- talabalarning mustaqil ishlarini tashkil etish, oʼquv va metodik taʼminlashni;
- oʼqituvchilar tomonidan zaruriy oʼquv-metodik taʼminotni yaratish boʼyicha ishlarni;
- axborot texnologiyalarini samarali qoʼllanilishidan vujudga kelaѐtgan yangi imkoniyatlarni hisobga olgan holda oʼquv jaraѐnini takomillaiggirishni taqozo etadi.
Аxborotlashtirishning yagona tizimi oʼz oldiga taʼlimning keng doiradagi hamda mutaxassislikka doir yaratilgan dasturini oʼzlashtirish orqali mustahkam fundamental bilimga ega boʼlgan va ularni oʼz faoliyatida qoʼllay oladigan kadrlar tayѐrlash maqsadini qoʼyadi.
Аxborotlashtirishning maqsadi masofali oʼqitish tamoyillarining samarali tadbigʼidan iborat.
Аxborotlashtirish masalalari quyidagilardan iborat:
• uyali portativ shaxsiy kompьyuterlar (UPShK)larning roli oʼrnini aniqlash;
• ularga didaktik talablarning qoʼyilishi;
• UPShK bilan ishlashni talabalar va oʼqituvchilarga foydalanuvchi darajasida oʼqitish;
• ulardan taʼlim jaraѐnida foydalanishning uslubiy muammolarini hal qilish;
• masofali oʼqitishni taʼminlash uchun axborot muhitini yaratish;
• foydalanishni taʼminlash uchun infrastrukturani yaratish.
Uyali portativ shaxsiy kompьyuterlar oʼquv jaraѐnida quyidagi maqsadlarda qoʼllanilishi mumkin:
• avvaldan tanishish va mustaqil ishlash uchun elektron shaklda bajarilgan oʼquv-uslubiy material va darsliklar, xrestomatiyalar, kitoblar, maqolalar;
• referatlar, maqolalar, insholar uchun maʼlumotlar omborini tayѐrlash;
• oʼz-oʼzini sinash, oʼquv dasgurlari bilan ishlash;
• oʼquv ishlarini rejalashtirish, elektron kundalik, mashgʼulotlar jadvali, telьefonlar va manzillar (organayzer);
• maʼlumotlar ombori: qoʼllanmalar, tarjimonlar, oʼrgatuvchi dasturlar;
• axborot tarmoqlarida ishlash.
Taʼlimni axborotlashtirish taʼlim-tarbiyaning pedagogik-psixologik maqsadlarini amalga oshirishga yoʼnaltirilgan zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanishni, taʼlim sohasida ularni yaratish amaliѐti va metodologiyasi bilan taʼminlashni nazarda tutadi.
Bu jaraѐn, birinchidan, ilmiy-pedagogik maʼlumotlar bazasidan foydalanish asosida taʼlim tizimini boshqarish mexanizmini takomillashtirishni, ikkinchidan, zamonaviy axborot jamiyatida, shaxsni rivojlantirish maqsadlarida taʼlim-tarbiyaning tashkiliy shakllari, metodlari, mazmunini tanlash va metodologiyasini takomillashtirishni, uchinchidan, oʼkuvchini intellektual salohiyatini rivojlantirishga, unda mustaqil bilim olish malakasini shakllantirishga yunaltirilgan oʼqitishning metodik tizimini yaratishni va nihoyat toʼrtinchidan, oʼquvchrxlar bilimini nazorat qilish va baholashning diagnostik metodlarini, xususan kompьyuter testlarini yaratishni va ulardan foydalanishni maqsad qiladi.
Taʼlimni axborotlashtirish va zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish jaraѐni oʼqitishdagi tashkiliy shakl va metodlarning oʼzgarishigagina emas, balki undagi yangi metodlarning shakllanishiga ham olib keladi.
Fanlar sohasining axborotlashuvi, oʼquv faoliyatining takomillashuvi, zamonaviy axborot texnologiyalari asosida bilish jaraѐnining intefatsiyalashuviga, fanlar sohasining kengayishiga, chuqurlashuviga va ularning intefatsiyasiga sabab boʼladi. Bu esa, oʼz navbatida, oʼquv materiallari mazmunini tanlash mezonlariga oʼzgartirishlar kiritishni taqozo qiladi.
Shunday qilib, taʼlimni axborotlashtirish jaraѐnining rivojlanishi, oʼquv materiallarining mazmuni va hajmini oʼzgarishiga, oʼquv predmetlari (kurslari) dasturlarini qayta ishlab chiqishga, alohida mavzular ѐki predmetlarning intefallashuviga sababchi boʼladi. Bu esa, oʼquv fanlarining mazmuni va stukturasini oʼzgarishiga, binobarin, taʼlimning mazmuni va sfukturasini oʼzgarishiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |