Doskada guruhli ishni bajarish boʼyicha yoʼriqnomani ѐzadi ѐki tarqatadi.
4. Taʼlim oluvchilar bilan qaytar aloqani amalga oshirish Taʼlim oluvchilar bilan guruhli ishni bajarish boʼyicha yoʼriqnomani muhokama qiladi;hammalari uni tushunganlariga ishonch hosil qiladi.
5. Guruhlarda oʼquv topshiriqni bajarish jaraѐnini tashkil etish – oʼquv topshiriqni bajarish boʼyicha ishni boshlanishi haqida eʼlon qiladi; Guruh ishini nazorat qiladi. Guruh ishini rejalashtirish, vazifalarni guruh aʼzolari oʼrtasida taqsimlash,vazifani bajarish boʼyicha yakka tartibda ishlash, yakka tartibda topilgan yechimlarni muhokama qilish, guruh uchun umumiy yechimni ifodalash, guruh ishi natijalarini taqdimotini tayѐrlash, aniq topshiriqni bajarish uchun zarur boʼlgan alohida boʼlib ishlashga,
koʼnikmalarni shakllantirishga eʼtiborini qaratadi. Ish borishini sharhlaydi, yutuqlarni baholaydi, ayrim aniq, va samimiy tanbeh qiladi.
6. Guruh ishi taqdimotini tashkil qilish – bajarilgan ish natijalari toʼgʼrisida maʼlumot berish uchun guruh vakillarini tayinlaydi. Baholash mezoni va koʼrsatkichlarini eslatadi.
3- Nazorat –yakuniy bosqichi
Yakun yasash – natijalar tekshiruvini oʼtkazadi: guruhning har bir ishtirokchisi bilan gaplashadi; Guruh ishini tahlil qiladi, topshiriq bajarilishining yakunini qiladi, erishilgan maqsad toʼgʼrisida xulosalar chiqaradi.
Hamkorlikda oʼqitishning samaradorligi
1. Аxborotga tanqidiy ѐndashuv va oʼz nuqtai nazarini dalillar bilan asoslashni shakllantiradi.
2. Ijodiy qobiliyatlar rivojlanadi.
3. Bir vaziyatda olingan bilimlar boshqa vaziyatda qoʼllanishiga koʼmaklashadi.
4. Dars mazmuniga ijobiy ѐndashuv shakllantiriladi.
5. Topshiriqlarni bajarish uchun koʼproq vaqt sarfini talab etadi.
III. NАZАRIY MАTERIАLLАR
1-Mavzu: Tarix oʼqitishning metodlari va ularning klassifikatsiyasi
1. Tarix oʼqitish metodlari va usullari
Do'stlaringiz bilan baham: |