Mаlаkаsini oshirish tаrmoq mаrkаzi
Mustaqil ishi boʼyicha maslahatlarni tashkil etish tartibi
Download 156.09 Kb.
|
Документ Microsoft Word
5.2. Mustaqil ishi boʼyicha maslahatlarni tashkil etish tartibi
Mutaxassislar tayѐrlash tizimini tubdan qayta qurishda, oʼquv-tarbiya jaraѐnining ahamiyatini oshirishda talabalarning mustaqil ishlari muhim oʼrin egallaydi. Tahlillar shuni koʼrsatadiki, mustaqil ishlar deganda shunday oʼquv faoliyati tushuniladiki, unda bilimlar egallanishi bilan birga, koʼnikmalar shakllantirish ham mustaqil tashkil etilishi taʼminlanadi. Bu esa amaliѐtda xususiy-didaktik maqsadlarga bogʼliq ravishda 4 ta mustaqil ish tipida amalga oshadi. Oliy maktab talabasida mustaqil mustaqil taʼlim olish malaka koʼnikmalarini shakllantirish ishlarini rejali va asta-sekin murakkablashtirish, yuqorilab boradigan bosqichlar (darajalar) shaklida tashkil etish maqsadga muvofiq. Bu jaraѐn koʼp qavatli binoning yuqori qavatlariga zinapoyalar orqali ketma-ket, izchil chiqib borilgani sinngari sodir boʼladi. Talabaning mustaqil taʼlim olishi bosqichli (darajali) tashkil etilganda, masalan, quyi kurslarda – birinchi bosqichida mustaqil ishlar reproduktiv darajada, yaʼni professor-oʼqituvchining topshirigʼi va koʼrsatmasiga binoan bajariladi; ikkinchi bosqichda - yuqoriroq - mahsuldor darajada masalan, tanlangan mavzu boʼyicha dars ishlanmasi loyihasini tayѐrlash kabi mustaqil ishlar shaklida; uchinchi bosqichda – yana yuqoriroq – mahsuldor, evristik darajada, qisman ijodiy izlanishni talab etadigan mustaqil ishlar doirasida; va nihoyat toʼrtinchi – eng yuqori ijodiy xarakterdagi mustaqil ishlar darajasida tashkil etilishi mumkin. Oliy maktabda talabalarning mustaqil taʼlimni rejali va bosqichli tashkil etilishi undan koʼzda tutilgan taʼlim maqsadlarini roʼѐbga chiqarishga, boʼlajak mutaxassislarning ijtimoiy-gumanitar va kasbiy tayѐrgarligi darajasini yuqori koʼtarishga, taʼlim-tarbiyaning sammaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Maʼruza tinglanishi vaqtida undagi ayrim nazariy masalalarni tushunib olish qiyin boʼlishi mumkin. Maʼruza jaraѐnida tushunish qiyin boʼlgan, noaniq joylarni belgilab qoʼyish, maʼruzadan keyin mustaqil ishlash, kitob oʼqish, alohida suhbatlar, maslahat (konsulьtatsiya)lar ѐrdamida oʼzlashtirishning yuqoriroq doirasida egallash lozim. Download 156.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling