10. Hamdamov R., Begimqulov U. Elektron oʼquv uslubiy majmualar.
– Toshkent: Oʼzbekiston Milliy Entsiklopediyasi, 2010.
11. Hamdamov R., Begimqulov U. Elektron universitet: elektron vazirlik, masofaviy taʼlim texnologiyalari. – Toshkent: Oʼzbekiston Milliy Entsiklopediyasi, 2010.
3- Mavzu: OTMda tarix oʼqitishni tashkil etish shakllari. Maʼruza, seminar darslariga qoʼyiladigan talablar
Reja
1. Dars - oʼquv va tarbiyaviy ishning asosiy tashkiliy shakli. OTMda tarixdan oʼquv mashgʼulotlarini tashkil etish shakllari
2. Maʼruza va uning asosiy vazifalari, samaradorlik shartlari.
3. Seminar mashgʼulotlarining oʼziga xos xususiyatlari.
4. Аmaliy mashgʼulot, laboratoriya ishlari, malakaviy amaliѐt.
Tayanch tushunchalar: dars, anʼanaviy dars, noanʼanaviy dars, maʼruza, seminar, amaliy mashgʼulot, laboratoriya, malakaviy amaliѐt, tarix fanining taʼlim-tarbiya vazifalari, ilmiylik, tarixiylik, metodologik, koʼrsatmalilik.
3.1. Dars - oʼquv va tarbiyaviy ishning asosiy tashkiliy shakli. OTMda tarixdan oʼquv mashgʼulotlarini tashkil etish shakllari
Dars – oʼquv ishining asosiy tashkiliy shakli boʼlib, unda oʼqituvchi aniq belgilangan dars doirasida oʼquvchilarning doimiy tarkibi bilan qatʼiy jadval boʼyicha shugʼullanadi, jamoaviy bilish faoliyatiga rahbarlik qilib, oʼquv dasturiga oʼzi belgilaydigan didaktik va tarbiyaviy vazifalarga erishish uchun xilma-xil metodlardan foydalanadi. Dars taʼlim va tarbiya jaraѐnining maxsus shakllari esa dars samaradorligini oshirishning muhim omili hisoblanadi8.
Tarix kursi oldiga qoʼyilgan taʼlim – tarbiya vazifalarini amalga oshirishning eng muhim shartlaridan biri har bir sinfda oʼqitiladigan tarix kursining tutgan oʼrni, uning taʼlim-tarbiyaviy vazifalari, har bir bob va ulardagi mavzular, hatto har bir darsda oʼtiladigan mavzuning ham taʼlimiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi vazifalari oldindan aniq belgilab olingandan keyin tarix oʼqitishga kirishish maqsadga muvofiq boʼladi9.
Tarix taʼlimida oʼqitishning maqsad va vazifalarini muvaffaqiyatli amalga oshirish birinchi navbatda oʼqituvchining har bir darsning taʼlim-tarbiya vazifalarini oldindan aniq va toʼgʼri belgilab ola bilishiga bogʼliq. Bu ham, oʼz navbatida, oʼqituvchining darsning taʼlim- tarbiya vazifalarini toʼgʼri belgilash metodi va usullari haqidagi puxta nazariy bilim va malakalarining darajasiga bogʼliqdir.
Dars oʼquv jaraѐnining asosiy boʼgʼini sifatida ѐshlarga fan asoslarini oʼrgatishda muhim oʼrin tutadi. Tarix darsiga qoʼyiladigan didaktik talablar bu - ilmiylik, tarixiylik, metodologik, koʼrsatmalilik, oʼquvchilarni bilish imkoniyati va ѐsh psixologik xususiyatlari, uzviylik va uzluksizlik, tarixni zamon va makon kontekstida bogʼlash, taʼlim va tarbiya maqsadiga ega ekanligidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |