3.2. Maʼruza va uning asosiy vazifalari, samaradorlik
shartlari
Maʼruza – oliy oʼquv yurti taʼlim tarbiya jaraѐnida keng qoʼllanib kelaѐtgan shakllardan biridir. Maʼruzalarda qatnashish majburiy
hisoblanib, unda talaba kasbiy tayѐrgarlik uchun zarur boʼlgan bilimlarni egallaydi. Maʼruzalar mazmunida muayyan fandagi muammolar, nuqtai nazar, manbalar, gʼoyalarning mazmuni ochib beriladi, umumlashtiriladi.
Maʼruza – oʼquv mashgʼulotlarining muhim turlari sifatida fanning metodologiyasini ochib beradi, shuningdek, oʼrganilaѐtgan fan boʼyicha ilmiy bilimlar beradi, dunѐqarashni shakllantiradi, oʼrganilaѐtgan mavzuning eng muhim masalalarini keng tahlil qiladi, kursantlarning bilish faoliyatini faollashtiradi, materialni mustaqil oʼrganishning asosiy yoʼnalishlari va metodikasini koʼrsatib beradi. Shu bilan birga, maʼruza mashgʼulotlarida koʼrib chiqiladigan savollarning asosiy ilmiy-nazariy qoidalari va ularning huquqni qoʼllash faoliyatidagi amaliy ahamiyati ochib beriladi va mazkur fan boʼyicha mavzular rejasida nazarda tutilgan tegishli mavzularni oʼrganish boʼyicha tavsiyalar beriladi.
Maʼruza – u ѐki bu ilmiy masalani toʼgʼri, mantiqiy izchillikda va aniq izohlab berish boʼlib, bunda oʼqituvchi shaxsining barcha boyligi: ongi, hissiѐti, irodasi, tuygʼusi, eʼtiqodi orqali talabalar ichki dunѐsi bilan muloqotda boʼlishining eng samarali, jonli shaklidir. Bunda oʼqitishning yoʼnaltiruv, axborot berish, metodologik va tarbiyalov funktsiyalarini roʼѐbga chiqarishga ѐrdam beradi.
Maʼruza - oʼqitishni tashkil etishning yetakchi shakli hisoblanib, quyidagi vazifalarni amalga oshirishga imkon beradi:
- yoʼnaltirish - talabalarning diqqati oʼquv materialining asosiy qoidalari, uni oʼrganishdagi hamda boʼlgʼusi kasbiy faoliyatidagi roli va ahamiyati, uni oʼzlashtirish metodlariga jalb qilinadi.
- axborot berish - oʼqituvchi tomonidan asosiy ilmiy faktlar, qoidalar, xulosalarning mohiyatini ochish chogʼida amalga oshiriladi.
- metodologik - maʼruza vaqtida oʼqitish usullari taqqoslanadi, ilmiy izlanishning asoslari namoѐn etiladi. Qoʼllash tadqiqot metodlarini qiѐslash, chogʼishtirishga, ilmiy izlanishning tamoyillari va ѐndashuvlarini aniqlashga ѐrdam beradi.
- tarbiyalov - maʼruza jaraѐnida oʼquv materialiga hissiy baho berish munosabatlarini uygʼotish, qiziqishlarini oʼstirish, mantiqiy fikrlash va isbotlashni oydinlashtirish yoʼli bilan amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |