Qarang: 8 Toshpoʼlatov T., Gʼafforov Ya. Tarix oʼqitish metodikasi. (bakalavriat yoʼnalishidagi talabalar uchun oʼquv qoʼllanma). – Toshkent: OʼzMU - Universitet, 2002. – 190 b.
9 Sagdiev А., Fuzailova G., Hasanova M. Tarix oʼqitish metodikasi. – Toshkent: TDPU, 2008. - B. 37-47.
Har bir darsga tayѐrlanishda DTS va oʼquv dasturining uqtirish xatidagi koʼrsatmalar nazarda tutiladi. Darsni tayѐrlash va oʼtkazishda oʼqituvchining oʼz predmeti boʼyicha oʼquv dasturining har bir mavzusiga tayѐrlanishi, har bir darsga tayѐrlanishini talab qiladi.
Har bir alohida darsga tayѐrlanishda oʼqituvchi quyidagi ishlarni amalga oshiradi:
- Mavzudan kelib chiqib maqsad va vazifalarni konkretlashtiradi;
- oʼquv materiali mazmunini ajratadi va uni didaktik jihatdan ishlab chiqadi (etakchi tushuncha, qonuniyat, fakt va amaliy maʼlumotlarni ajratadi);
- ilgari oʼrganilgan bilan bogʼlanishni, mazmunni joylashtirish mantiqini nazarda tutadi;
- oʼquvchilarning oʼquv - bilish faoliyatlari xarakterini aniqlaydi, yaʼni qanday koʼnikma va malakalar shakllanishini, reproduktiv va izlanish faoliyati, mustaqil ish va oʼqituvchining roli oʼrtasidagi nisbat qanday boʼlishini oʼylab quyadi.
- dars shakli, vositasi, metod va usullarini aniqlaydi;
- oʼqitish metodlari: masala, mashq, muammoli savollar, topshiriqlarni tanlaydi va aniqlaydi.
- dars jaraѐnini loyihalashtiradi va rejalashtiradi.
Yaxshi tayѐrlangan darsni yana uyushgan holda aniq va samarali oʼtkaza bilish ham kerak. Bunda quyilagi qoidalarga amal qilish lozim:
1) darsni aniq va uyushgan holda boshlash, buning uchun esa darsga hamma narsa oldindan tayѐrlangan boʼlishi kerak;
2) oʼquvchilar eʼtiborini dars mazmuniga qarata bilish va uni butun dars davomida oʼquchilarning bilish faoliyatini aktivlashtirib saqlay bilish.
3) darsda vaqtdan oqilona foydalanish;
4) oʼz hatti – harakatini kuzatish. Yuksak maʼnaviyat, ahloqiylik va madaniyat, gapirish va talab qilish, ragʼbatlantirish, oʼkuvchilarga murojaat qilish uslubi bularning barchasi oʼqituvchi faoliyatining uslubini belgilaydi, hamda oʼquvchilarning zoʼr berib ishlashi ѐki oʼta emotsional qoʼgʼoluvchanligini istisno qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |