maqsadi, mazmuni, shakli hosilasi sifatida metodlar didaktik kategoriyalarga aks taʼsir koʼrsatadi.
Taʼlim metodlari oʼquv tarbiya jaraѐnining tarkibiy qismi boʼlib, ularsiz taʼlim maqsadi, vazifalarini amalga oshirish, oʼquv materiallari mazmunini oʼzlashtirish mumkin emas. Taʼlim metodi vositasida oʼqituvchi va oʼquvchining faoliyati oʼzaro muvofiqlashadi. Taʼlim metodi - oʼqituvchi va oʼquvchilarning maʼlumot mazmuniga yoʼnaltirilgan faoliyatni tartibga solish yoʼlidir.3
Аyrim adabiѐtlarda pedagoglar tomonidan “metod” bilan “usul” tushunchalarini chalkash ishlatish holatlari mavjud. Oʼqitish metodlarini muvaffaqiyatli amalga oshishi albatta uning usullarining mahorat bilan qoʼllanilishiga bogʼliq. Аksariyat pedagoglar ―metod‖ tushunchasini ―usul‖ deb tarjima qilib oʼzlarini va tadqiqotchilarni ham chalgʼitadilar. Bizningcha metod tushunchasini tarjima qilish kerak emas. (O.R.) Taʼlimda metodlar tizimidan keng foydalanilgan taqdirdagina taʼlim-tarbiya ishlari sohasida natijarga erishish mumkin. G.Fuzailovaning ―Tarix oʼqitish metodikasi‖ nomli oʼquv qoʼllanmasida anʼanaviy metodlar umumlashtirilib toʼrtga ajratilib metodlar va ularning usullari aniq koʼrsatilgan4.
Taʼlim metodlari tizimi deb, eng muhim umumiy belgilari bilan oʼzaro bogʼlangan, bir-biriga taʼsir koʼrsatadigan metodlar guruhiga aytiladi. Bu metodlarning umumiy muhim belgilari - oʼqitish va oʼrganish usullari hamda oʼqituvchi va oʼquvchilarning tafakkur faoliyatidan iboratdir.
Oʼqitish metodlari usullari va oʼquvchilar tafakkur faoliyatining turli shakllari oʼrtasidagi oʼzaro aloqa va ularning bir-biriga koʼrsatadigan taʼsiri asosida bir tizimdagi metodlarning oʼzaro bogʼliqligi yuzaga keladi. Taʼlim tizimi tajribasida koʼrsatmali oʼqitish deyarli hech qachon oʼqituvchining baѐnisiz qoʼllanilmaydi, oʼqituvchining baѐni ham doim koʼrsatmali vositalarga suyanadi. Oʼquvchilarning texnika vositalari, matnlar va boshqalar ustidagi amaliy faoliyati taʼlimning koʼrsatmali va ogʼzaki usullari bilan chambarchas bogʼliq boʼladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |