Mаlаkаsini oshirish tаrmoq mаrkаzi


- rivojlantiruvchilik - bilim olish qiziqishlarini, yaʼni mantiqiy fikrlash va isbotlash, intellektual qobiliyatlarini rivojlantirishga ѐrdam beradi


Download 156.09 Kb.
bet48/105
Sana30.04.2023
Hajmi156.09 Kb.
#1411150
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   105
Bog'liq
Документ Microsoft Word

- rivojlantiruvchilik - bilim olish qiziqishlarini, yaʼni mantiqiy fikrlash va isbotlash, intellektual qobiliyatlarini rivojlantirishga ѐrdam beradi.
Maʼruza jaraѐnida professor-oʼqituvchi bilan talaba oʼrtasida bevosita aloqa oʼrnatiladi, maʼruza mazmunida hali darslikka kirmagan yangi fikr va gʼoyalar, yangi nuqtai nazarlar baѐn qilinadi. Maʼruzu talabaga
bilimlar olamiga kirish yoʼllarini koʼrsatadi. Maʼruzachi oʼquv dasturining butun mazmunini emas, balki muhim, murakkab joylarini aniqlab, uni ochib beradi, fandagi farazlarni keltirib, mustaqil fikr yuritishga undaydi, muammolar qoʼyib, uni hal qilish yoʼllarini koʼrsatadi.
Аyniqsa, quyi kurs talabalari uchun maʼruzalar muhim rolь oʼynaydi, chunki maʼruza talabani fan olamiga olib kirish bilan birga bilimlarni mustaqil egallashning manbalari, yoʼllari, vositalarini koʼrsatadi. Professor-oʼqituvchi maʼruzada qarama-qarshi fikrlar, nuqtai nazarlarni aytadi, talaba manbalar ustida mustaqil ishlash, tanqidiy fikrlash yoʼli bilan ilmiy xulosaga keladi.
Oliy maktabda maʼruza oʼqish, odatda yuqori malakali, tajribali oʼqituvchilar (fan nomzodlari, doktorlar, dotsentlar, professorlar)ga topshiriladi. Maʼruzada hozirgi zamon fani - mamlakatimiz va chet el olimlarining erishgan muvafaqiyatlari haqida ilmiy axborotlar beriladi.
Tahlillar shuni koʼrsatadiki, maʼruzada hal qilinadigan asosiy vazifalar quyidagilardan iborat:
ilmiy bilimlarning muayyan miqdori baѐn qilinadi;
talabalarga fan va tadqiqotlarning metodologiyasi tanishtiriladi;
oʼquv faoliyati va oʼquv mashgʼulotlarining barcha turlari orasidagi metodik aloqalar koʼrsatiladi.
Maʼruza didaktik maqsadi, oʼqitish jaraѐnidagi oʼrni, axborotlarni baѐn qilish metodlariga koʼra oʼziga xos xususiyatlarga ega boʼladi.
Didaktik maqsadiga (yoʼnalganligiga) koʼra kirish, tematik va umumiy - yakuniy maʼruzalar farqlanadi.
Kirish (muqaddima) maʼruzada kurs (boʼlim, mavzu)ning ilm-fan tizimidagi oʼrni, ushbu materialni amaliѐtda qoʼllash imkoniyatlari, kurs (boʼlim, mavzu) mazmunini oʼrganish metodlari ochib beriladi. Bunday maʼruzaning muhim xususiyati shundaki, unda oʼqituvchi asosiy masalaning u ѐki bu tomonlarigagina toʼxtaladi, bu masalalar keyinchalik albatta detalma-detalь ѐritib beriladi.
Mavzular (tematik) maʼruzalar ayniqsa, keng tarqalgan. Bunday maʼruza u ѐki bu mavzuga bagʼishlangan boʼlib, unda faktlar, ularning tahlillari, xulosalar mazmuni baѐn qilinadi va konkret ilmiy qoidalar isbotlanadi.
Umumiy-yakuniy maʼruza avval oʼrganilgan materiallarni qaytadan umumlashtirishga qaratilgan boʼladi. Uning mazmuni avval baѐn qilingan mazmunga oʼxshamaydi, balki talabalar tomonidan oʼzlashtirilgan axborotlarni yuksak abstraktsiyalash mavhum bosqichida tizimga tushiriladi.

Download 156.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling