Mаlаkаsini oshirish tаrmoq mаrkаzi


Mustaqil ishlar xususiy-didaktik maqsadining toʼrtinchi tipi


Download 156.09 Kb.
bet85/105
Sana30.04.2023
Hajmi156.09 Kb.
#1411150
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   105
Bog'liq
Документ Microsoft Word

Mustaqil ishlar xususiy-didaktik maqsadining toʼrtinchi tipi
ijodiy faoliyatga omillar yaratishdir.
Bunday ishlarni bajarishdagi talabalarning bilish faolligi shundan iboratki, bunda talabalar muhokama qilinaѐtgan obʼekt mohiyatiga tobora chuqur kirib boradi, zarur boʼlgan yangi, oldindan nomaʼlum boʼlgan gʼoyalarni topish va yangi axborotlarni yuzaga keltirish tamoyillarini hal qilish uchun zarur boʼlgan yangi aloqalar munosabatlarni oʼrnatadi. Bunda talaba vazifalarni bajarishning har bir bosqichida oʼzi yaratishi lozim boʼlgan, uning uchun yangi boʼlgan harakatlar mohiyati, u ѐki bu axborot xarakteri ustida bosh qotirishga majbur boʼladi.
Pedagogikaga oid adabiѐtlarda mustaqil ishlarning quyidagi turlari qayd qilinadi:
namunalar boʼyicha mustaqil ishlar;
rekonstruktiv-variativ;
evristik (qisman, ijodiy);
ijodiy tadqiqot.
Namunalar boʼyicha mustaqil ishlar tipik vazifalarni, turli mashqlarni namuna asosida yechishdir. Ular materialni oʼzlashtirishga omil boʼladi, lekin talabalarning ijodiy faolligini oʼstirmaydi.
Rekonstruktiv-variativ mustaqil ishlar nafaqat bilimlarning amaliy tavsifnomasini, balki bilimlar tuzilmasini qayta ishlab chiqishni, masala, muammoni yechishda mavjud bilimlarni jalb qilishni koʼzda tutadi.
Evristik mustaqil ishlar maʼruza, laboratoriya, amaliy mashgʼulotlar, seminarlarda qoʼyilgan ayrim masala, muammolarni hal qilish bilan bogʼliqdir.
Tadqiqiy mustaqil ishlar tadqiqot muammosini koʼra olish malakasini, uni mustaqil ifodalay olish, farazni belgilab olish, muammoning hal qilinish rejasini ishlab chiqish, uni hal qilishni moʼljallaydi.
Ijodiy tadqiqot ishlari. Bunday ishlarda vazifa muammoli vaziyatning yuzaga kelishini taqozo qiladigan sharoit yaratishdan iborat boʼladi. Talaba oʼz faoliyatida tayѐr namunalardan ozod boʼlgan holda masalaning hal qilinish yoʼllarini qidiradi, tadqiq qiladi. Bunday ishlar sirasiga eksperiment qoʼyish, jihozlar, maketlar va dastgohlarni loyihalash bilan bogʼliq boʼlgan vazifalar kiradi.



Download 156.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling