Mаlаkаsini oshirish tаrmoq mаrkаzi
) loyihaning jamoaviy taqdimoti vaqtida quyidagilarni aks ettirishadi
Download 156.09 Kb.
|
Документ Microsoft Word
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4) loyiha faoliyati haqida hisobot topshirishadi.
- Pedagogik annotatsiyada quyidagi muhim jihatlar oʼz aksini topadi: 1) oʼquv fanining nomi; 2) loyiha mavzusi; 3) qatnashchilar;
- 7) loyihaning turlanish belgilariga koʼra tavsifnomasi; 8) loyihani bajarish tartibi; 9) loyihaning baholanishi;
1) loyihaning jamoaviy taqdimoti vaqtida quyidagilarni aks ettirishadi:
- muammo, maqsad va vazifalarni tushunish; - ishni rejalashtirish va amalga oshirishni bilish; - echimlarni izlash jaraѐni tahlil qilish; 2) loyihalar va taqdimotning oʼzaro baholashadi; 3) faoliyat va natijaning refleksiyasini amalga oshirishadi: ish davomida va yakunida yuzaga kelgan yutuqlarini anglash, yoʼl qoʼyilgan xatolarni tahlil qilish, shaxsiy oʼzgarishlarini anglashni namoѐn etadilar; 4) loyiha faoliyati haqida hisobot topshirishadi. Mazkur bosqichlarda amalga oshiriladigan oʼquv loyihasi oʼzining pasportiga ega boʼlib, pedagogik annotatsiya, loyiha topshirigʼi,oʼquvchilarga uslubiy koʼrsatmalar, loyiha taʼlimning texnologik kartasini oʼz ichiga qamrab oladi. Pedagogik annotatsiyada quyidagi muhim jihatlar oʼz aksini topadi: 1) oʼquv fanining nomi; 2) loyiha mavzusi; 3) qatnashchilar; 4) taʼlimning maqsadi; 5) rejalashtiriladigan oʼquv natijalari; 6) oʼquvchilar loyihani muvaffaqiyatli hal etishi uchun avval egallangan bilim va koʼnikmalar roʼyxati; 7) loyihaning turlanish belgilariga koʼra tavsifnomasi; 8) loyihani bajarish tartibi; 9) loyihaning baholanishi; 10) loyihaviy taʼlimni tashkil etish bosqichlari; 11) taʼlim modelining qisqacha tavsifnomasi. 4.3. Tarix taʼlimiga interfaol usullarni joriy etish Innovatsion texnologiyalar - pedagogik jaraѐnda oʼqituvchi va oʼquvchi faoliyatiga yangilik, oʼzgartirishlar kiritishi boʼlib, uni amalga oshirishda asosan interfaol uslublardan foydalaniladi. Faol oʼqitish metodlari, ilgʼor pedagogik texnologiyalar innovatsion gʼoyalarning mahsulidir. Taʼlim oluvchilarni faollashtiruvchi va mustaqil fikrlashga undovchi, taʼlim jaraѐnining markazida taʼlim oluvchi boʼlgan metolar interfaol usullar deyiladi. Bunday interfaol usullar taʼlim oluvchilarning bilim faoliyatlarini ragʼbatlantiruvchi usuldir. U ѐki boshqa muammoni yechish toʼgʼrisidagi fikrlarni erkin almashinuvini nazarda tutuvchi dialog asosida quriladi. Interfaol (“Inter”-bu oʼzaro, “akt”-harakat qilmoq) oʼzaro harakat qilmoq ѐki suhbat, muloqat tartibida boʼlishini anglatadi. Interfaol taʼlim berish – dialogli taʼlim berish boʼlib, bunda taʼlim beruvi va taʼlim oluvchi hamda va kompьyuterning ham oʼzaro harakatida amalga oshirilishi mumkin. Interfaol usul – taʼlim jaraѐnida oʼquvchilar hamda oʼqituvchi oʼrtasidagi faollikni oshirish orqali oʼquvchilarning bilimlarni oʼzlashtirishini taʼminlashga, shaxsiy sifatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Bunday oʼzaro harakat turlariga ―oʼqituvchi-oʼquvchi” va “oʼquvchi-oʼquvchi”ning maqsadli harakatlarini kiritish mumkin. Interfaol oʼqitishda oʼqituvchi oʼquv faoliyatninig faol tashkilotchisi boʼlib, oʼquvchi bu faoliyatning subʼekti sifatida namoѐn boʼladi. Interfaol oʼqitish bu bilish faoliyatini rivojlantirishning maxsus tashkiliy shakli boʼlib, interfaol oʼqitish jaraѐnida taʼlim oluvchi oʼqitishning obʼektidan oʼzaro hamkorlikning subʼektiga aylanishi, oʼquv jaraѐnida faol ishtirok etishi bilan tavsiflanadi. Bunda oʼquvchilar axborotlarni oʼzlashtirish jaraѐnida faollik, ijodkorlik, mustaqillikni shakllantiribgina qolmay, taʼlim maqsadlarining toʼlaqonli amalga oshishiga ѐrdam beradi. Аlbatta interfaol oʼqitish texnologiyasi anʼanaviy maʼruza darslarini amaliy darslarga qarama- qarshi qoʼymaydi. Interfaol taʼlimda maʼruza va amaliѐt bir butun mashgʼulotning qismlari deb qaraladi, bu oʼqituvchi hamda oʼquvchining oʼzaro taʼsiri va oʼquvchilarning mashgʼulot davomida faol ishtirok etish darajasi bilan belgilanadi. Maʼlumki, anʼanaviy maʼruza darslarida oʼqituvchi faolligi taʼminlansa, amaliy mashgʼulotlarda oʼquvchi faolligi talab etiladi. Interfaol usulda oʼqituvchidan mashgʼulot davomida oʼquvchi va oʼqituvchi oʼrtasidagi oʼzaro taʼsir darajasining bir koʼrinishidan ikkinchisiga mavzuga bogʼliq holda ustamonlik bilan ravon oʼtishi talab etiladi. Interfaol darslar jaraѐnini fan boʼyicha mavzuning maqsad va vazifasi hamda taʼlim oluvchilarning ehtiѐjiga bogʼliq holda taqsimlanadi. Аnʼanaviy taʼlimda ham tabiiy ravishda suhbat asosini axborot tashkil etadi. Аmmo axborot uzatishning asosiy manbai oʼqituvchining tajribasi boʼlib, bu jaraѐnda u yetakchilik, dominantlik qiladi, yaʼni u darsning asosiy vaqtida bilimlarni ogʼzaki tarzida oʼquvchi(talaba)larga yetkazib berishga intiladi. Faollik koʼrsatish oʼqituvchigagina xos boʼlib, oʼquvchi (talaba)lar bu vaziyatda sust tinglovchi boʼlib qoladi. Ularning asosiy vazifasi oʼqituvchini tinglash, zarur oʼrinlarda ѐzish, savollar bilan murojaat qilinganida javob qaytarish, kam holatlarda ruxsat etilganidagina soʼzlashdan iboratdir. Аnʼanaviy taʼlimdagi bir tomonlamalik taʼlim tizimiga koʼra, ―etkazib beruvchi‖ rolida endi oʼqituvchi emas, balki oʼquvchi namoѐn boʼladi. Oʼquvchi, asosan, oʼzi oʼzlashtirgan bilimlarni namoyish etadi, oʼqituvchi esa uning fikrlarini tinglaydi, zarur oʼrinlarda savollar bilan murojaat qiladi. Oʼquvchilar guruhi (jamoasi) bu vaziyatda butunlay sust ishtirokchi, tinglovchi boʼlib qoladi. Bir qarashda oʼquvchi ѐki oʼqituvchi tomonidan uzatilaѐtgan axborotlarning qabul qilinishi talabalar guruhi (jamoasi) uchun bilimlarni oʼzlashtirish imkoniyatini yarataѐtgandek taassurot uygʼotadi. Biroq, psixologik tadqiqot natijalarining koʼrsatishicha, shu tarzda qabul qilingan bilim (maʼlumot)lar juda tez unutiladi. Oʼquvchi maʼlumotlarni faqat eshitish orqali qabul kilsa, berilgan maʼlumotlarning oʼrtacha 20 foizini oʼzlashtiradi. Yaʼni, darsda mavzu faqat ogʼzaki baѐn metodi ѐrdamida (anʼanaviy) oʼtilsa, oʼquvchilar maʼlumotlarning 80 foizini esda saqlab qololmaydi va darrov unutishadi. Shu sababli maʼruzani faqat oʼqib berish ѐki ogʼzaki tushuntirish shaklida olib borish samarasiz hisoblanadi. Interfaol oʼqitish oʼquvchilardan axborotni oʼzlashtirish jaraѐnida faollik, ijodkorlik, mustaqillikni shakllantiribgina qolmay, taʼlim maqsadlarining toʼlaqonli amalga oshishiga ѐrdam beradi. Bunda taʼlimning quyidagi kontseptsiyalari fundamental asos sifatida hizmat qiladi: Download 156.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling