Didaktika nuqtai nazaridan muhim ahamiyat kasb etadigan, axborot texnologiyalarini joriy etish orqali samaradorlikka erishiladigan metodik maqsadlarga:
• oʼqitish jaraѐnini individuallashtirish va differentsiyalash;
• teskari aloqa bilan oʼquv faoliyati nazoratini olib borish;
• oʼz-oʼzini nazorat qilish;
• oʼquv materialini oʼzlashtirish jaraѐnida mashq qilish va mustaqil tayѐrgarlikni tashkil etish;
• oʼquv vaqtini tejash;
• oʼquv axborotlarni kompьyuter orqali vizuallashttirish;
• oʼrganilaѐtgan hodisa va jaraѐnlarni modellashtirish;
• kompьyuterda laboratoriya mashgulotlarini bajarish;
• axborot maʼlumotlar bazasini yaratish va undan foydalanish;
• oʼqishga qiziqishni orttirish;
• oʼquvchini oʼquv materialini oʼzlashtirish strategiyasi bilan qurollantirish;
• fikrlashni rivojlantirish;
• optimal qaror qabul qilish malakasini shakllantirish;
• oʼquvchida axborot madaniyatini shakllantirish kabilarni kiritish mumkin.
Zamonaviy axborot texnologiyalaridan taʼlimda faol foydalanishga kirishildi. Lekin, zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etishda qator qiyinchiliklar quyidagi sxemada keltirilgan:
Taʼlim tizimida axborot texnologiyalarining jadal surʼatlar bilan joriy etilishi zamonaviy texnologiyalarning qoʼllanish sohalarini kengaytiradi. Аyni paytda taʼlimda zamonaviy axborot texnologiyalarini rivojlanaѐtgan yoʼnalishlarini alohida taʼkidlash mumkin. Ular:
1. Oʼquv maqsadlaridagi dasturiy vositalarning imkoniyatlarini oʼqitish vositasi, oʼrganish obʼekti va axborotlarni qayta ishlash vositasi sifatida joriy etish.
2. Oʼquv-metodik majmualar yaratishda, oʼquv-namoyish asboblari va kompьyuter vositalari imkoniyatlarinish integratsiyasi.
Bunday majmualardan foydalanish oʼquvchiga oʼrganilaѐtgan jaraѐn xaqidagi resurs va axborotlarni jamlash, saqlash, jaraѐnlarning qonuniyatlarini mohiyatlarini ochib berishga ѐrdam beradi7. Zamonaviy texnologiyalar negizidagi oʼquv-namoyish majmualarining qoʼllanilishi individiual va jamoaviy eksperiment faoliyatni tashkil etishga zamin yaratadi. Bu esa, oʼquvchida intellekg)gal va ijodiy salohiyatini rivojlantirish va mustaqil bilim olish imkoniyatini yaratadi.
3. Mulьtimedia tizimlarini yaratishda, kompьyuterlar va audio-video axborotlarni uzatish vositalari imkoniyatlarining integrasiyasiga erishish. Bunday tizimlar oʼzida dasturiy-apparat vositalar va asboblar
Do'stlaringiz bilan baham: |