Mаlаkаsini oshirish tаrmoq mаrkаzi


Shunday qilib, koʼrsatmalilik metodi


Download 156.09 Kb.
bet27/105
Sana30.04.2023
Hajmi156.09 Kb.
#1411150
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   105
Bog'liq
Документ Microsoft Word

Shunday qilib, koʼrsatmalilik metodi:
1) tarixiy bilimlarning asosiy manbalaridan biri boʼlib xizmat qiladi;
2) oʼquv materialining taʼlim-tarbiya vazifalarini muvaffaqiyatli amalga oshirishga ѐrdam beradi;
3) oʼqituvchi baѐnining aniq, obrazli va taʼsirchan boʼlishiga ѐrdam beradi;
4) oʼquvchilarning oʼquv materialini oʼrganishga qiziqishini oshiradi va ularning bilish faoliyatini faollashtiradi;
5) oʼqituvchining baѐnini va uning darsda qoʼllangan boshqa oʼquv usullarini oʼquvchilarning tushunib olishini yengillashtiradi;
6) oʼquvchilarning fikrlash faoliyatini va ijodiy qobiliyatini oʼstiradi;
7) oʼquvchilar bilimining aniq, chuqur va mustahkam boʼlishiga ѐrdam beradi.
Xarita va ularning turlari
Tarixiy xarita bilan ishlash geografik muhitga xarakteristika berishning asosiy metodini tashkil etadi. Tarixiy xaritalarda mavzu va voqea-hodisalar, jaraѐnlarning mazmuni, davlatning chegaralari va boshqalar beriladi. Tarixiy kartalarning bir necha turlari bor: tarixiy iqtisodiy, tarixiy etnografik, arxeologik, tarixiy-siѐsiy, harbiy- tarixiy, tarixiy-madaniy.
Oʼquv tarixiy kartalari esa taʼlimda foydalaniladi. Xaritalar hech qachon eskirmaydi. Eskirganlari ham oʼz qadrini yoʼqotmaydi. Аmmo oʼsha davr tarixiga arxeologik izlanishlar ѐki boshqa ѐzma manbalarning topilishi bilan yangi oʼzgarishlar kiritilishi mumkin boʼlsada, baribir oʼtgan davr tarixshunosligi haqida ham maʼlumot berish vazifasini oʼtaydi. Ularga qarab tanqidiy fikrni rivojlantirish ham mumkin.
Xaritalar orqali xalqlarning tarixiy rivojlanishiga geografik muhitning taʼsirini koʼrsatish uchun katta imkoniyat bor. Xarita ѐrdamida biror mamlakatning tarixiy taraqqiѐtida bosib oʼtgan turli bosqichlardagi ahvolini aniq tasvirlab berish, birinchidan, ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi haqida aniq tasavvur yaratishga, ikkinchidan, inson ajdodlari mehnatining bunѐdkorlik kuchini puxta tushunib, anglab olishlariga ѐrdam beradi. Binobarin, xarita bilan ishlash juda katta maʼrifiy va tarbiyaviy ahamiyatga egadir.
Xaritadan foydalanib tarixiy voqea sodir boʼlgan joyni koʼrsatish, geografik muhitning roli haqida tasavvur yaratish uchungina emas, balki tarixiy voqealarning mohiyatini, ularning qonuniyatlarini, oʼzaro aloqalari va sabab-natijalarni ochib berishda ham muhim rol oʼynaydi. Xaritadan tarixiy voqeani tushuntirib berishdagina emas, balki uni tahlil qilishda va umumlashtirishda ham foydalaniladi.
Xarita ѐrdamida tarixiy voqealarning sabab-aloqalari ochib beriladi. Masalan, Аmir Temur davlati va saltanatining kengayishi va yuksalishi siѐsiy – maʼmuriy holati ochib beriladi. Xarita darsning boshida oʼrganilgan materialni tahlil qilish, umumlashtirish, tarixiy taraqqiѐt rivojlanishining qonuniyatlarini ochib berishga ѐrdam koʼrsatadi. Tarixiy xarita oʼquv materialini mustahkamlashda muhim rol oʼynaydi. Oʼqituvchi voqea boʼlib oʼtgan joyini devorga osilgan xaritadan koʼrsatgan vaqtda oʼsha joyni oʼz xaritasi ѐki atlasidan izlab topishi, oʼqituvchi rahbarligida xaritaning tahlil qilinishi, xaritalar ustida mustaqil ishlash, savollarga xaritadan foydalanib javob berishi oʼquv materialining puxta oʼzlashtirilishiga va uzoq vaqt esda saqlanishiga

Download 156.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling