7 ―New methods in teaching history in present-day secondary schools in the Russian Federation‖.
- Strasbourg, 2000. – 198 p.
majmuasini mujassamlashtirib, axborotning turli (matn, grafika, ovoz, tasvir) koʼrinishlarini birlashtiradi va foydalanuvchi bilan interfaol muloqotni tashkil etadi. Mulьtimedia tizimlaridan foydalanish, faol oʼqitish metodlari va shakllarini joriy etishni taʼminlaydi, axborotlarning qabul qilinish darajasini oshiradi.
Аxborot va telekommunikatsion texnologiyalar
Oliy taʼlimdagi muhim axborot va telekommunikatsion texnologayalar quyidagilar:
-elektron darslik;
-mulьtimedia tizimlari;
-ekspert tizimlar;
-avtomatik loyihalash tizimi;
-elektron kutubxonalar;
-maʼlumotlar ombori;
-lokal va global hisoblash tizimlari;
-elektron aloqa;
-ovozli elektron aloqa;
-elektron doska;
-telekonferentsiyalar tizimi;
-elektron tipografiya.
Elektron taʼlim resursining asosiy tarkibiy qismi - fan boʼyicha oʼquv uslubiy majmua hisoblanadi. Hozirgi kunda oʼquv-uslubiy majmua tarkibi boʼyicha turli xil tavsiyalar mavjud boʼlib, ularda majmuaning turli komponentlari ѐritilgan. Lekin bizning fikrimizcha oʼquv-uslubiy majmua tarkibining toʼliq, mukammal varianti asoslanmagan.
Oʼquv-metodik majmua (OʼMM) - davlat taʼlim standarti va fan dasturida belgilangan, bilim, koʼnikma, malaka va kompetentsiyalarni shakllantirishni, oʼquv jaraѐnini kompleks loyihalash asosida kafolatlangan natijalarni olishni, mustaqil bilim olish va oʼrganishni hamda nazoratni amalga oshirishni taʼminlaydigan, talabaning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga yoʼnaltirilgan oʼquv-uslubiy manbalar, didaktik vositalar va materiallar, elektron taʼlim resurslari, baholash metodlari va mezonlarini oʼz ichiga oladi.
Fanning oʼquv-metodik majmuasi tarkibining mazmuni Davlat taʼlim standarti asosida tuzilgan fan dasturiga muvofiq, ilm orqali bilim olish, toʼliq oʼzlashtirish hamda shaxsga yoʼnaltirilgan, rivojlantiruvchi va mustaqil taʼlim olish texnologiyalari, tamoyillari va talablari asosida ishlab chiqiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |