Mаlаkаsini oshirish tаrmoq mаrkаzi


Tarix oʼqitish metodlari klassifikatsiyasi


Download 156.09 Kb.
bet25/105
Sana30.04.2023
Hajmi156.09 Kb.
#1411150
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   105
Bog'liq
Документ Microsoft Word

1.2. Tarix oʼqitish metodlari klassifikatsiyasi
Oʼqitish metodlari va usullari orqali oʼqituvchining oʼqitishi va oʼquvchilarning oʼrganishi ѐki bilish faoliyati tashkil etiladi.
Oʼqitish metodlari — oʼqituvchining faol fikrlashi asosida oʼquvchilarni oʼqitishga, oʼquvchilarning ilmiy bilimlarni oʼzlashtirishi va amalda qoʼllay bilishlariga, dunѐqarash va eʼtiqod hosil qilishlariga, aqliy va jismoniy


3 Аsqarova Oʼ.M., Xayitboev M., Nishonov M.S. Pedagogika. – Toshkent: Talqin, 2008. – B. 81-87.
4 Sagdiev А., Fuzailova G., Hasanova M. Tarix oʼqitish metodikasi. – Toshkent: TDPU, 2008. – B. 48-61.
mehnat, koʼnikma va malakalarini egallashlariga, bilish va ijodiy qobiliyatlari oʼsishiga ѐrdam berishni taʼminlovchi usullaridan iboratdir.
Metodlarni quyidagi ikki katta yoʼnalishga tasniflanadi:
1) Bilish (anglash) manbaiga koʼra: ogʼzaki, bosma matnlar bilan ishlash, koʼrsatmali, amaliy metodlar;
2) Bilish (anglash) faoliyatining bosqichlariga koʼra: illyustrativ tushuntirish, reproduktiv (tayѐr bilim berish), muammoli, qisman izlanish, ilmiy-tadqiqotchilik.
Tarix oʼqitish metodlari klassifikatsiyasi haqida pedagoglar turli fikrlarni bildirganlar. Bir-biri bilan bogʼlangan oʼqitish metodlarini quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
1) ogʼzaki oʼqitish metodi, (hikoya, monolog, dialog, suhbat, syujetli hikoya, tahlil qilib tushuntirish, tarixiy manbalar bilan ishlash; tarixiy adabiѐtlar, tarixiy hujjatlarni izohlash) Ogʼzaki bayon metodi – oʼqituvchining xotirasiga moʼljallab tashkil etiladi, tuzilish jihatidan ularning tarkibi bir xil: oʼqituvchi tushuntiradi, oʼquvchilar tinglaydilar.
Hikoya. Baѐn shaklidagi hikoyada oʼqituvchi oʼquv materiali mazmunini turlicha aytadi, uning asosiy va ikkinchi darajali xususiyatlarini izohlaydi.
Maʼruza jaraѐnida oʼquvchilarning faolligi, tashabbuskorligini oshirish maqsadida oʼqituvchi oʼz nutqini koʼrsatmali qurol, muammo va topshiriqlar bilan uygʼunlashtiradi. Koʼrinib turibdiki, boshqa matodlar, xususan koʼrsatmali va amaliy metodlar ham jalb etilmoqda. Oʼquv materialiga oid iboralarga izoh berish, ayrim oʼrinlarda oʼquvchilarning oʼzlariga xulosa chiqarishni taklif etish oʼquvchilarning oʼquv-bilish faoliyatining samarasini oshiradi.
Suhbat. Suhbat oʼqituvchi oʼquvchining oʼzaro taʼsiri dialog shaklidagi taʼlim metodidir. Unda mavzu mazmuniga xos, atroflicha oʼylangan, bir- biriga bogʼliq savollarni qoʼyish va savollarga javob izlash hamda javob qaytarish yoʼllari bilan oʼqituvchi va oʼquvchi faoliyati oʼzaro muvofiqlashadi. Suhbat evristik ham boʼladi. Yaʼni, bunda oʼquvchilarning tafakkuriga moʼljallangan usul boʼlib, unda oʼzaro taʼsir oʼqituvchi savollari oʼquvchilarning javoblari shaklida amalga oshiriladi. Evristik suhbat uzoq tarixga ega boʼlib, undan qadimgi Yunonistonda Suqrot mohirona foydalangan. U hozirgi ilmiy-didaktik tadqiqotlarda ―izlanish suhbati‖ deb ham yuritiladi. Evristik suhbatning qator ijobiy tomonlari boʼlib, ijodiy yoʼl bilan oʼquv materialini oʼrganish, oʼzlashtirishning individual xarakter kasb etishi.

Download 156.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling