Malakaviy bitiruv ishini bajarishdan maqsad
Download 20.18 Kb.
|
Kirish VA Xulosa TOVARLAR
Kirish Temir yo‘l transporti korxonalari asosiy faoliyatini yanada rivojlantirish, xizmat ko‘rsatish sifatini, xamda foydani oshirish, xarajatlarni tejash bugungi kunning muxim vazifalaridan biridir. Shunday ekan temir yo‘l transporti korxonalari asosiy faoliyati shu o‘rinda yordamchi ko‘makchi faoliyatini yanada samaradorligini oshirish buxgalteriya hisobi va uni tahlil etish muxim axamiyat kasb etadi. Prezidentimiz tomonidan ta’kidlanganidek 2017 yil yakunlari o‘rganilar ekan, avvalo mamlakatimiz iqtisodiyotining yuqori barqaror o‘sish sur’atlari va makroiqtisodiy mutanosibligi saqlanib qolayotganligini qayd etish zarur. Mamlakat iqtisodiyotida amalga oshirilayotgan tarkibiy o‘zgarishlar aloxida e’tiborga loyiqligi aytib o‘tildi. Mamlakatda ishlab chiqarilgan mahsulotni diversifikatsiya qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarga alohida e’tibor qaratildi. Malakaviy bitiruv ishini bajarishdan maqsad: 1. Tovar-moddiy zaxiralarining kirim va sarflanishini hujjatlashtirishga doir muomalarini o‘rganish. 2. Tovar-moddiy zaxiralarining mahsulot tannarxiga ta’sirini tahlil qilish. Korxonaning moliyaviy, iqtisodiy va boshqa o‘zaro munosabatlarining huquqiy asosi bo‘lib O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlari, tuzilgan xo‘jalik shartnomalari, kompaniya boshqaruvining buyruqlari va farmoyishlari, korxonaning ustavi hisoblanadi. Shu bilan birga uning asosi sifatida markaziy rahbarlikni yolg‘iz boshqarishni va mehnat jamoasining o‘z-o‘zini boshqarishni qo‘shib olib borish qabul qilingan. O‘tgan 2017 yilda kompaniyaning temir yo‘l bekatlaridan 62 million tonna yuk jo‘natilishi ta’minlandi. Bundan tashqari 11,4 million tonnadan ortiq tranzit yuklar tashildi. Respublikaga 10,5 million tonna import yuklar tashib kelindi. Eksport yuklar 110,2 foizga ko‘payib 6,7 million tonnani tashkil etdi. Bular natijasida hisobot davrida yuk aylanmasi hajmi 22,8 milyard tonna-kilometrni tashkil etdi. Hisobot davrida 17,2 million yo‘lovchi o‘z manzillariga yetkazib qo‘yildi. Yo‘lovchi aylanmasining hajmi 3,5 milyard yo‘lovchi-kilometrni barcha qayd etilgan ko‘rsatkichlar 2016 yilga nisbatan 102 foizdan 114,4 foizgacha oshirib bajarildi. 2017 yilda kompaniyaning umumiy daromadlari 2738 milyard so‘mni tashkil etgan xolda, 2016 yilga nisbatan 131,9 foizga oshdi. Kompaniya bo‘yicha tashilgan yuklarni turlari bo‘yicha tahlili shuni ko‘rsatmoqda, hisobot yilida 2016 yilga nisbatan neft va neft mahsulotlari, kimyoviy va mineral o‘g‘itlar, qurilish materiallarini tashish hajmining 83,5 foizdan 98,3 foizgacha o‘sgan. Malakaviy bitiruv ishi ob’ekti Qo’ng’irot mintaqaviy temir yo’l uzeli hisoblanadi. Malakaviy bitiruv ishining predmeti tovar moddiy zaxiralari hisobiga doir me’yoriy hujjatlar, buxgalteriya va statistik hisobotlar hisoblanadi. Malakaviy bitiruv ishining tarkibiy tuzilishi quyidagicha: Kirish, 3 ta bob, xulosa va foydalaniladigan adabiyotlar. Kirish qismida malakaviy bitiruv ishning maqsadi, predmeti va ob’ekti yoritilgan. Ishning birinchi bobida korxonaning asosiy maqsad va vazifalari yoritilgan. Ikkinchi bobida korxonada tovar-moddiy zaxiralarining analitik va sintetik hisobi yoritilgan va tovar-moddiy zaxiralari bilan taminlanganlik va ularning sarflanishi hisobini takomillashtirish yo‘llari keltirilgan. Uchinchi bobida korhonada mehnat havfsizligi va ekologiya masalalari yoritilgan. Xulosa qismida korxona iqtisodiy ko‘rsatkichlarining natijalari, buxgalteriya hisobining o‘ziga xos xususiyatlari, tovar-moddiy zaxiralari bilan ta’minlanganlik darajasi yoritilgan. Xulosa Korxona faoliyat yuritishi natijasida oladigan daromadlari, shunga mos ravishda qilinadigan xarajatlarini hisoblash va ular orasidagi farqni bilish korxona uchun asosiy natijaviy ko‘rsatkichlaridan biri hisoblanadi. Chunki korxonaning moliyaviy natijasiga qarab uning qanday imkoniyatlarga egaligini belgilash mumkin. Shunday ekan korxona faoliyati natijasini bilish eng muhim va asosiy ko‘rsatkichlardan biridir. Shuning uchun korxonaning moliyaviy holati uning qay darajada ekanligi nafaqat ichki foydalanuvchilarni qolaversa tashqi foydalanuvchilarni doimo qiziqtirib kelgan. Korxonaning natijaviy ko‘rsatkichlariga qarab uning barqarorligini to‘lov qobiliyatini va kelajagini bilish mumkin. “Mahsulot (ish, xizmatlar)ni ishlab chiqarish xarajatlari tarkibi to‘g‘risida"gi Nizomga asosan, ishlab chiqarish xo‘jalik faoliyati natijasida xo‘jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan daromad quyidagi asosiy bo‘limlar bo‘yicha aks ettiriladi: sotishdan olingan sof tushum; asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar (opepatsion daromadalar); moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlar; favqulodda foyda. Korxonaning asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlarini, Tovar-moddiy zaxiralaridan foydalanish ko‘rsatkichlari tahliliga ko‘ra quyidagilarni xulosa qilish mumkin: Moddiy-texnik ta’minot bo‘yicha qiyinchiliklarga qaramasdan korxonalar bilan tuzilgan shartnoma shartlari 100,0 %ga bajarilgan. Sotilgan tovar mahsulotlari 2017 yida 2015 yilga nisbatan 112,7 %, 2016 yilga nisbatan esa 112,7 % bajarilgan. Korxonada Tovar-moddiy zaxiralari har yili kamayib borgan. 2017 yilda 2015 yilga nisbatan 12955591 ming so‘mga, 2016 yilga nisbatan 1560481 ming so‘mga kamaygan. Tovar-moddiy zaxiralari eng ko‘p 2016 yilda sarflanib 43846916 ming so‘mni tashkil qilgan. Korxonada Tovar-moddiy zaxiralarining ichida eng ko‘p sarflangan moddiy resurslar bo‘lib xom ashyo materiallar hisoblanadi. Lekin xom ashyo materiallar 2015 yilda 2017 yilga nisbatan 16 %ga ko‘p sarflangan. 2016 yilga nisbatan esa aksincha 31,2 %ga kam sarflangan. Korxona daromadlari tarkibi tahliliga ko‘ra daromadlar yil sayin ko‘paygan, lekin xom ashyo va materillar sarflanishining kamayishi korxona uchun ijobiy ko‘rsatkich. Korxonada qurilish materillari sarfining har ikki yilga nisbatan ham ko‘p sarflanganligi kuzatilgan, ya’ni 2017 yilda 2015 yilga nisbatan 18,4 %ga, 2016 yilga nisbatan esa 115,8 %ga ko‘p sarflangan. Bu ko‘rsatkich korxonada rekonstruktsiya, modernizatsiya va kapital qo‘yilmalarga qurilish materiallarining sarflanganligidan dalolat beradi. Xulosa qilib aytganda Tovar-moddiy zaxiralari bilan ta’minlash, ular sarfini nazorat qilish o‘z vaqtida hisobga olish kabi vazifalarning to‘liq bajarilishi mahsulot (ish va xizmatlar) ishlab chiqarishning uzluksizligini ta’minlab, yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarishning muhim omili hisoblanadi. Korhonada tovar moddiy zaxiralar ta’minoti bo‘yicha moddiy texnika ta’minoti bo‘limi, yoqilg‘i ta’minoti bilan yoqilg‘i ta’minoti xo‘jaligi bo‘limi amalga oshiradi. Tashish tannarxida Tovar-moddiy zaxiralarining salmog‘i yuqori. Tovar-moddiy zaxiralari xo‘jalik yurituvchi sub’ekt ishlab chiqarish faoliyatining normal davom etishini ta’minlaydi. Tovar-moddiy zaxiralari bir ishlab chiqarish jarayonida qatnashib o‘z qiymatini shu davrning o‘zida ishlab chiqarilgan mahsulot tannarxiga to‘la o‘tkazadi. Tovar-moddiy zaxiralari kirimi va chiqimining sintetik hisobi 1000 “Materiallarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar” nomili aktiv hisobvaraqda hisobga olinadi. Ushbu hisobvaraqning debetida Tovar-moddiy zaxiralarining kirimi, kreditida esa Tovar-moddiy zaxiralarining chiqimi hisobga olinadi. Materiallarning oy boshiga va oy oxiriga qoldiq summalari hisobvaraqning debetida ko‘rsatiladi. Xulosa qilib aytganda korxonaning moddiy resurslardan foydalanishning iqtisodiy samaradorligini oshirish doir quyidagi xulosalar qilindi. Tovar-moddiy zaxiralarini o‘zlik mablag‘larining manbalarining qoplanganligi 2015 yilda 12996253 ming so‘mga kamaygan. 2016 yilda 428142 ming so‘mga kamaygan. 2017 yilga kelib qoplanganlik darajasi yaxshilanib 5812593 ming so‘mni tashkil qilgan. Tovar-moddiy zaxiralarini qoplash manba’lari tahlili shuni bildiradiki, korxonada 2015 yil va 2016 yillarda o‘zlik mambag‘lari bilan Tovar-moddiy zaxiralarini qoplash darajasi kamaygan. 2017 yilga kelib ushbu ko‘rsatkich ijobiy bo‘lib qoplash Ishlab chiqarish zaxiralarni qoplashga tegishli o‘z manbalari 5812593 ming so‘mni tashkil qilgan. Demak korxona o‘z mablag‘lari manbalarini ko‘paytirish chora tadbirlarini ishlab chiqishi maqsadga muvofiq. Download 20.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling