5) darsda tadbirkorlikni namoyish qilish yuzaga kelgan sharoitni darsni oʼtkazish sharoitlaridagi oʼzgarishlarni hisobga olish zarur.
Taʼlim tizimida tarix kursi oldiga qoʼyilgan taʼlim-tarbiya vazifalarini amalga oshirishning eng muhim shartlaridan biri har bir darsning taʼlim-tarbiya vazifalarini, shuningdek, uning boshqa darslar
tizimida tutgan oʼrnini aniq belgilash va shu vazifalarni amalga oshirishdan iboratdir. Lekin har qanday tarbiyaviy vazifani ham, bir ѐki bir necha darsda ѐki sinfdan tashqari mashgʼulotlarda oʼtkaziladigan ayrim tadbirlar vositasida batamom mukammal hal qilib boʼlmaydi.
Har bir tarix darsi va darsdan tashqari mashgʼulotlarda tarix oʼqitishning maqsadi bu taʼlim va tarbiya uygʼunligini taʼminlashdir. Ilmiy dunѐqarashniig asosini tashkil etuvchi muhim tushunchalarni oʼquvchilar asta-sekinlik bilan, bir qancha darslar davomida oʼzlashtirib boradi, yangi tushunchalar keyingi dars materiallari asosida konkretlashib, yangi mazmun bilan toʼldiriladi. Keyingi dars oʼquvchilarning avvalgi darslarda olgan bilimi, orttirgan malakalarini kengaytiradi, ularda yangi tushunchalar hosil qiladi. Oʼquvchilar tarixiy jaraѐnlarni keng va chuqurroq tushunadigan boʼlib boradi.
Dars oʼquvchilarning doimiy tarkibi, mashgʼulotlarning aniq belgilangan oldindan tuziladigan jadval va oʼquv ishlari biror aniq mavzuda tashkil etilishi kabi oʼziga xosliklarga ega boʼlgan taʼlimning jamoa shakli hisoblanadi.
Oʼquv mashgʼulotlarida talabalar oʼrganilaѐtgan bilim asoslarini egallashlari, zarur bilim, koʼnikma va malakalarni hosil qilishlari uchun zamin yaratiladi.
Bilim – atrof muhit qonuniyatlari, qonunlari, hodisalari, dalillari shuningdek, faoliyat usullari haqidagi tushuncha va tasavvurlarning oʼzlashtirilishi, tizimga solinishi hamda xotirada mustahkamlanishi
Koʼnikma – taʼlim oluvchilarning mehnat jaraѐnidagi harakatini muayyan sharoitda maqsadga muvofiq boʼlgan harakat usullaridan foydalanib, muvaffaqiyatli bajarish qobiliyati
Malaka – taʼlim oluvchilarning mehnat jaraѐnidagi harakatini aniq, tez va maqsadga muvofiq tarzda avtomatik ravishda bajarish qobiliyati
Oliy maktabdagi oʼquv mashgʼulotlarining shakllariga maʼruza, seminar, amaliy, laboratoriya ishi, maslahat, oʼquv pedagogik amaliyoti, mustaqil ish, nazorat ishi kurs ishi, bitiruv malakaviy ishni tayyorlash, magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |