxtini ko‘rganini kim uzil-kesil qayd eta oladi? Biz bu qush, bu daraxt, bu mevani o‘z tajribamizda ko‘rganimiz hyech qanday shubha uyg‘otmaydi. Umumiy tushunchalar amalda ob'ektiv mazmunga ega yoki ega emasligi falsafa tarixida qizg‘in munozaralarga sabab bo‘lgan. Umumiy tushunchalar tabiati masalasi atrofida bahs o‘rta asrlardan beri davom etib keladi. Umumiy tushunchalar amalda mavjudmi? Nima haqiqiy borliq hisoblanadi – yakkalikmi yoki umumiylikmi? Umumiylik va yakkalik munosabati hodisalar xossalarining emas, balki hodisalarning munosabati sifatida qaraladigan darsliklarga hozir ham duch kelish mumkin. Xo‘sh, bugungi kunda falsafada mazkur masala qanday yechilmoqda?


Xulosalar. Kategoriyalar fikrlashning universal shakllari bo‘lib, ularda ob'ektiv voqyelikda mavjud bo‘lgan umumiy aloqalar, xossalar va munosabatlar aks etadi. Kategoriyalarda kishilik jamiyatining tajribasi va faoliyati mujassamlashadi.
Bilish natijalari o‘z aksini topuvchi tushunchalar va kategoriyalar bo‘lmasa, bugungi kunda bilishning o‘zi ham bo‘lmas edi. Kategoriyalar ob'ektivlik, muayyanlik, amaliyot bilan bog‘liqlik va tarixiylik, o‘zgaruvchanlik va sh.k. xususiyatlar bilan tavsiflanadi.

ADABIYOT
  1. Karimov I.A. Asarlar to‘plami. 1-18 jildlar. T. O‘zbekiston. 1996-2011


  2. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. –T.: Ma’naviyat, 2008. -176.


  3. Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo‘llari va choralari. – Toshkent: O‘zbekiston, 2009.


  4. Karimov I.A. Vatanimizning bosqichma-bosqich va barqaror rivojlanishini ta’minlash - bizning oliy maqsadimiz. T.17. –Toshkent: O‘zbekiston, 2009.


  5. Karimov I.A. Hamkorlik, taraqqiyot va xavfsizlikni ta’minlash yo‘lidan // Xalq so‘zi. – 2010 yil 22 sentabr.


  6. Karimov I.A. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisidagi ma’ruza. 12 noyabr. – Toshkent: O‘zbekiston, 2010.


1 Invariant – mazmunini ayrim hodisalar turkumi barcha muayyan ko‘rinishlari asosiy belgilarining nisbatan barqaror majmui tashkil etadigan tushunchani ifodalovchi til birligi.

2 Kant I. Soch. T. 6. -M.: AST, 1999. – S.127.

3 Tam je, – S.127



4 Qarang: Gegel G.V.F. Ensiklopediya filosofskix nauk. T. 1. – M.: Progress, 1974. – S.228

5 Gegel G.V.F. Soch. T. 1. – M.: 1999. – S.170.
Download 36.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling