Interfaol taʼlim mohiyatiga koʼra suhbatning ―oʼquvchi – axborot- kommunikatsion texnologiyalar‖ shaklida tashkil etilishi oʼquvchi (talaba)lar
11 Pedagogika: 1000 ta savolga 1000 ta javob / Metodik qoʼllanma. U.I.Inoyatov, N.А.Muslimov, M.Usmonboeva, D.Inogʼomova. – Toshkent: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti, 2012. – 122-bet.
tomonidan mustaqil ravishda ѐki oʼqituvchi rahbarligida axborot texnologiyalari ѐrdamida bilim, koʼnikma, malakalarning oʼzlashtirilishini anglatadi. Oʼqitishning interfaol taʼlimga asoslanishi bir qarashda nihoyatda oddiy, sodda va xatto ―bolalar oʼyini‖ kabi taassurot uygʼotadi. Biroq, bunda oʼqituvchining maʼlum darajada quyidagi omillarga ega boʼlishi talab qilinadi:
Oʼqituvchi taʼlim jaraѐnida interfaol taʼlim ѐrdamida oʼquvchilarning qobiliyatlarini rivojlantirish, mustaqillik, oʼz-oʼzini nazorat, oʼz-oʼzini boshqarish, samarali suhbat olib borish, tengdoshlari bilan ishlash, ularning fikrlarini tinglash va tushunish, mustaqil hamda tanqidiy fikrlash, muqobil takliflarni ilgari surish, fikr-mulohazalarini erkin baѐn qilish, oʼz nuqtai nazarlarini himoya qilish, muammoning yechimini topishga intilish, murakkab vaziyatlardan chiqa olish kabi sifatlarni shakllantirishga muvaffaq boʼladi. Eng muhimi, interfaol usullarni qoʼllash orqali oʼqituvchi oʼquvchilarning aniq taʼlimiy maqsadga erishish yoʼlida oʼzaro hamkorlikka asoslangan harakatlarini tashkil etish, yoʼnaltirish, boshqarish, nazorat va tahlil qilish orqali xolis baholash imkoniyatini qoʼlga kiritadi.
Interfaol usullarga ―juftlikda oʼyla, ishla, fikr almash‖, blits-soʼrov, kontseptual jadval, pinbord, klaster, toifali jadval, T-jadvali, kichik guruhlarda ishlash, munozara, debatlar va boshqalar kiritilib, bu roʼyhatni yana davom ettirish mumkin.
Аnʼanaviy hamda interfaol dars orasidagi ayrim farqlar
Аsosiy tushunchalar Аnʼanaviy dars Interfaol dars
1 Dars maqsadi Darsda bilim, koʼnikma, malakalarni
Do'stlaringiz bilan baham: |