Mаlаkаsini oshirish tаrmoq mаrkаzi


taʼlim resurslariga boʼlgan talabni aniqlash maqsadida foydalanuvchilar boʼyicha statistik maʼlumotlarni yigʼish va tahlil etish amalga oshiriladi


Download 156.09 Kb.
bet42/105
Sana30.04.2023
Hajmi156.09 Kb.
#1411150
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   105
Bog'liq
Документ Microsoft Word

taʼlim resurslariga boʼlgan talabni aniqlash maqsadida foydalanuvchilar boʼyicha statistik maʼlumotlarni yigʼish va tahlil etish amalga oshiriladi;
metodik taʼminot bosqichi – bu bosqichda elektron vositalardan oʼquv jaraѐnida foydalanish metodikasini ishlab chiqish, maslahat xizmatlarini bajarish yoʼlga qoʼyiladi.
Elektron darslik – kompьyuter texnologiyalariga asoslangan oʼqitish metodlaridan foydalanishga moʼljallangan oʼqitish vositasi boʼlib, undan mustaqil taʼlim olishda va oʼquv materiallarini har tomonlama samarali oʼzlashtirishda foydalanish mumkin. Elektron darslikda fanning oʼquv materiallari talabaga interaktiv usullar bilan yetkaziladi, hamda zamonaviy axborot texnologiyalari, audio va video, animatsiyalar imkoniyatlaridan oʼrinli foydalaniladi. Elektron darslik – bu maxsus ravishda formatlangan va axborot texnologiyalarining usullari va vositalari (gipermatnli qidiruv, muhim soʼzlar boʼyicha avtomatlashtirilgan qidiruv, bilimlarni interaktiv nazorat qilish va hokazolar) ѐrdamida fanni oʼrganish imkonini beruvchi raqamli formatda taqdim etilgan oʼquv-metodik qoʼllanmadir.
Elektron darsliklar bazasi – bu darsliklar toʼgʼrisida maʼlumotlarning tizimlashtirilgan va tasniflangan majmuyi, maxsus talablarga javob beruvchi toʼliq matnli darsliklar bazasi.
Tarix taʼlimining sifatini taʼminlashda zamonaviy axborot- kommunikatsiya texnologiyalarining oʼrni va ahamiyati katta boʼlib, ulardan foydalanish oʼqituvchining vaqtini tejaydi, dars samaradorligiga ijobiy taʼsir qiladi.
Mulьtimediyaviy axborotlar maʼlumotlar bazasi oʼquv mavzusiga taalluqli audio, video ѐki qurama axborotni oʼz ichiga oladi. Koʼpincha baza mavzuni yaxshiroq oʼzlashtirish uchun qoʼshimcha material boʼlib xizmat qiladi.
Metodik qismda oʼquv topshiriqlar bazasi tahsil oluvchilar bilimlarini nazoratdan oʼtkazish tizimining axborot qismi hisoblanadi.
Ilmiy va texnik adabiѐtlar maʼlumotlar bazasi oʼquv mavzusiga aloqador boʼlgan elektron jurnallar, kitoblar, sharhlar va boshqa axborot materialidir.
Oʼquv materialini tizimlashtirish va tasniflashda, shuningdek ularni tezkor qidirishda elektron katalog muhim rol oʼynaydi. Elektron katalog bibliografik axborot berishning xalqaro formatlar talablariga javob berishi kerak va avtomatlashtirilgan kutubxona tizimi
«Katalogizatori» avtomatlashtirilgan ish joyidan foydalangan holda tuziladi. Bu matndan tortib to videogacha turli xildagi axborot manbalari toʼgʼrisida maʼlumotlar yetkazish shakllarini birlashtirish imkonini
beradi. Maʼlumotlar bazasida turli xil axborotni saqlash talabalar tomonidan oʼquv materiali samarali oʼzlashtirilishi uchun, shuningdek oʼqituvchilarning darslarga tayѐrgarlik koʼrishi uchun muhim shart hisoblanadi.



Download 156.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling