Oʼqituvchi oʼquvchi (talaba)larni guruhlarga ajratib, ularni mos oʼrinlarga joylashtirgandan soʼng, mashgʼulotni oʼtkazish qoidasi bilan tanishtiradi
Har bir guruh aʼzosi rasm ѐki matndagi haѐtiy lavha boʼyicha birgalikda aniqlangan muammoni vatman qogʼozlarga flomaster ѐrdamida ѐzadi
Berilgan vaqt nihoyasiga yetgach, guruhlar oʼz ishlarini namoyish qiladi
Oʼqituvchi guruhlar tomonidan tanlangan va muammolar ѐzilgan qogʼozlarni almashtirgan holda guruhlarga qayta tarqatadi
Har bir guruh aʼzosi qogʼozlarda ѐzilgan muammolar orasidan oʼzini qiziqtirgan muammoni tanlab olib, uni oʼqituvchi tomonidan
tavsiya qilingan jadvalda qayd etadi va tahlil qiladi
Sinf (guruh) jamoasi oʼqituvchi rahbarligida guruhlar hamda har bir oʼquvchi (talaba)ning ishini muhokama qilib, eng yaxshi ishni tanlaydi
Oʼqituvchi mashgʼulotga yakun yasaydi
Izoh: 1. Oʼqituvchi oʼquvchi (talaba)larni texnologiyadan foydalanish qoidalari bilan tanishtirishda mashgʼulotning bosqichli boʼlishi, har bir bosqichda oʼquvchi (talaba)dan eʼtiborli boʼlish talab qilinishi, mashgʼulot davomida ular yakka, guruh va jamoa boʼlib ishlashlariga urgʼu berib oʼtishi lozim. Bunday yoʼl tutish oʼquvchilarning topshiriqlarni bajarishga ruhan tayѐr boʼlishlariga ѐrdam beradi, ularda qiziqini uygʼotadi.
2. Texnologiya asosida ishlashda oʼquvchi (talaba)lar tomonidan mashgʼulot uchun tayѐrlangan plakat, rasm, afisha ѐki biror muammo baѐn qilingan matn, darslik, ѐrdamchi adabiѐtlardan biror bir materialni oʼrganib, unda ѐritilgan muammolarni aniqlaydi va ularni xotirada saqlab qoladi ѐki daftarlarga belgilab qoʼyadi.
3. Oʼquvchi (talaba)lar topshiriqni individual ravishda bajarishlari uchun oʼqituvchi tomonidan quyidagi jadval tavsiya etiladi:
Muammo turi Muammoning kelib
chiqish sabablari Muammoning yechish yoʼllari
(amaliy harakatlar)
1.
Do'stlaringiz bilan baham: |