Malakaviy tanishtiruv amaliyoti reja


Download 64.67 Kb.
bet6/6
Sana06.10.2023
Hajmi64.67 Kb.
#1694331
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
amaliyot11111

Asosiy mahsulotlari


Mis boyitish fabrikasi mis va molibden mahsulotini ishlab chiqaradi va ushbu mahsulotlarga qo‘yiladigan talablar har yili tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlanadigan TIK (texnik iqtisodiy ko‘rsatkichlar) asosida belgilanadi. Mis konsentrati MBF tayyor mahsuloti hisoblanadi va mis eritish zavodiga qayta ishlash maqsadida yuboriladi.
Mis boyitish fabrikasining birlamchi ishlab chiqarish quvvati yiliga 39600 ming. tonnani tashkil qilgan, jumladan 1-sonli maydalash sexi (1-9 seksiyalar) – 29800 ming.tonna, 2-maydalash va boyitish majmuasi (10-12 seksiyalar) – 9800 ming. tonna.
1990-yilda rudalarni yanchilish darajasi 20% ga salbiylashgani sababli yillik ishlab chiqarish quvvati 29120 ming.tonnaga o‘zgartirilgan (yanchilish darajasi bo‘yicha tajriba ishlari “Mexanobr” instituti tomonidan amalga oshirilgan)
Hozirgi kunga kelib MBF yillik ishlab chiqarish quvvati 37,5 mln tonnani tashkil qilmoqda.
Yakuniy tayyor mahsulot Ts 00193950-013 “Mis konsentrati. Texnik talablar” (rus tahrirda) va Ts 00193950-050 “Molibden sanoat mahsuloti. Texnik talablar” (rus tahrirda) tashkilot standartlari asosida ishlab chiqarilgan konsentratlar hisoblanadi
MOF-2 Mis boyitish fabrikasining asosiy faoliyati Sari-Cho‘qqi konining mis-molibden rudalarini qayta ishlash hisoblanadi. Bundan tashqari, u Mis eritish zavodining otval va konvertor shlaklarini qayta ishlaydi, so‘ngra mis konsentrati ishlab chiqaradi.
Fabrika Olmaliqning g‘arbiy qismida, Toshkentdan 69 km janubda joylashgan. Fabrika O‘zbekiston Respublikasi umumiy temir yo‘l tarmog‘i bilan bog‘langan.


Xulosa
Hozirda «Yoshlik I» konining 830-595 gorizontlarida kapital qazib olish va ustki qatlamni ochish ishlari olib borilib, konni o‘zlashtirish boshlangandan buyon 106,7 mln. m kubdan ortiq tashish ishlari bajarildi.
Kon amalga oshirilayotgan ishlarga 2 dona EKG-10, 15 dona EKG-15M, 6 dona EKG-20 va 1 dona EKG-20KM 25 m3li ekskavatorlar, burg‘ulash ishlarini olib borish uchun 18 dona SBSh-250 burg‘ulash uskunalari 3 dona kompressor bilan jihozlangan SBU-100 burg‘ulash uskunalari, tog‘ jinslarini tashish uchun 29 dona 220 t BelAZ 75307 va 54 dona 130 t BelAZ 75131 rusumli avtosamosvallari jalb etilgan.
Shuningdek, konda 3 dona suv sepish mashinalari, 60 dan ortiq yo‘l qurilish texnikalari, 5dona TEM teplovozlari 116 dona 2VS 105t dumpkarlar, 96ta 115t dumpkarlar, 3 dona zaryadlash va aralashtirish mashinalaridan foydalanib kelinmoqda.Hozirgi kunda konda kon-kapital qazib olish ishlari olib borilayapti.2021- yilda reja ko‘rsatkichi 40,0 mln. m3 belgilangan edi. Amalda 40,3 million m3 kon-kapital qazib olish ishlari amalga oshirilib, bashorat ko‘rsatkichi 100,7 % ni tashkil etdi.
Konni o‘zlashtirish boshlangandan buyon 108,0 mln. m3 reja ko‘rsatkichiga nisbatan 96,3 mln m3 hajmda kon-kapital qazib olish ishlari amalga oshirilgan holda ko‘rsatkich bajarilishi 112,1% ni tashkil etganini alohida ta'kidlash joiz.
2022-yilda 45,0 mln. m3 reja belgilangan bo‘lib, joriy yil boshidan buyon 14-fevral holatiga 4,2 mln m3 ortiq kon kapital qazib olish ishlari bajarildi. Kunlik reja ko‘rsatkichi esa 109,6 ming m3 etib belgilangan. O‘tgan davrda “Shimoliy-g‘arbiy Baliqti” kar'yerida 1,6 mln m3, “Barakali” karyerida 2,6 mln m3 kon kapital qazib olish ishlari amalga oshirildi. O‘tgan davrda “Shimoliy-g‘arbiy Baliqti” kar'yerida 1,6 mln m3, “Barakali” karyerida 2,6 mln m3 kon kapital qazib olish ishlari amalga oshirildi. Tog' jinslarini transport vositalariga yuklash- to'g'ridan-to'g'ri mexanik belkurak tipli siklik ekskavatorlar tomonidan amalga oshiriladi.
Download 64.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling