2.2. Zamonaviy taʼlim vositalari. Chizmali organayzerlar
Chizmali (grafik) organayzerlar texnikasi ѐrdamida oʼquvchilarning amaliy faoliyatini tashkil etish – darsning samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Grafik organayzerlarga - toifalash jadvali, BBB, kontseptual jadval, venn diagrammasi, insert, klaster, nima uchun?, qanday? va boshqa chizmali topshiriqlarni mashgʼulotlarda bajarish kabilar kiradi. Bunda oʼquvchilar turli jadval ѐki chizma koʼrinishida boʼlgan oʼquv topshiriqlarni bajaradilar.
Quyida keltirilgan oʼzlashtirish foizlariga eʼtibor qaratilsa, oʼquv topshiriqlarining naqadar bilimni oʼzlashtirish jaraѐnida ahamiyati katta ekanligini bilamiz:
• 5%, - ogʼzaki ravishda materiallarni oʼzlashtirish koʼrsatkichi boʼlgan sharoitda dars oʼtish samarasiz boʼladi;
• 10 % - mashgʼulotlarda oʼquv materialni koʼrgazmali shaklda taqdim etish lozim. Аgar koʼrsatmali materiallardan foydalaNilьsa va qoʼshimcha material oʼqituvchi tomonidan oʼqib berilsa;
• 20 % - ham koʼrib, ham eshitsak, yaʼni texnik vositalardan foydalanilьsa;
• 50 % - bahs munozaraga kirishilsa;
• 75 % - mavzu boʼyicha amaliy topshiriqlar bajarilsa;
• 90 % - muhokama qilib bir-biriga oʼrgatishsa.
Oʼquv mashgʼulotlarida pedagogik texnologiyalar, interfaol usullar, chizmali organayzerlar ѐrdamida ishlab chiqilgan oʼquv topshiriqlarni oʼzida mujassam etgan holda, ishlab chiqilgan “ISh DАFTАRI‖ni tayѐrlash va ulardan mashgʼulotlarida keng foydalanish dars samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Xususan, tarix fanidan ish daftarlarini ishlab chiqish va dars jaraѐniga tatbiq etish darsni natijaviyligini, effektini sezilarli darajada yuqoriga koʼtaradi. Bu ish daftarlaridan oʼqituvchi bilan hamkorlikda oʼquvchi darsning har bir bosqichida unumli foydalanadi. Masalan:
- darsning tashkiliy qismi, yaʼni reflektsiya bosqichida avval oʼtilgan mavzuni qisqa takrorlab bugungi mavzu bilan bogʼlaydi. Yangi mavzu bilan bogʼliq jihatlar, terminlar, tayanch atama va tushunchalar, voqea va jaraѐnlarning oʼxshashligini qiѐslaydi, esga solishga ѐrdam beradi;
- seminar mashgʼulotlarida bilimlarning nazoratini amalga oshirishida ѐzma ravishda tayѐrlagan topshirigʼi bilan darsda kichik guruhlarda oʼrtoqlashadilar, bunda ular individual hamda guruhlarda ham baholanadilar;
- darsning mustahkamlash bosqichida – bu ish daftariga talaba (oʼquvchi) koʼproq murojaat qiladi. Bunda turli chizmali organayzerlar, intrefaol usul va pedagogik texnologiyalar ѐrdamida oʼtilgan mavzu boʼyicha oʼquvchilarningegallagan yangi bilimlarini mustahkamalshga qaratilgan oʼquv topshiriqlari, yoʼriqnomalarni beradi.
- uyga vazifa bosqichida – oʼquvchi uy vazifasini bajaradi. Аniq oʼquv topshiriqlari ѐrdamida turli vazifalarni bajaradi. Shunday topshiriqlarni berish kerakki, oʼquvchining bu vazifalarni bajarishi davomida koʼp maortaba darslikka murojaat etishi va nihoyat mavzuning mohiyatini tushunib, anglab olish bosqichiga erishi kerak.
Ish daftarida metodik qismi yaʼni oʼquv topshiriqlarini tayѐrlashda didaktik talablarga amal qilinadi. Ish daftarida fan boʼyicha taʼlim resurslarini yaratish va ulardan bilim berishda keng foydalanishni yoʼlga qoʼyish muhimdir. ―Resurs‖ iborasi hozirgi vaqtda juda keng maʼnoda ishlatiladi.
―Taʼlim resursi‖ deganda esa oʼquv jaraѐni davomida bilim olishda foydalaniladigan turli xil koʼrinish va shakllardagi oʼquv materiallari manbasi tushuniladi. Boshqacha aytganda taʼlim resursi – oʼquv jaraѐnida foydalaniladigan axborotlar manbasidir. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda taʼlim resurslarini quyidagi guruhlarga ajratishimiz mumkin:
1. Matn, rasm, sxema va jadvallarni oʼz ichiga olgan anʼanaviy nashr materiallari (darslik, oʼquv qoʼllanma, maʼruzalar matni, amaliy mashgʼulotlar boʼyicha qoʼllanmalar, masalalar toʼplami, lugʼatlar, katologlar, maʼlumotnomalar, tarqatma materialalr, turli xil uslubiy qoʼllanma va koʼrsatmalar, savol va topshiriqlar va b.).
2. Oʼqish, mustaqil taʼlim olish va olingan bilimlarni tekshirish uchun topshiriqlar: oʼquv mazmuni ѐritilgan va oʼquvchi bilan oʼzaro muloqatga yoʼnaltirilgan hamda maʼlum pedagogik vazifalarni yechish uchun moʼljallangan topshiriqlar majmui ѐki tizimlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |