Mаlаkаsini oshirish tаrmoq mаrkаzi


Oʼquv loyihaviy faoliyat uch bosqichda amalga oshiriladi


Download 156.09 Kb.
bet71/105
Sana30.04.2023
Hajmi156.09 Kb.
#1411150
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   105
Bog'liq
Документ Microsoft Word

Oʼquv loyihaviy faoliyat uch bosqichda amalga oshiriladi:
1. Tayѐrgarlik bosqichi. Mazkur bosqich sinfda amalga oshirilib, ikkita fazani oʼz ichiga oladi: loyihaga kirishish hamda loyiha faoliyatini tashkil etish va rejalashtirish.
Loyihaga kirishish bosqichida oʼquvchilar:
1) vaziyatga moslashish;
2) muammoni shaxsan oʼzlashtirish (muammoni tushunish va amaliy faoliyatning muayyan sohasi uchun uning yechimi dolzarb va muhimligini anglash);
3) loyihaning maqsadi, muammoni hal etish masalalarini qabul qilish, aniqlashtirish va muayyanlashtirish;
4) loyihaning natijasi (mahsuloti) va uni taqdim etish shakllarini anglash, loyihaning boshqa ishtirokchilari va oʼqituvchi bilan muloqotning xarakterini belgilab olishadi.
Loyihaga kirishishning rejalashtirish fazasida:
1) guruhlarga birlashishadi;
2) loyiha boʼyicha ishlar turlarini ajratib, qatnashchilar orasida taqsimlashadi;
3) loyiha bajarish boʼyicha ishchi rejasini ishlab chiqishadi;
4) uni bajarishning optimal usullari va vositalarini tanlashadi;
5) natija taqdimotini rasmiylashtirish usullari va shakllarini belgilashadi;
6) loyiha masʼuli, hisobot va taqdimotni baholash mezonlarini muhokama qilishadi.
2. Loyihani bajarish bosqichi sinfdan tashqarida amalga oshirilib, ushbu davrda oʼquvchilar oʼzlarining vazifalari bilan muvofiq tarzda va maʼlum qilgan holda faol va mustaqil ishlaydilar:
1) turli manbalardan axborot toʼplash, tahlil etish va umumlashtirish ishlarini olib boradilar;
2) tadqiqot oʼtkazadilar, natijalarni tahlil etishadi;
3) zarurat tugʼilganda maslahatlashadilar;
4) oraliq natijalarni muhokama qiladilar;
5) hammadan olingan natijalarning umumiy toʼplanishi va muhokamasini oʼtkazadilar.
3. Yakunlovchi bosqich ham sinfda tashkil etilib, loyiha taqdimoti, oʼquvchilar mahsuloti va loyiha faoliyatining baholanishi, loyiha faoliyati refleksiyasi kabilarni oʼz ichiga oladi:

Download 156.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling