Seminar quyidagi vazifalarni yechishga qaratilgan boʼladi:
• maʼruzada baѐn qilingan nazariy qoidalarni mustahkamlash;
• fan boʼyicha bilimlarni kengaytirish va chuqurlashtirish;
• talabalarning ilmiy-tadqiqot, bilish qobiliyatlarini oʼstirish;
• nazariy oʼqitish jaraѐnida egallangan bilimlarning amaliѐtda tan olinishi.
Seminar mashgʼulotlariga tayѐrlanish talabadan jiddiy tayѐrgarlikni talab etadi. Talaba mavzuga tegishli marixiy manba, tadqiqotlarni chuqur oʼrganishi, ѐzib kelishi va fikrini ilmiy dalillar bilan asosli raqishda ogʼzaki baѐn etishi zarur. Seminar mashgʼuloti bahs-munozarali tarzda boʼlishi ham muhim ahamiyatga ega. Seminarda talabalar faol qatnashishi talabaning oʼzlashtirish sifatini va nutq madaniyatini oshiradi. Bunda kichik guruhlarda ishlash, pedagogik texnologiyalar va АKT yutuqlaridan keng foydalanish zamon talabidir.
Pedagogika nazariyasi va amaliѐtida seminar mashgʼulotlarining uch turi farqlanadi: seminaroldi mashgʼuloti, seminar va maxsus seminar.
• Seminaroldi mashgʼulotlari, asosan, talabalarni mustaqil ishning oʼziga xos xususiyatlari bilan tanishtirish maqsadida oʼtkaziladi. Unda adabiѐtlar, maʼlumotnoma-adabiѐtlar va boshqa manbalar bilan ishlash usullari oʼrgatiladi, talabalarni boshlangʼich shaklda ilmiy- tadqiqot ishlariga oʼtishga hozirlaydi. Seminaroldi mashgʼulotlari seminar mashgʼulotlarining tayѐrgarlik shakli hisoblanadi va odatda birinchi kurslarda oʼtkaziladi.
• Seminaroldi mashgʼulotlarida oʼqituvchi yetakchilik qiladi, chunki talabalar muayyan ixtisoslik boʼyicha oʼquv ishlariga kam eʼtibor beradilar, shuning uchun ham yetarli darajada tashabbus koʼrsata olmaydilar.
• Seminar mashgʼulotlarida seminaroldi mashgʼulotlariga nisbatan oʼta muhim vazifalar hal qilinadi. Masalan, ayrim seminarlar tematik bogʼlangan muayyan muntazam kursni chuqur oʼrganishni maqsad qilib qoʼyadi. Boshqalari esa biror mavzuni ѐki kursning alohida va nihoyatda muhim va umumiy boʼlgan mavzularini metodologik jihatdan ishlab chiqishga bagʼishlangan boʼladi.
• Maxsus seminarlar maʼruza mavzulariga aloqador boʼlmaydi va biror fanning dasturi mazmuniga kirmaydi. Odatda fanning xususiy masalalarini chuqur oʼrganish maqsadini koʼzlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |