Malakaviy amaliyot to‘g‘risida


Download 0.58 Mb.
bet1/13
Sana06.04.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1333659
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Малакавий амалиёт буйруғи (2) (2)


Malakaviy amaliyot to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 1998 yil 30 oktyabr 305-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim muassasalari talabalarining malakaviy amaliyoti xaqidagi nizom” asosida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ma’lumotli mutaxassislar sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017 yil 27-iyuldagi PQ-3151-sonli hamda, “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018 yil 5-iyundagi PQ-3775-sonli qarorlariga muvofiq oliy ta’lim muassasalari bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari sinov-tajriba asosida malakaviy pedagogik amaliyotini o‘tash tartibini belgilaydi.


Sirtqi bo‘limning jismoniy madaniyat, filologiya tillarni o‘qitish o‘zbek tili, amaliy matematika va informatika, boshlang‘ich ta’lim va sport tarbiyaviy ishi, maktabgacha ta’lim, Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar), Biologiya, amaliy psixologiya, musiqa ta’limi yo‘nalishlari talabalarida tanlangan sohalari bo‘yicha faoliyat yuritish kasbiy asoslarini egallash, ish faoliyatida shaxslararo muloqot madaniyati va kommunikativ kompetensiyani shakllantirish va rivojlantirish, amaliy tajribalariga ega bo‘lish bo‘yicha ko‘nikma va malaka hosil qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim, Xalq ta’limi va maktabgacha ta’lim vazirliklarining 2019 yil 5 martdagi 10-Q/Q, 13-4-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Pedagogika ta’lim sohasi talabalarining malakaviy pedagogik amaliyotini tashkil etish tartibi to’g’risida muvaqqat nizom»gahamda ta’lim muassasalari bilan tuzilgan shartnomalar va sirtqi bo‘lim boshlig‘i A.Abdumalikovning bildirishnomasiga asoslanib,


BUYURAMAN:
1. Sirtqi bo‘lim talabalarining malakaviy pedagogik amaliyotini sifatli tashkil etish va nazorat qilish maqsadida ilovaga muvofiq kafedra professor-o‘qituvchilari malakaviy amaliyot rahbarligiga biriktirilsin.
2. Sirtqi bo‘limning ikkinchi mutaxassislik 4-kurs boshlang‘ich ta’lim va sport tarbiyaviy ishi yo’nalishi 19.01-guruhi, iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) yo‘nalishi 19.02-guruhi, matematika o‘qitish meto‘dikasi 19.03-guruhi, tarix yo‘nalishi 19.04-guruhi, pisixologiya yo‘nalishi 19.05-guruhi, jismoniy madaniyat yo‘nalishi 19.06- guruhi, amaliy matematika yo‘nalishi 19.07-guruhi, filologiya tillarni o‘qitish o‘zbek tili 19.08-guruhi talabalari 2020-2021- o‘quv yilida o‘tkazilishi rejalashtirilgan, ammo Covid-19 pandemiyasi tufayli ko‘chirilgan o‘quv-tanishuv amaliyoti va 2021-2022 - o‘quv yilida otkazilishi rejalashtirilgan o‘quv-tanishuv amaliyoti 2022 - yil 15- apreldan 4-iyungacha 8(sakkiz) hafta muddatga ilovaga muvofiq biriktirilgan muassasalarda o‘tkazilsin.
3.O‘quv jarayoni davrida amaliyot jarayoni talabalarning darslardan bo‘sh vaqtlarda tashkillashtirilishi ta’minlansin.
4. Sirtqi bo‘limning 4-kurs boshlang‘ich ta’lim va sport tarbiyaviy ishi yo’nalishi 18.53, 18.54, 18.55, 18.74-guruhlari, maktabgacha ta’lim yo‘nalishi 18.56, 18.57, 18.58- guruhlari, filologiya tillarni o‘qitish: o‘zbek tili yo‘nalishi 18.59, 18.60, 18.72-guruhlari, psixologiya (faoliyat turlari) yo‘nalishi 18.61, 18.62, 18.68-guruhlari, musiqa ta‘limi yo‘nalishi 18.63-guruhi,jismoniy madaniyat yo‘nalishi 18.63, 18.64, 18.65, 18.66, 18.67, 18.73-guruhlari, biologiya o‘qitish metodikasi yo‘nalishi 18.50, 18.51, 18.52, 18.70-guruhlari, iqtisodiyot (tarmoqlar va soxalar) yo‘nalishi 18.71, 18.75-guruhlari amaliy matematika va informatika yo‘nalishi 18.69-guruhlari navbatdagi 2021-2022- o‘quv yilida otkazilishi rejalashtirilgan malakaviy amaliyot 2022- yil 11-apreldan 11-maygacha 4 (to‘rt) hafta muddatga ilovaga muvofiq biriktirilgan muassasalarida o‘tkazilsin.
5. Talabalarni o‘quv-tanishuv amaliyotini o‘tkazish jarayoni va tartibi bilan tanishtirish maqsadida 2022- yil 11-apreldan 2022- yil 11-may kuniga qadar malakaviy amaliyot konferensiyalari tashkillashtirilsin.
6. Amaliyot bo‘yicha attestatsiya komissiyasi quyidagi tarkibda tasdiqlansin:
1. A.Abdumalikov - Sirtqi bo‘lim boshlig‘i, rais.
2. M.Isroilov – Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi mudiri, a’zo.
3. S.Uraimov - Aniq va tabiiy fanlar kafedrasi mudiri, a’zo.
4. M.Mamatqodirov – O‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari, a’zo.
5. A.G‘aniyev – O‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari, a’zo.
6. Z.Xolmatova – Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi o‘qituvchisi, a’zo.
7. B.Xalilova - Aniq va tabiiy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi, a’zo.

7. Talabalar bilan xavfsizlik texnikasi bo‘yicha suxbat o‘tkazish, tegishli ko‘rsatmalar berish fuqaro va mehnat muxofazasi bo‘limi boshlig’i Y.Artiqov zimmasiga yuklatilsin.


8. Covid 19 pandemiyasi tufayli 2020-2021- o’quv yilgi qoldirilgan malakaviy amalyot 2020-2021- o’quv yili yuklamalaridan bajarilishi inobatga olinsin.
9. Attestatsiya komissiyasi raisi talabalarni malakaviy amaliyot bo‘yicha hisobotlarini o‘z vaqtida baholash mezonlari asosida qabul qilinishini ta’minlasin.
10. Ushbu buyruq bajarilishini nazorat qilish vazifasi o‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i A.Tojaliyev zimmasiga yuklatilsin.

Asos: O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari talabalarining malakaviy amaliyoti haqida Nizom, viloyat ta’lim muassasalari bilan tuzilgan shartnomalar va so‘rovnomalar xamda fakultet dekani A.Abdumalikovning bildirishnomasi.



Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling