Mаlаkаsini oshirish tаrmoq mаrkаzi
shakllantirish, ularni mustaqil bilim olishga oʼrgatish
Download 156.09 Kb.
|
Документ Microsoft Word
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oʼylang - juftlikda ishlang - fikr almashing‖ texnikasidan foydalangan holda guruhlarda ishni tashkil etish jaraѐnining tuzilishi
- 3. Oʼqituvchi bir necha juftliklarga oʼttiz sekund davomida auditoriyaga oʼz ishining qisqa yakunini ifodalab berishni taklif qiladi.
- Blits-soʼrov” metodi
shakllantirish, ularni mustaqil bilim olishga oʼrgatish.
4.4. Tarix taʼlimiga interfaol usullarni joriy etish “Juftlikda oʼylang, fikrlang, fikr almashing” texnikasi Ushbu texnika birgalikdagi faoliyat boʼlib, talabalarni matn ustida fikrlash, oʼz gʼoyalarini shakllantirish va ularni hamkorlar ѐrdamida muayyan shaklda ifodalashga yoʼnaltiradi. ―Oʼylang - juftlikda ishlang - fikr almashing‖ texnikasidan foydalangan holda guruhlarda ishni tashkil etish jaraѐnining tuzilishi 1. Oʼqituvchi savol va topshiriq beradi: oldin oʼylab chiqish, soʼng qisqa javoblar ѐzish tartibida. 2. Talabalar juftliklarga boʼlinib, bir - biri bilan fikr almashadilar va ikkala javobni mujassam etgan umumiy javobni ishlab chiqishga harakat qiladi. 3. Oʼqituvchi bir necha juftliklarga oʼttiz sekund davomida auditoriyaga oʼz ishining qisqa yakunini ifodalab berishni taklif qiladi. Juftlikda oʼyla, ishla, fikr almash – bu kartochkalar tuzishni talab qilmaydigan texnika. Bu jaraѐndan foydalanib, oʼquvchilar bir-biridan oʼrganadilar va oʼz gʼoyalarini jamoani oldiga chiqarishdan avval xavfsiz maydonda sinovdan oʼtkazish imkoniga ega boʼladilar. Bu oʼquvchilar oʼz kuchiga ishonchini koʼtarishga koʼmaklashadi. Bu usulning afzalliklari quyidagilardan iborat: ishga amalda hamma jalb etilgan va har bir kishi oʼrganilaѐtgan masalaga oydinlik kiritishga oʼz ulushini qoʼshish imkoniga ega. Oʼquvchilar ham, oʼqituvchi ham ulardan kutilaѐtgan narsani aniq tushunadilar. Bu modelьь birinchi marta Merilend Universitetida (Frank Lipan) tomonidan taklif etilgan. Bu mashqni bajarishning toʼrt bosqichi mavjud. Har bir bosqich faqat vaqt bilan cheklanadi. Buni qanday bajarish kerak? Birinchi qadam – oʼqituvchi savol beradi. Bu butun sinf muhokamasi uchun berilaѐtgan muammo boʼlishi mumkin. Masalan, «Oʼzbekiston tarixida xumo qushi nimaning ramzi»? bu jaraѐnda bitta javob beriladigan savollardan qochish lozim. Savollar oʼquvchilarda muhokama qilish ѐki fikr yuritish istagini uygʼotadigan boʼlishi kerak. Ikkinchi qadam – oʼquvchilar individual fikrlamoqdalar. Oʼqituvchining savoliga javob topish uchun cheklangan vaqt beriladi. Javob topishga ajratilgan vaqtni oʼquvchilarning bilim darajasi, savol tavsifi va dastur talablarigtalablariga muvofiq oʼqituvchi belgilaydi. Аgar oʼquvchilar oʼzlarining individual javoblarini ѐzib qoʼysalar foydali boʼladi. Bu jaraѐnda oʼquvchilar faqat bitta toʼgʼri javob boʼlmasligi va ularning har biri oʼzining javobini topishi mumkinligiga ishongani muhim ahamiyat kasb etadi. Uchinchi qadam – juftliklarda muhokama qilish. Juftliklarga birlashib, oʼquvchilar umumiy javobni ifodalashlari mumkin. Аyrim hollarda oʼquvchilar oʼz javoblarini yanada ishonchli boʼlishini taʼminlashlari uchun toʼrtliklarga birlashib, muhokama qilishi mumkin. Juftlikdagi ishning bu bosqichi muhokama qilinaѐtgan masala roʼѐbga chiqargan muammolar toʼgʼrisidagi fikrlarni kengaytirishga koʼmaklashadi. Toʼrtinchi qadam – oʼquvchilar oʼz javoblari bilan sinfni tanishtiradilar. Bu bosqichda oʼquvchilar oʼz echimlarini ham individual ravishda ham hamkorlikda taqdim etishlari mumkin. «Oʼyla, juftlikda ishla va fikr almash» mashqining yakuniy bosqichi bir necha afzalliklarga ega. Oʼquvchilar echimning har XIl, betakror yoʼllarini topadilar. Uni ustiga oʼquv mazmuni kitob ѐki oʼqituvchi tilida emas, balki oʼquvchilarning tilida ifodalanadi. «Oʼyla, juftlikda ishla va fikr almash» mashqining muvaffaqiyati va sifati birinchi bosqichda berilaѐtgan savol sifatiga bogʼliq. Аgar savol oʼquvchilarning chuqur tafakkuriga koʼmaklashsa, shunday chuqur tushunish keyingi bosqichlarda ham albatta paydo boʼladi. “Blits-soʼrov” metodi ―Blits-soʼrov‖ (inglizcha ―blits‖ – tezkor, bir zumda) metodi berilgan savollarga qisqa, aniq va loʼnda javob qaytarilishini taqozo etadigan metod sanaladi. Taʼlim muassasalarida ushbu metodga muvofiq savollar, asosan, oʼqituvchi tomonidan beriladi. Berilgan savollarga javoblar jamoaviy, guruhli, juftlik ѐki individual tarzda qaytarilishi mumkin. Javob qaytarish shakli mashgʼulot turi, oʼrganilaѐtgan mavzuning murakkabligi, oʼquvchi (talaba)larning qamrab olinishiga koʼra belgilanadi. Download 156.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling