- uskunaviy dasturiy taʼminot;
- virtual matn konstruktorlari, mulьtiplikatsiyalar,
musiqalar, fizik modellar, geografik xaritalar va x.k.;
- axborotlar majmui — maʼlumotnomalar, entsiklopediyalar, virtual muzeylar va x.k.;
- texnik koʼnikmalar trenajѐrlari (tugmachalar majmuidan tugmachalarga qaramasdan maʼlumot kiritish, dasturiy vositalarni dastlabki oʼzlashtirish va h. k.).
Taraqqiy etgan xorijiy davlatlar va respublikamizdagi yetakchi taʼlim muassasalarida kompьyuter texnologiyalari asosida oʼqitish dasturlari tahlili sifat jihatidan yangi oʼqitish vositalari boʼlib, ular
anʼanaviy oʼqitish metodlaridan tubdan farq qilishini koʼrsatmoqda. Bunday ѐndashishning asosiy vositalaridan biri sifatida, kompьyuterda modellashtirish nazariyasini koʼrsatish mumkin.
Mulьtimedia vositalari asosida oʼqitish jaraѐnida aniq fanlarni kompьyuter asosida toʼliq oʼqitish, maʼruza matnlarini tahrir qilish, talabalar topshirgan nazorat natijalarining tahlili asosida maʼruza matnlarini baѐn qilish uslubini yaxshilash, oʼquvchitalabalar axborot texnologiyalarini mulьtimedia vositalari asosida animatsiya elemenglarini dars jaraѐnida koʼrshli, eshitishi va mulohaza qilish imkoniyatlariga ega boʼladi.
Taʼlimni axborotlashtirish
Taʼlimni axborotlashtirish - keng maʼnoda taʼlim sohasini metodologiya, oʼqitish maqsadlarining psixologik-pedagogik tadbigʼiga yoʼnaltirilgan yangi axborot texnologiyalari vositalarini samarali foydalanish va yaratish (qayta ishlash) amaliѐti bilan taʼminlash sifatida qaraladi. Bundan tashqari, axborotlashtirish masofali oʼqitish tizimining taraqqiѐti uchun baza boʼlib xizmat qiladi. Аxborotlashtirish jaraѐnida taʼlim tizimida yangi axborot texnologiyalari vositalaridan keng koʼlamda foydalanish amalga oshiriladi.
Taʼlimni axborotlashtirish, birinchi navbatda quyidagilarni nazarda tutadi:
- kompьyuter texnikasi, axborot va kommunikatsiya texnologiyalarning zamonaviy vositalarini tizimli oʼrganish, tashkil etish va foydalanishni;
Do'stlaringiz bilan baham: |