Bu jaraѐnga parallel ravishda, oʼquvchilar bilim saviyasi muammosiga, kompьyuter texnologiyalari asosidagi innovatsion ѐndashuvni joriy etish lozim boʼladi.
Taʼlim mazmuni va tarkibi, nazorat va oʼqitishning tashkiliy shakllari, metodlari haqidagi tasavvurlarning oʼzgarishi oʼqitish jaraѐnida xususiy metodikani ham takomillashtirishni taqozo etadi.
Taʼlim jaraѐnida zamonaviy axborot texnologiyalarini imkoniyatlaridan foydalanish va shu tufayli oʼquv faoliyatining kengayishi, oʼqitish vositalari va darsliklarga boʼlgan didaktik talablarning sifatiy oʼzgarishlariga olib keladi.
Yuqorida taʼkidlangan holatlar taʼlim-tarbiya nazariyasi tarkibiy qismlarining oʼzgarishiga, yaʼni pedagogika fani paradigmasining oʼzgarishiga olib keladi.
"Аxborot texnologiyasi" har qanday pedagogik tizimda — ilmiy masalalar bilan oʼzaro munosabatda boʼlgan tushunchadir. Biroq,agar ilmiy masala oʼqitish va tarbiya qilish maqsadlarini ifodalaydigan boʼlsa, u holda axborot texnologiyasi oʼqitish va tarbiyalash yoʼllari, ulargan erishish vositalarini ifodalaydi. Bu jaraѐnda ilmiy masala tuzilmasida talabalarning shakllantirilishi va rivojlantirilishi lozim boʼlgan aniqlangan sifatlari muayyan shart-sharoitlarda oʼqitish maqsadlari sifatida ishtirok etadi, u esaumumiy holda taʼlim mazmunining oʼziga xos xususiyatini belgilaydi.
Taʼlimda axborot texnologiyalarini tashkil etish va amalga oshirish maqsadida faoliyat yuritish algoritmining umumlashgan chizmasidan foydalanish mumkin. U oʼqitish va tarbiya qilishning bir nechta bosqichlarini oʼz ichiga oladi: moʼljal olish (taʼlim-tarbiyaviy maqsadlar toʼgʼrisidagi tasavvurlarni shakllantirish); amalga oshirish (oʼqitish-
tarbiyalash uslublari, usullari va vositalarini koʼzda tutilgan ketma- ketlikda amalga oshirish); nazorat qilish va tuzatish.
Har bir axborot texnologiyada, shuningdek, qoʼyilgan maqsadga erishish uchun uning faoliyat yuritishini kuzatish, nazorat qilish va tuzatish qoidalari tizimidan iborat boʼlgan boshqarish algoritmidan foydalaniladi. Belgilangan oʼqitish-tarbiyalash maqsadlarining har biriga erishish uchun pedagoglarning qatʼiy belgilangan oʼquv-tarbiyaviy faoliyatini boshqarish algoritmidan foydalaniladi. Bu nafaqat oʼqitish- tarbiyalash jaraѐnining muvaffaqiyatliligini baholash, balki belgilangan samaradorlikka ega boʼlgan jaraѐnlarni oldindan loyihalashtirish imkonini beradi.
Taʼlimiy oʼzaro taʼsir koʼrsatish uslublari, usullari va vositalarini saralash va oqilona tanlab olish axborot texnologiyasining oʼziga xos vazifasi sifatida iiggirok etadi. Аynan ular ulardan har birining oʼziga xos xususiyatini belgilashda hamda pedagogik faoliyatning mavjud shart- sharoitlari, pedagogning shaxsiy oʼziga xos xususiyatlari va uning pedagogik tajribasini aks ettirishlari lozim.
Zamonaviy axborot texnologiyalari, oʼquv-tarbiya jaraѐnlarining barcha bosqichlarini jadallashtiradi. Bunda axborot texnologiyalaridan foydalanish asosida, taʼlim jaraѐnining sifati va samaradorligi ortishi, oʼquvchilarning bilish faoliyatini faollashuvini, fanlararo aloqalarning chuqurlashuvini kuzatish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |