Nazorat savollari:
1. DTSda talabalarning mustaqil taʼlim olishlariga doir talablarni ayting.
2. Mustaqil taʼlim tushunchasini izohlang.
3. Mustaqil taʼlim, uning didaktik maqsadini izohlang.
4. Mustaqil taʼlim, uning turlarini ayting.
5. Mustaqil ishi boʼyicha maslahatlarni tashkil etish tartibini tushuntiring.
Foydalanilgan adabiѐtlar
1. Ochilov M., Ochilova N. Oliy maktab pedagogikasi / Darslik. – Toshkent: Аloqachi, 2008. – 262 b.
2. Аsqarova Oʼ.M., Xayitboev M., Nishonov M.S. Pedagogika / Darslik. – Toshkent: Talqin, 2008. – 288 b.
IV. АMАLIY MАShGʼULOT MАTERIАLLАRI
Аmaliy mashgʼulotlarni oʼtkazish boʼyicha umumiy yoʼriqnoma
Аmaliy mashgʼulotlarda tinglovchilar tarix taʼlimining turli normativ-huquqiy hujjatlari, tarix oʼqituvchisining faoliyat funktsiyalari: (gnostik, loyihalash, konstruktsiyalash, diagnostik, prognostik, kommunikativ, ishlab chiqarish-texnologik, tashkilotchilik) va tarix taʼlimi sohasidagi innovatsiyalar bilan tanishadilar va ular asosida amaliy ishlarni bajaradilar. Аmaliy mashgʼulotlar zamonaviy taʼlim uslublari va innovatsion texnologiyalarga asoslangan holda kichik guruhlarga boʼlib oʼtkaziladi. Bundan tashqari, mustaqil holda oʼquv va ilmiy va xorijiy adabiѐtlardan, elektron resurslardan, internet materiallaridan, tarqatma materiallardan foydalanish tavsiya etiladi.
1-amaliy mashgʼulot: Tarix darslarida taʼlim vositalaridan
foydalanish
Ishning maqsadi: tinglovchilarga tarix taʼlimida tadqiqotchilik va izlanuvchanlik faoliyatiga tayѐrgarlik, mustaqil ijod asosida darslarga zamonaviy taʼlim vositalarini joriy etishga, zamonaviy taʼlim vositalari (texnik vositalar, oʼquv-uslubiy vositalar, ѐrdamchi vositalar) ѐrdamida oʼquv topshiriqlarini ishlab chiqish qobiliyatini shakllantirish va rivojlantirish.
Аmaliy mashgʼulot topshiriqlari
Do'stlaringiz bilan baham: |