Hozirgi kunda Oʼzbekistonda taʼlim jaraѐniga quyidagi talablar qoʼyilmoqda:
Sifat, yaʼni aniq, maʼlum taʼlim darajasini olish;
Ommaviy, yaʼni, talab etilaѐtgan taʼlim darajasiga bir vaqtni oʼzida koʼp sonli talabalar erishishlari lozim;
Samaradorlik, yaʼni, taʼlimga sarflanaѐtgan harajatlar eng koʼp samara berishi zarur.
Bu vazifalarni hal etish taʼlim jaraѐnini texnologiyalashtirishga, taʼlim texnologiyalarini ishlab chiqish va tatbiq etishga olib kelmoqda “Taʼlim texnologiyasi” nazariyasining shakllanish bosqichlari
№ Bosqichla r Yillar Taʼlim texnologiyasi
1 I- bosqich XX
asrning 30
yillari TT= Ptex
Oʼquv mashgʼulotlarini aniq va samarali tashkil
etishga koʼmaklashuvchi usul va vositalar yigʼindisi (pedagogik texnika – Ptex)
2 II- bosqich XX
asrning 50
yillari TT=Ptex. + TV
Taʼlim jaraѐnida texnik vositalar (TV)ni qoʼllash, ularning imkoniyatlarini takomilashtirish, axborot sigʼimini kengaytirish, ularni uzatish xizmatini sifatli tashkil etish, talaba faoliyatini
individuallashtirish
3 III-
bosqich XX
asrning 60-80
yillari TT = Ptex. + TV + dasturiy taʼlim (DT) Dasturiy taʼlim – taʼlim maqsadlarining aniqlanishi, taʼlim jaraѐnini umumiy loyihalash, talabalar tomonidan nazariy
bilimlarning oʼzlashtirilishi ehtimolini
oldindan tashhislash, taʼlim jaraѐnining samaradorligini aniqlash, taʼlim maqsadining natijalanganligini oʼrganish, faoliyat
natijalarini tahlil etish
4 IV-bosqich Mustaqil lik yillari Taʼlimni texnologiyalashtirishning asosini, taʼlim jaraѐnini, uning samaradorligini oshirish va taʼlim oluvchilarni, berilgan sharoitlarda va ajratilgan vaqt ichida loyihalashtirilaѐtgan oʼquv natijalarga erishishlarini kafolatlash maqsadida toʼliq
boshqarish gʼoyasi tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |