Mаlаkаsini oshirish tаrmoq mаrkаzi


) koʼrsatmali taʼlim metodi (jadvallar, shartli-grafik illyustratsiyativ koʼrgazmalilik, surat tahlili, rasm, tarixiy xaritalar bilan ishlash)


Download 156.09 Kb.
bet26/105
Sana30.04.2023
Hajmi156.09 Kb.
#1411150
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   105
Bog'liq
Документ Microsoft Word

2) koʼrsatmali taʼlim metodi (jadvallar, shartli-grafik illyustratsiyativ koʼrgazmalilik, surat tahlili, rasm, tarixiy xaritalar bilan ishlash);
Koʼrsatmali metod. ―Ming marta eshitgandan koʼra bir marta koʼrgan yaxshi‖, - degan naqlga amal qilgan holda faqat ogʼzaki baѐn metodli darsda materiallarni oʼzlashtirish koʼrsatkichi 10%, boʼlgan sharoitda dars oʼtish samarasiz boʼladi. Mashgʼulotlarda oʼquv materialni koʼrgazmali shaklda taqdim etish lozim. Аyniqsa tarix fanida anʼanaviy didaktik materiallardan tashqari zamon bilan hamnafas boʼlgan holda namoyishli (kompьyuter va axborot kommunikatsiya texnologiyalari) koʼrsatmalik bugungi kunning dolzarb vazifalaridandir.
Koʼrsatmalilik didaktikada eng asosiy qoida boʼlib, uning ѐrdamida koʼruv oʼquvi va va tafakkur oʼzaro uygʼunlashadi. Koʼrsatmali metodlar eshitish va koʼrishni oʼzaro uygʼunlashtirish vositasi hisoblanadi. Shu tufayli undan bilimlarni ogʼzaki baѐn qilish metodlari bilan ѐnma-ѐn foydalanish tarix taʼlimining samaradorligini oshiradi.
Koʼrsatmali metodning quyidagi turlari mavjud:
Illyustratsiya metodi – (matndan boshqa barcha komponentlar) xaritalar, rasmlar, chizmalar, jadvallar, sxemalar, diagrammalar, doskadagi ѐzuvlarga diqqatni tortish.
Namoyish (demonstratsiya) metodi – kinoapparat, АKT va boshqa videotasvirlardan foydalanib turli tasvirlarni namoyish qilish.
Tabiiy koʼrsatmali qurollar – narsalarning oʼzi, predmetlar, mulyajlar, odamlar tomonidan tayѐrlangan ish qurollari, maket, mulyaj va boshqalarni koʼrsatish.
Koʼrsatmalilik deganda, avvalo oʼqitish va tarixiy bilimlarning oʼrganishning koʼrsatmali usuli, oʼqituvchi baѐninng manbai va uni koʼrsatmali boʼlishi, uning oʼquvchilardagi aniq, tayѐr obrazlarga suyana bilishi, oʼquv vositasi materialini baѐn qilish vaqtida koʼrsatmali qurollardan foydalanish va koʼrsatmali qurollar vositasida oʼquvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish hamda ularning oʼrganilaѐtgan tarixiy faktlarni, voqea va hodisalarni aynan oʼzini ѐki ularning tasvirlarini koʼrish ѐrdamida oʼrganishlari tushuniladi.
Tarixiy hujjatlar va badiiy adabiѐtlardan foydalanish oʼqituvchi baѐnini obrazli qilib aniqlashtirsa, koʼrsatmali qurollar vositasida oʼquvchilarda oʼtmish toʼgʼrisida ѐrqin va aniq tasavvur hosil boʼladi, oʼquvchilarning eshitish faoliyatiga koʼrish va sezish organlarining faoliyati ham qoʼshiladi. Shu bilan ularning bilimi yanada chuqurlashadi, mustahkamlanadi.
Tarix oʼqitishning koʼrsatmali boʼlishining taʼlimiy va tarbiyaviy ahamiyati ham katta. Аvvalo koʼrsatmali qurol oʼquvchilarning bilim olishida muhim manba boʼlib xizmat qiladi. Oʼqituvchining baѐni har qancha toʼliq boʼlganda ham oʼquvchilarning voqealar toʼgʼrisidagi tasavvurlari toʼla boʼlmaydi. Shuningdek, bezaklardan foydalanmay turib, oʼrganilaѐtgan davrning manzarasini ham toʼla, aniq va chuqur tasavvur qilib boʼlmaydi.
Koʼrsatmali qurollar oʼquvchilarning tarixiy tasavvurlariga aniqlik kiritish va bu tasavvurlarni aniqlashtirishga ѐrdam beradi. Koʼrsatmali tasvirlar tarixiy fakt va hodisalarning tashqi koʼrinishinigina emas, balki ularning ichki mohiyatini ham ochib beradi. Koʼrsatmali qurollar oʼquvchilarning murakkab tarixiy hodisalarni, tarixiy tushunchalarning maʼnosini osonroq tushunib olishlariga ѐrdam beradi.
Koʼrsatmali qurollar oʼquvchilarda tarixiy tushunchalarni shakllantirishga, ularning nazariy xulosalash va umumlashtirishga, yakunlarini, ijtimoiy rivojlanishning obʼektiv qonuniyatlarini, oʼzaro aloqalarni yaxshiroq tushunib olishlariga ѐrdam beradi, shuningdek, oʼquvchilarni estetik jihatdan tarbiyalashning muhim vositasi boʼlib ham xizmat qiladi.
Shu tariqa, koʼrsatmalilikning ahamiyati tarixiy faktlarni, hodisalarni koʼrish organlari ishtirokida mushohada etish va ular haqida aniq tasavvur hosil qilish bilan chegaralanmaydi, murakkab tarixiy hodisalarni, tushunchalarni tushunib olishni ham yengillashtiradi, tarixni haqqoniy tushunishga ѐrdam beradi.

Download 156.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling