11. Ganieva M., Fayzullaev D., Neʼmatov I. Nazariy va amaliy oʼquv mashgʼulotlarda oʼqitish texnologiyalari toʼplami. - Toshkent: Iqtisodiѐt, 2013.
12. Ganieva M., Fayzullaev D. Zamonaviy oʼqitish vositalarining
pedagogik texnologiyalari toʼplami. - Toshkent: Iqtisodiѐt, 2013. – 95 b.
13. Golish L.V. Faol oʼqitish usullari: mazmun tanlash, amalga oshirish. Ekspress qoʼllanma. - Toshkent: TАSIS, 2001. - 38 b.
14. Golish L.V., Xashimova D.P. ―Taʼlim jaraѐnida interfaol taʼlim uslublari va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish‖ treningining oʼquv-metodik materiallari. – Toshkent: TDIU, 2014. – 80 b.
15. Golish L.V., Xashimova D.P. Taʼlim jaraѐnida interfaol taʼlim uslublari va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish. – Toshkent: TDIU, Iqtisodiѐt. 2013.
16. Ishmuhamedov R., Аbduqodirov А., Pardaev А. Taʼlimda pedagogik texnologiyalar. – Toshkent: Isteʼdod, 2008. - 180 b.
17. Ochilov M. Yangi pedagogik texnologiyalar. – Qarshi, Nasaf, 2000.
18. Roʼzieva D. Interfaol metodlar: mohiyati va qoʼllanilishi. – Toshkent, 2014.
5-mavzu: Mustaqil taʼlimni tashkil etish Reja
1. Mustaqil taʼlim, uning didaktik maqsadi va turlari
2. Mustaqil ishi boʼyicha maslahatlarni tashkil etish tartibi
Tayanch tushunchalar: mustaqil taʼlim, mustaqil ishlarning turlari, shakllari, namunalar boʼyicha mustaqil ishlar, rekonstruktiv-variativ, evristik (qisman, ijodiy), ijodiy tadqiqot.
5.1. Mustaqil taʼlim, uning didaktik maqsadi va turlari
Mustaqil taʼlim - belgilangan oʼquv topshiriqlarini talabalar tomonidan mustaqil va ijodiy (ѐki professor-oʼqituvchining koʼrsatmasiga muvofiq) bajarish mavsadiga yoʼnaltirilgan oʼquv faoliyati boʼlib, uning negizini taʼlim oluvchining mustaqil ishlari tashkil etadi. Mustaqil ishlar oʼquv – biluv faoliyatining bir turi, oʼquv faoliyatining tashkiliy shakl – usuli, bilim oʼzlashtirish yoʼli, vositasi sifatida namoѐn boʼladi. Shuningdek, talabalarning mustaqil ishlari didaktik maqsadi, mustaqil oʼquv faoliyatining darajasi, yakka kishiga ѐki guruhga moʼljallanganligi, axborot manbai, bilim olish metodlari, shakl va bajarish oʼrniga koʼra ham tasniflanadi, farqlanadi.
Mustaqil ish – muayyan mavzuni va fanni butunlay oʼrganish jaraѐni vaqtida amalga oshiriladi, talabalar muammoli savollarni hal etishlari, maʼruza va seminar mashgʼulotlarida olingan bilimlarini mustahkamlashlari talab qilinadi. Mustaqil ish davomida metodik materiallarda belgilangan muammoli savollarni kursantlar mustaqil ravishda hal etadilar. Mavzu boʼyicha tavsiya etilgan adabiѐtlarni oʼrganib chiqish orqali ishni maʼruza mashgʼulotiga tayѐrgarlik koʼrish bilan boshlash zarur, chunki mavzuning mazmunini tashkil etuvchi savollar toʼgʼrisida umumiy tasavvurlarga ega boʼladilar, soʼng esa mustaqil ish paytida mazkur metodik materiallarda koʼrsatilgan maʼruza savollarini oʼrganib, ularning mazmunini chuqurroq tushunib oladilar.
Mustaqil ish barcha oʼquv ishlarining yakunlovchi shaklidir. Mustaqil taʼlim jaraѐnida u ѐki bu fan sohasiga doir axborotlarni toʼplash, oʼzlashtirish, tahlil qilish, umumlashtirish, ularni mustahkam bilimga, barqaror malaka va koʼnikmalarga aylantirish kabi vazifalar amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |