Talabalarning seminar mashgʼulotlarida boʼyicha izohlar quyidagicha boʼlishi kerak:
• mustaqil fikrlashga yoʼnaltirib turish;
• tavsiya etilaѐtgan masalaning mohiyati va shaklini aniqlash;
• talabalar bahsidagi nuqtai nazarlarni darrov farqlab olish;
• masalaning nostandart hal qilinishini ragʼbatlantirish.
Seminar mashgʼulotlarida talabalarni faollashtirish, maqsadida ular tomonidan referatlar ѐzish, ularni muhokama qilish va taqrizdan oʼtkazishga ham jalb etiladi. Shuningdek taqdimot asosida ham tayѐrgarlik koʼrish talab qilinadi.
Seminarning samaradorligiga taʼsir etuvchi omillar:
taʼlim beruvchining tayѐrgarligi, bunda savol-javob texnikasiga ega boʼlishi;
taʼlim oluvchilar guruxining xolati, uning motivatsiyasi, faoliyatni tashkil etish xususiyatlari;
oʼquv jaraѐnining texnik jihozlanganligiga bogʼliqdir.
seminar mashgʼuloti samaradorligi - bu har bir seminar ishtirokchisi uchun eng koʼp individuallik samaradorligi hisobi bilan, belgilangan maqsadlarga erishish.
Seminar mashgʼulotlari qanday xususiyatlarga ega? Birinchidan, talabalarning nazariy bilimlarini tizimlashtirish va tarkiblashtirish, mustahkamlash hamda kengaytirish boʼlsa, ikkinchidan avval oʼzlashtirilgan bilimlarni mustahkamlash, kengaytirish va tarkiblashtirish, mavzuning nazariy tushunchalarini ichki oʼzaro bogʼliqligini va mavzuni kursning boshqa mavzulari ѐki boshqa fanlar bilan bogʼliqligini aniqlashga qaratilgan boʼladi.
3.4. Аmaliy mashgʼulot, laboratoriya ishlari, malakaviy amaliѐt Oliy maktab oʼqitish tizimida seminardan farqli oʼlaroq amaliy (mashq, laboratoriya) mashgʼulot turi ham kiradiki, ular: taʼlimiy, tarbiyaviy hamda nazariyani amaliѐt bilan bogʼlash funktsiyalarini bajaradi.
Аmaliy mashgʼulotlar - oliy maktabda maʼruzalar mazmunidagi muhim masalalarni chuqurroq va puxta oʼrganish, talabalarning bilim oʼzlashtirishi, mustaqil ishlarining sifatini aniqlash va toʼldirish, mustahkamlash maqsadida oʼtkaziladi. Аmaliy mashgʼulotlar odatda, kichik guruhlarda olib boriladi. Bu mashgʼulotlarda talabalar bilimini chuqurlashtirishga qaratilgan mustaqil ishlash malakasini egallashga; tarixiy manba, xrestomatiya va tadqiqotlar bilan ishlash, faktlar, ilmiy axborotlar toʼplash, ularni tahlil qilish, tizimlashtirish, umumlashtirishga oʼrgatadi.
Аmaliy mashgʼulotlarning maʼruzadan farqlanadigan asosiy meʼѐrlaridan biri oʼquv jaraѐni qatnashchilarining birgalikdagi harakatlarida oʼziga xos xarakter bilan namoѐn boʼlishdir. Ular vazifalariga koʼra ham farqlanadi. Аgar maʼruzada ilmiy bilimlar asosi
baѐn qilinadigan boʼlsa, amaliy mashgʼulotlarda bilimlar chuqurlashtiriladi, kengaytiriladi va detallashtiriladi. Eng muhimi, amaliy mashgʼulotlar talabalar bilimini sinash uchun ham xizmat qiladi.
Laboratoriya ishlari – oliy maktabda egallanadigan ijtimoiy- gumanitar, kasbiy bilimlarni mustahkamlash, amaliy koʼnikma va malakalar hosil qilishga xizmat qiladi. Oʼrganilgan nazariy bilimni amalda. Tajribada sinab koʼrish koʼrish yoʼli bilan uni mustahkamlaydi, kasbni egallashga yoʼl ochadi. Laboratoriya ishlari tadqiqot xarakteri (tavsifi)ga ega boʼlib, kuzatish, tajribada sinab koʼrish yoʼli bilan masala (muammo)ga doir faktlar toʼplash, ularni umumlashtirib, nazariy xulosalar chiqarishga oʼrgatadi.
Laboratoriya mashgʼulotlarining asosiy tavsifi shundaki, unda talabalar mustaqil ravishda vazifa bajaradilar ѐki eksperiment oʼtkazadilar. Ilmiy-texnik taraqqiѐt sharoitida laboratoriya ishlari talabaga nazariy bilimlarni qoʼllash mexanizmini chuqur va koʼrgazmali oʼrganish imkonini beradi. Laboratoriya mashgʼulotlari talabada tadqiqot oʼtkazish koʼnikmalarini shakllantiradi, fan va texnikaga ijodiy ѐndashishni taʼminlaydi, eksperimentning umumiy metodikasini egallashga imkon beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |