Mаlаkаsini oshirish tаrmoq mаrkаzi


natijalar taqdimotini tayѐrlash, loyihaning ommaviy taqdimoti, himoyasi va bahosi, refleksiya, hisobot topshirish


Download 156.09 Kb.
bet70/105
Sana30.04.2023
Hajmi156.09 Kb.
#1411150
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   105
Bog'liq
Документ Microsoft Word

natijalar taqdimotini tayѐrlash, loyihaning ommaviy taqdimoti, himoyasi va bahosi, refleksiya, hisobot topshirish.

Oʼquv loyihasi‖ tushunchasi keng qamrovga ega boʼlib, quyidagi mazmunga ega:


muayyan isteʼmolchiga moʼljallangan, muammolarni izlash, tadqiqot qilish va yechish, natijani noѐb (moddiy ѐki intellektual) mahsulot koʼrinishida rasmiylashtirishga qaratilgan oʼquvchilarning mustaqil oʼquv faoliyatini tashkil qilish usuli;
nazariy bilimlar orqali amaliy vazifalarni yechishga qaratilgan oʼquv vositalari va qurollari;
rivojlantiruvchi, taʼlim va tarbiya hamda bilimlarni kengaytirish, chuqurlashtirish va malakalarni shakllantirishga qaratilgan didaktik vosita.


Hozirgi vaqtda taʼlim amaliѐtida loyihaning xilma-xil turlaridan foydalaniladi:
1) etakchi faoliyat turiga koʼra: tadqiqot, amaliy yoʼnaltirilgan va axborotli;
2) fanga yoʼnaltirilganligiga koʼra: monoloyiha va fanlararo loyiha;
3) davomiyligiga koʼra: oʼzoq muddatli, oʼrta muddatli, qisqa muddatli;
4) loyiha ishtirokchilarining soniga koʼra: individual va guruhli.
Mazkur oʼquv loyihalarining har biri oʼzining maqsadi, natijasi va mavzu bahsi yuzasidan bir-biridan farqlanadi. Masalan, axborot tavsifiga ega loyihaning maqsadi muammoning holati toʼgʼrisida maʼlumot toʼplash, uning tahlili, umumlashtirilishi, ѐritilishi va muammoni hal etishning mavjud usullari va vositalari tasnifi, ularning ustunliklari va kamchiliklarini izohlash (asoslash)dan iborat boʼlsa, tadqiqotchilikka doir loyihada esa, tadqiqotni amalga oshirish, tadqiqot asosida muammoning asoslangan izohi, kelgusida rivojlanish uchun yangi muammolarni asoslash maqsad sifatida belgilanadi.
Xuddi shunday natijasiga koʼra ham loyihalar alohida oʼziga xoslikka ega. Masalan, tadqiqot tavsiyaga ega loyiha natijasi hisobot, maʼruza, keys bilan tugasa, amaliy yoʼnaltirilgan loyihalar esa istiqbolli reja, harakatlar dasturi, strategiya, maʼlumotnoma kabi natijalarga ega boʼladi.
Oʼquv loyixaviy faoliyat – bu qoʼyilgan vazifaga erishish, taʼlim oluvchilar uchun muhim va aniq foydalanuvchiga moʼljallangan biror-bir yakuniy mahsul koʼrinishida rasmiylashtirilgan, muammoni yechish uchun taʼlim oluvchilarning belgilangan izchillikdagi harakatlari majmuasi.

Download 156.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling