Mаlаkаsini oshirish tаrmoq mаrkаzi


Аxborot – kommunikatsiya texnologiyalari vositalari va ularni taʼlim jaraѐnida qoʼllash imkoniyatlari. Elektron darslik


Download 156.09 Kb.
bet33/105
Sana30.04.2023
Hajmi156.09 Kb.
#1411150
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   105
Bog'liq
Документ Microsoft Word

2.3. Аxborot – kommunikatsiya texnologiyalari vositalari va ularni taʼlim jaraѐnida qoʼllash imkoniyatlari. Elektron darslik
XXI asrda taʼlim vositalari boʼyicha katta oʼzgarishlar yuz berdi. Hozirgi zamon axborot va kompьyuter texnologiyalarining imkoniyatlari, global internet tarmogʼining paydo boʼlishi va insoniyatning koʼp qirrali faoliyatiga kirib borishi munosabati bilan yanada keskin ortib ketdi. Global internet tarmogʼining keskin rivojlanishi imkoniyatlaridan foydalanish ochiq taʼlim tizimini vujudga keltirmoqda.
Taʼlimning anʼanaviy modelidagi ―oʼqitish vositalari‖ tushunchasidan insoniyat pedagogik amaliѐt faoliyatida ―taʼlimiy muhit‖ tushunchasiga, keyinroq esa ―taʼlimiy baza‖ va nihoyat axborot - kommunikatsiya jaraѐnlarining rivojlanish davrida joriy qilinadigan
yagona axborot taʼlimi bazasi‖ tushunchasiga oʼtilmoqda. Аxborot va kommunikatsiya texnologiyalarining dunѐ miqѐsida rivojlanishi, inson turmushining turli jihatlarida, jumladan iqtisodiy, siѐsiy, madaniy hamda taʼlim jabhalarida birbirlariga bogʼliqliklarining keskin namoѐn boʼlishiga olib keldi.
Hozirgi zamon oʼqituvchisi, oʼz fani boʼyicha mutaxassisligidan tashqari fanni oʼqitaѐtganda axborot va kommunikatsiya texnologiyalarining barcha afzalliklaridan bemalol foydalana oladigan, oʼquvchi va talabalarda bu texnologiyalarni amalda ishonch bilan fan za texnikaning mavjud yangiliklari ularni oʼquv dasturlari va darsliklari mazmuniga jadal kiritishni talab etadi va bu orqali talabalarning zamonaviy bilimlarini
shakllantirishga zamin yaratadi. Zamonaviy oʼqitish texnologiyalarining joriy etilishi va turli metodik ѐndashuvlar esa, oʼz navbatida, talabalarda koʼplab fundamental maʼlumotlarni nisbatan yengil va mustahkam shakllanishiga qulay sharoit yaratadi.
XX asrning 90-yillaridan boshlab axborotlashtirish sohasi keskin rivojlanib ketdi. Bizning asrimiz, yaʼni XXI asrni axborotlashtirish va kommunikatsiya asri deb bejiz atashmaydi. Аxborotlashtirish nima va uning vazifalariga nimalar kiradi, uning asosiy xususiyatlari qanday, degan savollar hozirgi zamon jamiyatidagi har bir fuqaroni qiziqtirishi tabiiy. Chunki inson faoliyatini axborotsiz tasavvur qilish qiyin.
Аxborot - (lot. informatio - tushuntirish, baѐn qilish) – shartli belgilar ѐrdamida shaxslar, predmetlar, dalillar, voqealar, hodisalar va jaraѐnlar haqida, ularni tasvirlash shaklidan qatʼiy nazar uzatiladigan va saqlanadigan maʼlumotlar.6
Taʼlimda axborot texnologiyasi — oldinga qoʼyilgan taʼlimiy maqsadlarga erishishga imkon beradigan, nazariy asoslangan taʼlim jaraѐnini amalga oshirishning shakllari, uslublari, usullari va vositalarining yigindisidir. Bunda u tegishli ilmiy modellashtirishga (loyihalashtirishga) tayanadi, bu jaraѐnda ushbu maqsadlar bir xil maʼnoda beriladi hamda oʼquvchining shaxsiy xususiyatlari va sifatlarini uni rivojlantirishning muayyan bosqichida obʼektiv ravishda bosqichma-bosqich oʼlchash va baholash imkoniyati saqlanadi.
Kundalik turmushda turli kurinishdagi axborotlar masalan, matnli, grafikli, jadvalli, ovozli (audio), rasmli, video va boshqa axborotlar bilan ishlashga tugʼri keladi. Har bir turdagi axborot bilai ishlash (yigʼish, saqlash va h.k.) uchun har xil texnik xarakteristikalarga ega boʼlgan axborot qurilmalari kerak boʼladi.
Hozirgi kunda taʼlim sohasida oʼqitishni kompьyuterlashtirishga katta eʼtibor berilmoqda, chunki zamonaviy oʼqitish texnologiyalaridan dars jaraѐnida foydalanish katta ijobiy natijalar beradi. Oʼqitishni kompьyuterlashtirish ѐki axborot texnologiyalaridan foydalanish dasturiga quyidagilarni kiritish mumkish:

Download 156.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling