- savollar berish va talabalar javoblaridan foydalanish; bunda ularning ahamiyatini koʼrsatish;
- vaqtincha erkin fikr almashishga ruxsat berish, bu zoʼriqishni pasaytiradi va hissiy kuch beradi;
- aniq holatlarni, jumladan muammoli vaziyatlarni aniqlash, har kungi haѐtdan misollar keltirish;
- talabalarda savollar berishga qiziqishni uygʼotish;
- avval oʼrganilganlar bilan, yaʼni yangi holat va dalillarni taqqoslash.
3.3. Seminar mashgʼulotlarining oʼziga xos xususiyatlari
Seminar - OOʼYuda taʼlimning amaliy shakl va usullaridan boʼlib, dastur materiali jiddiy va chuqur oʼzlashtirishga ѐrdam beradi. Oliy taʼlimning davlat taʼlim standartiga binoan bakalavriat yoʼnalishlari, magistratura mutaxassisliklarining oʼquv rejalarida seminar va amaliy mashgʼulotlarga koʼproq vaqt (soat) ajratiladi.
Seminar mashgʼulotlari – oʼquv fanlarining asosiy, eng murakkab mavzulari ѐki boʼlimlari boʼyicha oʼtkaziladi va kursantlar tomonidan maʼruzalarda hamda mustaqil ish jaraѐnida olingan bilimlarni tekshirish, chuqurlashtirish, mustahkamlashni, materialni mustaqil ravishda oʼzlashtirishga koʼmaklashishni, shuningdek, tinlovchilarga materialni ogʼzaki baѐn qilish, bahs olib borish koʼnikmalarini berishni maqsad qilib qoʼyadi. Munozara mashgʼuloti ijodiy muhokama, faol diskussiya, kursantlar oldindan tayѐrlagan maʼruzalar (referatlar) boʼyicha fikr almashish va boshqa interaktiv shakllarda oʼtkaziladi. Seminar mashgʼuloti amaliy mashgʼulot elementlarini oʼz ichiga olishi mumkin (masalalar, topshiriqlar bajarish va hakozo). Seminar mashgʼulotlari davomida talabalar fanning asosiy qoidalari haqidagi nazariy bilimlarga ega boʼlishlari kerak. Talabalar munozara mashgʼulotiga tayѐrlanganda rejada koʼrsatilgan savollarni oʼrganib olishlari va mavzuga oid ilmiy adabiѐtlar, qonunlar va normativ-huquqiy hujjatlarni tahlil qilgan holda ularga ѐzma ravishda javob ѐzishlari lozim.
Seminar - taʼlim beruvchini taʼlim oluvchilar bilan faol suhbatga kirishishiga yoʼnaltirilgan, nazariy bilimlarni amaliy faoliyatda amalga oshrish uchun sharoitni taʼminlovchi, mashgʼulotni oʼqitish shaklidir. Seminar mashgʼulotining asosiy maqsadi - nazariy materialni (bilimlarini) tartibga solish, amaliy malaka va koʼnikmalarini hosil qilish, bilimlarini nazorat qilishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |