Mаlаkаsini oshirish tаrmoq mаrkаzi


Mustaqil taʼlimning turlari


Download 156.09 Kb.
bet84/105
Sana30.04.2023
Hajmi156.09 Kb.
#1411150
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   105
Bog'liq
Документ Microsoft Word

Mustaqil taʼlimning turlari:
1. Maʼruza mavzusi va materiali boʼyicha mustaqil ishlar.
2. Аmaliy mashgʼulotlarga, seminar va laboratoriya ishlariga tayѐrgarlik sohasida mustaqil ishlar.
3. Referatlar, kurs ishlarini ѐzish boʼyicha oʼquv topshiriqlarni bajarish.
4. Nazorat ishlari (joriy, oraliq, yakuniy nazorat ishlar) sohasida oʼquv topshiriqlarni bajarish.
5. Malakaviy amaliѐtlar bilan bogʼliq oʼquv topshiriqlarini bajarish.
6. Maxsus kursni oʼrganish bilan bogʼliq mustaqil ishlar: maʼruza mavzusiga doir adabiѐtlarni oʼqib, oʼrganib, biror masala boʼyicha matn tayѐrlash, maʼruza oʼqishga hozirlanish kabilar.
7. Malakaviy ishlari, magistrlik dissertatsiyasini tayѐrlash sohasida mustaqil ishlar.
Mustaqil ishlar xususiy-didaktik maqsadining birinchi turi – bu sirtdan qaraganda faoliyatning algoritmi maʼlumotlari va vazifalar sharoitidan iborat, yaʼni dastlabki bilimlarning (bilimlarning birinchi bosqichi) shakllanishi omillari asosida talabalarda shakllanadigan va ulardan talab qilinadigan malakalarni aniqlashdir. Bu maqsadga yetish uchun talabalar tomonidan idrok qilinadigan vazifalarni yechish zarurligi koʼzda tutiladi.
Mustaqil ishlar xususiy-didaktik maqsadining ikkinchi turi. Bunda oʼzlashtirilgan axborotlar xotirada qayta ishlashga va tipik vazifalarni, yaʼni bilimlarning ikkinchi bosqichini bajarishga qaratilgan bilimlar shakllanadi.
Mustaqil ishlarning ikkinchi tipi barcha turlarining umumiy tavsifnomasi shundaki, bunday ishlarda vazifalarning hal qilinish gʼoyasi (tamoyili) eʼlon qilinadi, talabalardan ushbu gʼoyani (tamoyilni) rivojlantirib, konkret sharoitga tatbiq etish usul va usullari talab qilinadi.
Mustaqil ishlar xususiy-didaktik maqsadining uchinchi turi talabalarda uchinchi bosqich – tipik boʼlmagan vazifalarni bajarish chogʼida shakllanadigan bilimlardan iboratdir. Bu maqsadga talabalardan oʼrganilaѐtgan obʼektdagi oʼzgarishlar sabablarining algoritm asoslarini tuzishni talab qiladigan bilish (idrok qilish) masalalarini yechish jaraѐnida erishish mumkin.

Download 156.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling