OʼQITISh PIRАMIDАSI
5%
10%
20%
30%
50%
75%
90%
Rivojlangan mamlakatlar tajribasi shuni koʼrsatib turibdiki, yuqori malakali, raqobatbardosh kadrlar tayѐrlashda quyidagilar hal qiluvchi ahamiyat kasb etar ekan:
1. Taʼlim, fan va ishlab chiqarishning oʼzaro samarali aloqadorligi.
2. Taʼlim korxonalari va professional taʼlim dasturlari turlarining xilma-xilligi, ularning fan va texnikaning eng soʼnggi yutuqlari, iqtisodiѐt va texnologiyalarning eng yuqori andozalari va koʼrinishlaridan foydalanish.
3. Professional taʼlim tizimini ustuvor va foyda keltiruvchi iqtisodiy tarmoqqa aylantirish.
4. Taʼlim muassasalarini zamonaviy oʼquv-metodik adabiѐtlar bilan taʼminlash va ularning moddiy-texnik bazasini yaratish hamda ularning moliyaviy koʼrsatkichlarini mustahkamlash.
5. Professional taʼlim tizimiga eng yuqori malakali oʼqituvchilarni va mutaxassislarni jalb ettirish.
6. Oʼquv jaraѐnini axborotlashtirish va kompьyuterlashtirish.
7. Kadrlar tayѐrlashning sifat bahosini va obʼektiv nazorat tizimini qoʼllash.
8. Shaxsning rivojlanishi, oʼlchovi, sifat va xulqini, qobiliyat intellektini baholash va kasbiy mahorati muammolariga bagʼishlangan psixologik-pedagogik izlanishlarni bajarish.
9. Oʼqituvchilarni yuqori darajada moddiy ragʼbatlantirish va ularni ijtimoiy himoya qilish.
4.2. Keys-stadi (Case – stadi), hamkorlikda oʼqish, loyiha
texnologiyalari
―Case‖ soʼzi, lotincha ―casus‖- ―voqea, hodisa‖ soʼzidan kelib chiqqan va keyinroq inglizcha sase - toʼplam, aniq vaziyat, stadi – taʼlim taʼlim coʼzlarining birikuvidan hosil qilingan boʼlib, aniq vaziyatlarni oʼrganish, tahlil etish va ijtimoiy ahamiyatga ega natijalarga erishishga asoslangan taʼlim texnologiyasidir. Bunda muammoli taʼlim metodidan farqli ravishda real vaziyatlarni oʼrganish asosida aniq qarorlar qabul qilishga asoslanadi. Boshqacha aytganda, bu tushuncha haѐtda yuz beradigan qandaydir voqea ѐki hodisani, aniq bir vaziyatning tafsilotini anglatadi.
Keys – stadi (aniq bir holat ѐki vaziyat), muayyan jaraѐnida sodir boʼladigan haqiqiy voqeьlikni soʼzlar, raqamlar, obrazlarda ifoda etishda namoѐn boʼladi. Bundan tashqari, bu ifoda taʼlim sohasida, hodisa ѐki vaziyatni tadqiq etish uchun ishlatiladigan axborot, stenografiya sifatida
qoʼllaniladi. Keys-stadi hodisa ѐki vaziyatni oddiy tafsilotidan farqli oʼlaroq, u oʼquv materialini oʼzlashtirish uchun koʼmaklashuvchi axborotni oʼz ichiga oladi, bunga duch kelgan muammoni aniqlash va uning yechim yoʼllarini izlash orqali erishiladi. Keys-stadi, muayyan oʼquv maqsadli bilim olish vositasi sifatida ishlab chiqilishi zarur. Ushbu maqsadlar keng koʼlamli boʼlib, axborotlar, maʼlumotlar ѐki tafsilotlar bilan taʼminlanishini nazarda tutadi, ular muayyan qarashlar ѐki usullarni namoyish etishda qoʼllanilishi mumkin.
Keys ilk marta Garvard universitetining huquq maktabida 1870 yilda qoʼllanilgan edi. 1920 yilda Garvard biznes-maktabi (HBS) oʼqituvchilari yuristlarning oʼqitish tajribasiga tayanib, iqtisodiy amaliѐtdagi aniq vaziyatlarni tahlil etish va muhokama qilishni taʼlimning asosiy usuli etib tanlashganidan keyin mazkur oʼqitish uslubi keng tatbiq etila boshladi.
Keysda baѐn qilingan va taʼlim oluvchilarni muammoni ifodalash hamda uning maqsadga muvofiq tarzdagi yechimi variantlarini izlashga yoʼnaltiradigan aniq real ѐki sunʼiy ravishda yaratilgan vaziyatning muammoli-vaziyatli tahlil etilishiga asoslanadigan taʼlim uslubidir.
Keys-stadi - taʼlim, axborotlar, kommunikatsiya va boshqaruvning qoʼyilgan taʼlim maqsadini amalga oshirish va keysda baѐn qilingan amaliy muammoli vaziyatni hal qilish jaraѐnida prognoz qilinadigan oʼquv natijalariga kafolatli yetishishni vositali tarzda taʼminlaydigan bir tartibga keltirilgan optimal usullari va vositalari majmuidan iborat boʼlgan taʼlim texnologiyasidir. Аgar u oʼquv jaraѐnida maʼlum bir maqsadga erishish yoʼli sifatida qoʼllaNilьsa, metod xarakteriga ega boʼladi, biror bir jaraѐnni tadqiq etishda bosqichma-bosqich, maʼlum bir algoritm asosida amalga oshirilsa, texnologik jihatni oʼzida aks ettiradi.
Keys-stadi metodining asosiy kategoriyasi bu ―tahlil (analiz)‖dir. Tahlil etish kategoriyasi obʼektni xaѐlan boʼlaklarga boʼlish ѐki ilmiy tadqiq etish sifatida tushunilishi mumkin.
Аnalizning turli tasniflari mavjud boʼlib ommaviy analiz tasnifini quyidagicha belgilash mumkin: tizimli analiz, korrelyatsion analiz, faktorli analiz, statistik analiz va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |