ѐrdam beradi.
Tarix oʼqitish tajribasida tarixiy xaritalarning uch turidan foydalaniladi:
1. Umumiy xaritalar. Ular bir mamlakat ѐki bir guruh mamlakatlardagi tarixiy voqealarni, ularning mavqeini, tarixiy taraqqiѐtning maʼlum bosqichidagi ahvolni aks ettiradi.
2. Obzor xaritalar. Oʼrganiladigan voqealar rivojlanishining izchilligini uzoq davr mobaynida hududning oʼzgarganligini aks ettiradi.
3. Mavzuga doir xaritalar. Maʼlum tarixiy voqealarga ѐki tarixiy jaraѐnning ayrim tomonlariga bagʼishlanadi. Masalan, «Muqanna qoʼzgʼoloni».
Mavzuga doir xaritalarda ijtimoiy haѐtga doir masalalar, chunonchi iqtisodiy masalaga, harakatlarga, mustaqillik uchun milliy ozodlik kurashlari ѐki harbiy oʼtmishga doir masalalar toʼlaroq ѐritiladi. Darslik va atlaslardagi xaritalarning koʼpchiligi tematik xaritalardir. Oʼqituvchi bosma ѐki qoʼlda tayѐrlangan osma tematik xaritalardan ham foydalanadi.
Sxematik xaritalar ѐki xarita-sxemalar ham tematik xaritalarning bir turidir.
Tarix darslarida mamlakatimizning tabiiy sharoiti va iqtisodiѐtining rivojlanish tarixi bilan chuqurroq tanishtirish maqsadida tabiiy va iqtisodiy geografik xaritalardan ham foydalaniladi.
Birorta ham tarixdan maʼruza va amaliy mashgʼulotlarni xaritasiz tasavvur etish qiyin. Xarita tarix darsining eng zaruriy qoʼllanmasi boʼlib hisoblanadi. Xarita avvalo oʼrganiladigan mavzuga mos boʼlishi lozim. Oʼqituvchi voqealar rivoji davomini baѐni jaraѐnida xaritadan koʼrsatib borishi, ayni vaqtda oʼquvchilar oʼqituvchi koʼrsatadigan joyni qoʼllaridagi xarita ѐki atlasdagi xaritadan izlab topishlari lozim.
Har bir yangi xarita oʼrgana boshlanganda unga qisqacha obzor berish, uni oʼrganilgan eski xarita bilan solishtirib, oʼquvchilarni yangi xaritadagi oʼzgarishlar bilan tanishtirish, ularning tarixiy taraqqiѐtning izchilligi va har bir bosqichning oʼziga xos muhim xususiyatlarini anglab olishlariga ѐrdam beradi. Oʼquvchilar ikki xaritani solishtirib mamlakat hududi toraygan ѐki kengayganini, shaharlarning oʼsganligi va boshqa oʼzgarishlar yuz berganligini aniq tushunib oladilar.
Tarix darslarida taʼlimning texnika vositalaridan foydalanish darsning samaradorligini oshiradi. Taʼlimning texnika vositalari oʼqitish va oʼrganish sifatini koʼtarishga, oʼquv materialini qiziqib oʼrganishiga va puxta oʼzlashtirishiga xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |