Laboratoriya mashgʼulotlarini oʼtkazishda quyidagi didaktik tamoyillarga amal qilinadi:
• laboratoriya mashgʼulotlarini rejalashtira olish va oʼtkaza olish;
• laboratoriya mashgʼulotlarining maqsadini aniq belgilab olish;
• fan va ishlab chiqarish boʼyicha bilimlarni chuqurlashtirish imkoniyatlariga talabalarda qiziqish uygʼotish;
• talabada natijani mustaqil ravishda qoʼlga kiritish imkoniyatini taʼminlash;
• talabani nazariy jihatdan tayѐrlash;
• laboratoriya mashgʼulotlari nafaqat aniq mavzu boʼyicha bilimlarni yakunlash, balki talabalarni tarbiyalash manbai hamdir.
Malakaviy amaliyot – bakalavriat yoʼnalishi va magistratura mutaxassisliklari boʼyicha kadrlar tayѐrlashning muhim qismi boʼlib, ilgʼor korxona, muassasa va tashkilotlarda oʼtkaziladi. Malakaviy amaliѐt oliy maktabda oʼqish jaraѐnining ishlab chiqarish sharoitida oʼtkaziladigan davomi, tarkibiy qismidir. Har bir amaliѐtning maqsadi, mazmuni va muddati oʼquv rejalari hamda amaliѐt dasturlarida belgilanadi. Аmaliѐt dasturlari tanlangan yoʼnalish, mutaxassislikning malakaviy talablari, amaliѐt obʼektlari -korxona, muassasasi tomonidan ishlab chiqiladi, rektor tasdiqlaydi. Malakaviy amaliѐtni oʼtkazish uchun oliy taʼlim
muassasasi yaqinida joylashgan obʼektlar tanlanib, shartnoma tuziladi. Malakaviy amaliѐt tegishli bilimlar asosida xorijiy davlat korxona, muassasalarida ham oʼtkazish mumkin.
Аmaliѐt rahbari tajribali professor, dotsent va oʼqituvchilardan tayinlanadi. U zaruriy tayѐrgarlik ishlarini bajaradi, talabalarning ichki mehnat tartib-qoidalariga rioya qilishlarini nazorat etadi, talabalarning amaliѐt boʼyicha hisobotini koʼrib chiqadi, ѐzma hisobotni kafedra mudiri va dekanatga taqdim etadi. Аmaliѐt obʼekti xodimlari shartnomada belgilangan majburiyatlarni bajaradi.
Talaba malakaviy amaliѐt jaraѐnida: amaliѐt dasturida koʼzda tutilgan topshiriqlarni bajarishi, amaliѐt obʼektining ichki tartib-qoidalariga rioya qilishi, bajarilgan ish natijalari uchun javobgarlikni boʼyinga olishi, kundalik daftar yuritishi, amaliѐt rahbariga ѐzma hisobot berishi va amaliѐt boʼyicha sinov topshirishi zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |